Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath


Mustaqil o‘zlashtirish uchun



Download 213,06 Kb.
bet141/200
Sana26.06.2021
Hajmi213,06 Kb.
#102320
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   200
Bog'liq
Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath

Mustaqil o‘zlashtirish uchun


Dunyo tillari

Dunyo bo‘yicha har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 3 mingdan 7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. BMT o‘tgan asrda rasman 2976 tilni qayd etgan. Tillarning ayrimida bir milliard, bir necha o‘n, hatto yuz millionlab kishi gaplashsa, ba’zisida bir necha ming, yuz, hatto, sanoqli kishi muloqot qiladi. Masalan, Kongoda aholi 500 tilda, Indoneziyada 250 tilda, Sudanda 117 tilda gaplashadi. Xitoy tilida hozirgi kunda bir milliarddan ortiq kishi gaplashsa, chukot va vele tilida bor-yo‘g‘i bir necha yuz ming kishi muloqot qiladi, xolos. Yangi Gvineyada deyarli har bir qishloq o‘z tiliga ega.

Tillarning asosiy qismi tropik mamlakatlarda joylashgan. Yevropada bor-yo‘g‘i 240 til mavjud bo‘lsa, Afrikada 2000, Osiyoda 2300 til mavjud. Yangi Gvineya orolida 1200 til amal qiladi.

Dog‘istonda 1 mln dan ortiq kishi bo‘lib, ular 40 ga yaqin tilda gaplashadi. 2002-yilda Rossiyada o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish natijasiga ko‘ra, Dog‘istondagi bagulal tilida 40, chamala tilida 12, kaytags tilida 5 kishi muloqot qilishi aniqlangan. Dunyodagi eng katta tillar olinadigan bo‘lsa, hisob-kitobga ko‘ra, 200 tilning har birida 1 mlndan ortiq, 70 tilning har birida 5 mln dan ortiq, faqat 13 tilning har birida 50 mln dan ortiq kishi gaplashadi.

Tillarning 80%i o‘rta va kichik tillar hisoblanadi. Ularning har birida 100 mingdan kam kishi gaplashadi. Dunyo tillarining uchdan bir qismida 1 mingdan kam kishi muloqot qiladi. Dunyo aholisining 80%i 84 ta (ingliz, xitoy, rus, nemis, yapon, hind, ispan, portugal, yoruba (Nigeriya (26,5 mln), fors, o‘zbek tili kabi) yirik tillarda gaplashishadi.

Til moddiy va ma’naviy merosni saqlash va boyitishning eng kuchli vositasi hisoblanadi. YUNESKO hisob-kitobiga ko‘ra, mavjud 7 mingga yaqin tilning yarmi yaqin vaqtda o‘zining oxirgi sohiblaridan ham ajralishi mumkin. O‘lik tilga aylanib ketayotgan bu tillarni saqlab qolish insoniyat oldidagi o‘tkir muammolardandir. Shuning uchun 1999-yil 17-noyabrda YUNESKOning Bosh anjumani tomonidan e’lon qilingan Xalqaro ona tili kuni 21-fevral (International Mother Language Day), 2000- yilning fevralidan boshlab har yili lisoniy va madaniy taraqqiyot va ko‘p tillilikni ta’minlashga ko‘mak berish maqsadida nishonlab kelinadi. O‘z navbatida, BMT Bosh assambleyasi o‘z rezolyutsiyasida 2008 yilni Xalqaro tillar yili (International Year of Languages) deb e’lon qildi.



Download 213,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish