Mantiqiy mushohada uchun
Mavjudlik shaklsiz bo‘lmaydi, degan hukmni qanday tushunasiz?
Ongdagi har bir lisoniy birlik (UMIS) tafakkur mahsuli degan hukmni qanday tushunasiz?
“Dialektik yaxlit” bo‘lgan narsa bo‘linuvchanmi yoki bo‘linmas?
“Nutq” tushunchasi haqida ma’lumot. Nutq lisoniy birlikning jamiyat a’zolari ongida o‘rnashgan me’yor asosida muayyan moddiy (yozma, og‘zaki va h.) shakllardan birida voqelanishidir. Masalan, a fonemasi og‘zaki nutqda eshitiladigan tabiatga ega bo‘ladi, bu eshitilish tovushning baland/pastlik, cho‘ziq/qisqalik, kuchli/kuchsizlik, urg‘ulilik/urg‘usizlik kabilarni o‘z ichiga oladi. So‘zlovchi fonemalarni nutq tovushiga qanday sharoitda qay tarzda aylantirish qoidalarini biladi va bu qoidalarni til jamiyatidan o‘zlashtirib oladi. Ana shu qoidalar me’yor deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |