Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath



Download 213,06 Kb.
bet25/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

TIL

LISON


ME’YOR

NUTQ

Umumiylik

Alohidalik

Mohiyat

Hodisa

Imkoniyat

Voqelik

Sabab

Oqibat

Lisoniy va nutqiy sath o‘z birliklariga ega. Bu birliklar ham ham lison va nutq kabi o‘zaro UMIS va AHVO munosabatida bo‘ladi (4-jadval):



      1. jadval

LISONIY BIRLIК

NUTQIY BIRLIК

Fonema

Tovush

Morfema

Qo‘shimcha

Leksema

So‘z

Qolip

Yasama so‘z, so‘z birikmasi,

gap



Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Til – shartli belgilar sistemasi

Guldasta – tabrik, gulchambar – xotira alomati. Fakultet binosida qo‘ng‘iroq chalinishi bilan hamma auditoriyaga kira boshlaydi. Telefoningiz ovoz bersa, javob berishga harakat qilasiz. Yo‘lda mashina signal bersa, o‘zingizni chetga olasiz. Lekin





5 Alisher Navoiy, “Lisonut-tayr”. Sh.Sharipov nasriy bayoni // www.ziyouz.com

tramvay qo‘ng‘irog‘i ovoz bersa ham, auditoriyaga shoshilasizmi? Mashinaning signalini eshitib, xonangizda ham o‘zingizni chetga olasizmi? Yo‘q, biz bunday kelishmaganmiz. Faqat o‘quv binosidagi qo‘ng‘iroqqa talabalarni auditoriyaga “haydash” vazifasi yuklatilgan. Mashina signalini yo‘lda “joningdan umiding bo‘lsa, qoch” degan ma’noda tushunamiz. Chunki ular shartli belgilardir. Svetoforning chiroqlari, yo‘l harakati ishoralari, xaritadagi belgilar ijtimoiy kelishuv asosida o‘rnatilgan. Yo‘l bo‘lmagan joyda qandaydir qizil chiroq yonib turgan bo‘lsa, mashinamizni to‘xtatmaymiz. Ular ma’lum bir makon va zamondagina bu vazifani bajaradi.

O‘rtog‘ingizni ko‘rib, qo‘l silkiysiz – to‘xtashga ishora qilasiz. Bu ham shartli belgi. Avtobusdagi “100” raqamini ko‘rib, shoshildingiz, chunki shartli belgini ko‘rdingiz. Ko‘chada bir kishi yotibdi. Qon oqqan. “O‘lib qolgan bo‘lsa kerak” degan fikr miyangizga urdi. Qon, axir, o‘lim alomati. Lekin u shartli belgimikan? Ana muammo! Daraxt barg chiqara boshlabdi. Bahor alomati. U ham shartli belgi bo‘la oladimi? O‘ylab ko‘rish kerak.

Dunyoda qachon bitta til bo‘ladi? Har qanday shartli belgi to‘rtta muhim xossaga ega bo‘ladi.

Birinchidan, ifodalovchi, ya’ni belgi moddiy shaklga ega bo‘lishi lozim. Ovoz, rang, harakat va h.

Ikkinchidan, u nimanidir ifodalashi lozim. Qo‘ng‘iroq mashg‘ulot boshlanishini, yashil rang esa harakatlanishni, ikki qo‘lni xoch holatiga keltirish biror harakatni to‘xtatishni ifodalaydi. Uchinchidan, belgi bilan u ifodalaydigan mazmun orasidagi aloqa shartli, kelishilganlik tabiatiga ega bo‘lishi lozim. Bu – eng muhimi. Masalan, eganing tagiga bir chiziq, kesimning tagiga ikki chiziq chizish kelishib olingan. Aslida, kelishilsa, svetofordagi qizil chiroqda harakatlanib, yashil chiroqda to‘xtash ham mumkin bo‘lur edi. Zero, svetofor ranglari bilan ular ifodalaydigan harakatlar orasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q. Lekin qon o‘limning, daraxt chiqarayotgan barglar bahorning shartli emas, balki tabiiy belgilari. Til ifodalari ham borliq hodisalari bilan tabiiy emas, balki shartli bog‘lanishga ega. Agar til va borliq tabiiy bog‘lanishga ega bo‘lsa

edi, dunyoda yagona til mavjud bo‘lar edi. Bu tilning shartli belgilar sistemasi ekanligini ko‘rsatadi.

To‘rtinchidan, shartli belgilar sistemasi a’zolari kamida ikkita bo‘ladi. Masalan, svetoforning uch rangi bor. Arifmetik amallar to‘rtta. Xaritadagi belgilar soni esa juda ko‘p. Ammo... liftdagi yonib-o‘chadigan chiroq bitta-ku? U shartli belgi emasmi?

Ko‘rishishni istamayman”. Liftning oldiga borib qarang, tugmacha chirog‘i yonmagan, bundan uning band emasligini bilasiz. Lekin to‘satdan yondi, demak, band bo‘ldi. E’tibor bersangiz, bu yerda ham ikkita belgi bor. Chiroqning yongan holati (“bandlik” belgisi) va o‘chgan holati (“band emaslik” belgisi). Yoki kursdoshingizga ko‘l silkidingiz (bir belgi) yoki indamay qo‘ya qoldingiz (ikkinchi belgi). Telefoningiz ovoz berdi (bir belgi) yoki ovoz bermadi (ikkinchi belgi). Biz dastlab belgi sanamagan bu holat – nol belgi deyiladi. Birov sizga ko‘rishish uchun qo‘l uzatdi, bu– “ko‘rishmoqchiman” ma’nosiga ega belgi. Lekin siz qo‘l uzatmadingiz, bu “nol” belgi bo‘lib, “ko‘rishishni istamayman” ma’nosini ifodalaydi. Tildagi nol shakllarni ham shu yo‘sinda tushunmoq kerak.

O‘rik – abrikos emas, abrikos esa o‘rikdir. O‘zimiz bilmagan har qanday shartli sistema haqida yuqoridagi fikrlarni aytsak, bo‘laveradi. Shartli belgilar, ularning ifodalovchi va ifodalanmish tomonlari, shartli belgining tabiati, imkoniyatlari, shakllanish jarayoni, amal qilish xususiyatlari, sharoiti haqidagi fan sohasi semiotika deyiladi. Semiotika grekcha semeion (“belgi”) so‘zidan olingan bo‘lib, uning asoschisi amerikalik olim Charlz Sanders Pirs (1839–1914)dir. Tilshunoslik – semiotikaning bir sohasi. Lekin semiotikani tilshunoslikning sohasi deb ajratish ma’lum darajada mantiqsiz. Til “bor bo‘yi” bilan shartli belgilar sistemasi ekan, tilshunoslikni semiotikaning markaziy sohasi deyishi mumkin. Noto‘g‘ri tushunish natijasida semiotika tilshunoslikda alohida soha sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘la olmayotir.


Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish