Kirish Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyatning tashkiliy vazifaviy tuzilishi Masalaning
Fargona viloyati Oltiariq tumani hokimiyatining kelajakdagi istiqbollari va istiqbolli dasturi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Bugungi kunga kelib ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda erishayotgan yutuqlarimiz ko’lami yil sayin kengayib, ko’pchilikning havasu hayratini oshirmoqda. Bugun yurtimizning qaysi go’shasiga bormang, yangilanish va ulkan bunyodkorlik ishlariga guvoh bo’lasiz. Har bir shahar, tuman, qishloq va mahalla tobora chiroy ochmoqda.
Mamlakatimiz mustaqillik yillarida iqtisodiyoti bir yoqlama shakllangan, asosan, xom ashyo yetkazib berishga moslashgan qoloq respublikadan barcha sohalar tez sur’atlar bilan o’sib borayotgan, jadal taraqqiy etayotgan davlatga aylandi. Buni xalqimiz o’z turmushida ko’rib bilib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublika-sining yanada rivojlantirish bo‘yicha “Harakatlar Strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar Strategiyasida nazarda tutilgan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturi ishlab chiqildi”1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aytib o’tganidek “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Xatirchi tumani shahridagi har bir tuman va shahardagi Xalq qabulxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini samarali tashkil etishni ta’minlash darkor”2.
Amaliyot o‘tash davomida Jizzax viloyati Xatirchi tumani hokimiyati tomonidan Harakatlar Strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdim. Buni quyidagi hisobot orqali bayon etmoqchiman.
Mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlab berayotgan huquqiy iqtisodiyot tarmoqlari muhim hisoblanadi.
Men universitet tomonidan tasdiqlangan malakaviy amaliyot dasturi talablari asosida malakaviy amaliyot o‘tishga oid umumiy qoidalar, amaliyotning maqsadi va tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchisining vazifalari va majburiyatlari, amaliyot o‘tish rejasi hamda natijalarni rasmiylashtirish yo‘llarini belgilangan muddatda tamomlab amaliyot natijasida yozilgan xisobotimni topshirdim.