UMISning chekliligi va AHVOning cheksizligi. Ongimizda UMIS sifatida “umuman kitob” bitta. Ammo kitob AHVOlari cheksiz. Shu kungacha mavjud bo‘lgan va kelajakda yozilib, nashr etiladigan kitoblar sonini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ammo UMIS bittaligicha turaveradi.
Tilda UMIS va AHVOning xususiyatlari. Endi falsafiy UMIS va AHVOning til hodisalarida voqelanishi haqida fikr yuritamiz. Qalin, qora, katta so‘zlaridagi a tovushlarini talaffuz qilaylik. Sezgilarimiz 4 ta a unli tovushni his qiladi. Bundagi birorta a tovushini qayta talaffuz qilib bo‘lmaydi. Qayta aytilgani esa endi beshinchi a tovushi bo‘ladi. Talaffuz qilingan a tovushini (boshqa tovushlarni ham) qayta talaffuz qilish mumkin emas va har bir qayta aytilgan tovush yangi ekan, demak, nutqimizdagi a tovushlari cheksiz, hech qachon takrorlanmaydi va sezgi a’zolari yordamida his qilinadi (aytilganda eshitiladi, yozilganda o‘qiladi). a tovushi AHVO bo‘lib, u yuqorida zikr etilgan “alohida kitob”ga o‘xshaydi.
AHVOlar qanchalik ko‘p, rang-barang bo‘lishiga qaramay, ongimizda ularning umumlashmasi sifatidagi yakka [a] UMISi bor. Bu [a] yuqorida aytilgan “umuman kitob” kabi moddiylikka ega emaslik (ongda mavjudlik), barcha a tovush (AHVO)larida takrorlanuvchanlik, miqdoran cheklilik (ya’ni bittalik) xossalariga ega.
Nutq tovushi AHVO, ko‘plab bir xil tovushlarning umumlashmasi bo‘lgan fonema UMIS deb yuritiladi.
Falsafiy UMIS va AHVOning leksikada voqelanishiga diqqat qilamiz. Misollar: 1. Men kitob o‘qishni boshladim. 2. Bu kitobni Halim nega keltirdi? 3. Кitob qiziqarliligi bilan meni tezda o‘ziga rom qildi gaplarida uchta kitob so‘zi mavjud. Bu so‘zning ham har biri “muayyan o‘rik”, “muayyan a tovushi” kabi moddiy
voqelanganlik, takrorlanmaslik belgilariga ega va ular qatorini yana cheksiz davom ettirish mumkinligi sababli AHVOlarning barchasiga xos belgilarni o‘zida mujassamlashtirgan. Cheksiz kitob so‘zlarining zamirida esa “umuman kitob” UMISi yashiringan. U nutqqa chiqadigan barcha kitob so‘zlari uchun doimiy asos sifatida yashaydi. Chunki berilgan gaplardagi ikkinchi kitob so‘zi birinchisining takrori emas. U – yangi so‘z. Qolgan barcha so‘zlar uchun shunday fikrni aytish mumkin.
Morfologiyada -ni tushum kelishigi shaklining turli nutqiy qo‘llanishlari morfologik AHVOlar, bu qo‘shimchalar ongdagi [-ni] UMISi (morfemasi) asosida voqelangan.
Sintaksisda UMIS va AHVO munosabati quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi. Masalan, Кitobning varag‘i, uyning eshigi, Halimning savoli, qog‘ozning qalinligi, ruchkaning qopqog‘i kabi so‘z birikmalari mazmuni alohida-alohida AHVOlar, ularning umumiy qolipi – [qaratqich kelishigidagi mustaqil so‘z + egalik shaklidagi mustaqil so‘z = qaratuvchi va qaralmishning turli munosabatlari] – UMISining2 voqelanishi. O‘zbek tilidagi barcha gap qurilmalarining mazmuniy tomoni AHVOlar, “kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan atov birligi”, ya’ni WPm UMISining yuzaga chiqishdir3.
Esda tutish kerakki, UMIS hech qachon muayyan bir AHVOda to‘la-to‘kis yuzaga chiqa olmaydi, unda o‘zining ma’lum bir qisminigina namoyon qiladi. Masalan, [WPm] zotining UMISi Men keldim gapida boshqa, Кetadimi? gapida boshqa bir qirrasini namoyon qilgan. Yoki gapning darak va so‘roq belgilari bir butun holda birdaniga voqelana olmaydi. Biroq AHVO UMISdan tashqarida ham bo‘la olmaydi. Har qanday sodda gap baribir WPm UMISi doirasidan tashqariga chiqa olmaydi. Buni So‘fi Olloyor
2 Eslatma: mustaqil so‘z atamasi uchun qulaylik maqsadida tilshunoslar tomonidan qabul qilingan inglizcha word so‘zining bosh harfi bo‘lgan W belgisidan foydalanamiz: [Wqaratqich kelishigi – Wegalik qo‘shimchasi tarzida)
3 Eslatma: bunda [W] – yuqoridagidek “mustaqil so‘z”, “atov birligi” ma’nosiga ega, [Pm] esa kesimlik ko‘rsatkichi bo‘lib, predikat (P) va marker (m) so‘zlarining bosh harflaridan olingan.
HAQ (bizningcha, zot (UMIS)) va sifat (bizningcha, mazmun (a’yoni sobita)) munosabati misolida mahorat bilan tasvirlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |