1.Vatanni sevmoq iymondandir.Ushbu gapda yuqori tor unlilar necha marta qoʻllanilgan?
A)1. B)2. C)3. D)4
2.Quyidagilardan oʻrta keng,lablanmagan,til oldi unlisini toping.
A)oʻ. B)a. C)e. D)u
3.Quyidagilardan lab-lab,jarangli,portlovchi undoshlarni toping.
A)b,m,ng. B)b,p,m. C)b,m,v. D)b,m
4.Undoshlar ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra qaysi guruhlarga boʻlinadi?
A)jarangli va jarangsiz. B) portlovchi,sirgʻaluvchi,qorishiq
C)sof va qorishiq. D)lab,til,boʻgʻiz
5.Unlilar tilning koʻtarilish darajasiga koʻra nechi guruhga boʻlinadi?
A) 2. B)3. C)4. D)5.
6.Topgan bir dasta gul keltiradi,topmagan - bir bogʻ piyoz.Ushbu gapda til oldi undoshlari necha marta qoʻllanilgan.
A)15. B)14. C)16. D)17
7.Sonor undoshlarning nechtasi hosil boʻlish oʻrniga koʻra bir guruhga mansub?
A)5. B)4. C)3. D)2
8.Quyidagi javoblardan qaysi birida til orqa undoshlari toʻgʻri berilgan?
A)q,gʻ,x. B)b,p,m. C)g,k,n. D)g,k,ng
9.Undoshlar hosil boʻlish usuliga koʻra necha guruhga boʻlinadi?
A)2. B)3. C)4. D)5
10.Quyidagi javoblardan qaysi birida oʻrta tor unlilari toʻgʻri berilgan?
A)a,o. B)u,e. C)oʻ,e. D)i,u
11.g va k tovushlari qaysi xususiyatiga koʻra farqlanadi?
A)Jarangli yoki jarangsizligiga koʻra
B)Sonor yoki shovqinligiga koʻra
C)Hosil boʻlish oʻrniga koʻra
D)Hosil boʻlish usuliga koʻra
12.Ogʻizaki nutqning tovushlar tizimini oʻrganuvchi boʻlim...deyiladi?
A)Fonetika. B)Grafika. C)Morfemika. D)Sintaksis
13.Yon tovush hosil boʻlish oʻrniga koʻra qaysi guruhga mansub?
A)til. B)lab. C)boʻgʻiz. D)sonor
14.Quyidagi gaplardan qaysi birida ochiq boʻgʻinlar soni koʻproq?
A)Tabiat qanday goʻzal.
B)Tigʻ yarasi bitadi,til yarasi bitmas.
C)Xalq meniki dema,sen xalqnikisan
D)Kattaga hurmatda boʻl,kichikka izzatda boʻl
15.Quyidagi qaysi javobda jarangli,sirgʻaluvchi,shovqinli undoshlar berilgan?
A)v,f,z,dj,y. B)z,v,dj,y,gʻ. C)v,dj,l,r,y. D)dj,gʻ,y,x,l
16.Kun chiqar tomonda katta oʻchoq,qozonda shoʻrva qaynab turibdi.Ushbu gapdagi yopiq boʻgʻinlarning nechtasida sonor tovush ishtirok etgan?
A)5. B)6. C)7. D)8
17.Burun tovushlari qaysi xususiyatiga koʻra bir guruhga mansub?
A)Hosil boʻlish usuliga koʻra
B)Tarkibiga koʻra
C) Ovoz va shovqinning ishtirokiga koʻra
D)Barcha javob toʻgʻri
18)Quyidagi qaysi javobda sonor tovushlar toʻgʻri berilgan?
A)m,n,ng,l,y. B)m,n,ng,r,y. C)l,r,n,ng,y. D)l,r,m,n,ng
19.Oraliqdagi unli ogʻizning ochilish darajasiga koʻra qaysi guruhga mansub?
A)yuqori tor. C)quyi keng
B)oʻrta keng. D)til orqa
20.Qoʻliga uch tanga berib,bolani rozi qilib joʻnatibdi.Ushbu gapda quyi keng unlilar bilan tugagan ochiq boʻgʻinlar soni nechta?
A)7. B)6. C)5. D)4
21.tara...,o...qat,inso...,na...as,...ilik,sha...qat.Ushbu soʻzlarning nechtasiga lab-tish,sirgʻaluvchi,jarangsiz undosh qoʻyilishi kerak?
A)5. B)4. C)3. D)2
22.Undoshlar hosil boʻlish usuliga koʻra qaysi guruhlarga boʻlinadi?
A)til,lab,boʻgʻiz
B)jarangli va jarangsiz
C)portlovchi,sirgʻaluvchi,qorishiq
D)sof va qorishiq
23.Ogʻizaki nutqning eng kichik,boshqa mayda boʻlakka boʻlinmaydigan qismi...deyiladi.
A)Nutq tovushi. C)Harf
B)Soʻz. D)gap
24.Til oldi,jarangli,portlovchi,sonor.Ushbu taʼrifga mos keluvchi tovushni toping.
A)l. B)n. C)r. D)m
25.Quyidagi javoblardan qaysi birida til orqa undoshlari toʻgʻri berilgan?
A)g,k,ng. B)q,gʻ,x. C)b,p,m. D)m,n,ng,l,r