Shaxmat – o‘ynash qobiliyati – o‘yin Lison – nutq qobiliyati – nutq
Shaxmat donalari va ularning yurish imkoniyati o‘ynovchining barchasi uchun umumiy bo‘lganligi kabi lisondan foydalanishda ham shu tilda so‘zlashuvchilar teng huquqli.
Lison va shaxmat qurilmalari o‘zaro qiyoslanadigan bo‘lsa, avvalo, ularning birliklari orasida umumiy o‘xshashliklar borligini ta’kidlash lozim. Har ikkala qurilma ham birliklar sistemasi va bu birliklarning o‘ziga xos vazifalari bilan ish ko‘radi. Bunda ma’lum qoida va qonuniyatlarga tayaniladi. Har ikkala holatning ham ishtirokchisi inson, ular har ikkala faoliyatda ma’lum bir imkoniyatni ishga soluvchilardir. Shu boisdan shaxmat taxtasi, uning donalari, ya’ni shaxmat o‘yinining tashqi, moddiy tomonini lisoniy birlikning tashqi tomoniga, shaxmat o‘yini qoidalari – donalarining joylashuvi, harakat qoidalari, ya’ni shaxmat o‘yinining ichki tomoni haqidagi tasavvurlarni lisoniy birliklarning mazmun mundarijasiga qiyoslash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |