Kirish Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyat faoliyatining umumiy tavsifi Fargona viloyati Oltiariq tumani Hokimiyatning tashkiliy vazifaviy tuzilishi Masalaning


Masalaning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati



Download 80,65 Kb.
bet7/10
Sana12.06.2022
Hajmi80,65 Kb.
#657768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Farg\'ona viloyati Oltiariq tuman Hokimiyat 11111

Masalaning tashkiliy-iqtisodiy mohiyati

Ma'lumotlarni ishlab chiqishning texnologik jarayonlarini qurish va tashkil qilishga bir qator omillar tasir ko’rsatadilar:

  • foydalanilayotgan texnik vositalar va ulardan foydalanishning tashkiliy shakllari;

  • avtomatlashtirilayotgan vazifalar va masalalarning parametrlari;

  • axborotlarni ishlab chiqish rejimlari;

  • foydalaniladigan dasturiy vositalar;

  • axborotlarni ishlab chiqishni nazorat qilish usullari.

Quyida ba’zi bir sanab o’tilgan omillarning ta’rifi ko'rib chiqiladi. Ma'lumotlarni ishlab chiqishning aniq texnologik operatsiyasini bajarishda foydalaniladigan texnik vositalarning turli tumanligi har xil texnologik operatsiyalarni vujudga keltiradi. Bu texnologik jarayonlarning operatsiyalarning majmuasi, ularni bajarishning izchilligi bilan farqlanuvchi variantlarini shakllantirishga va ulardan eng ratsionalini tanlashga imkon beradi. Avtomatlashtirilayotgan vazifalarning parametrlari, foydalanilayotgan texnik vositalar bilan bir qatorda, o'zaro bog'langan texnologik operatsiyalarning bajarish tarkibi va navbatiyligini belgilab beradi. Avtomatlashtirilayotgan vazifalarning parametrlariga quyidagilar kiradi: vazifalarni yechishning davriyligi;

  • dastlabki axborotlarni vujudga kelishining davriyligi;

  • kiruvchi ma'lumotlarning hajmi;

  • algoritmning murakkabligi;

  • boshqa vazifalar bilan axborotli aloqa.

Nazorat operatsiyalarini bajarish uchun belgilangan moddiy va mehnat resurslari talab qilinishi munosabati bilan, ba'zi bir vaziyatlarda xatolarni aniqlash va tuzatishga xarajatlar noto'g'ri axborotlar keltiradigan zararning miqdoridan oshib ketishi mumkin. Bundan nazorat operatsiyalariga xarajatlar va ehtimol bo'lgan zararning miqdorini tenglashtirish muammosi kelib chiqadi. Nazorat operatsiyalariga eng kam xarajatlarda axborotlarning talab qilinadigan ishonchliligini ta'minlovchi muvofiq variant topilishi kerak.
Axborotlarning sifat ko'rsatkichlariga quyidagilar kiradi: to'liqlik, idrok etishning mumkinligi, dolzarblik (o'z vaqtidalik), aniqlik, adekvatlik. Axborotlarning to'liqligi obyekt faoliyatining u yoki bu tomonining miqdoriy va sifat parametrlarini aniq belgilash va ularga adekvat qarorlarni ishlab chiqishda aks etadi. Axborotlarning to'liq emasligi qarorlar qabul qilishda xatolarga olib kelishi mumkin. Axborotlar, agar ular tushunish va qarorlar qabul qilish uchun yetarli bo'lsa, to'liqdir. Axborotlarning adekvatligi – bu olingan axborotlar yordamida yaratilayotgan haqiqiy obyekt, jarayon, hodisaga mos keluvchi belgilangan darajasidir. Ishonchlilik. Axborotlar, agar ular ishlarning haqiqiy holatlarini buzmasa, ishonchlidir. Ishonchlilik ham kelib tushgan va ham natijaviy axborotlarning buzilishlarning belgilangan darajasiga yo'l qo'yadi, bunda qabul qilinayotgan qarorlarning samaradorligi saqlanib qoladi. Axborotlarni qabul qila olish mumkinligi ma'lumotlarni vaqt birligida qabul qilish tezligi bilan belgilanadi. Shuning uchun ma'lumotlar ko'proq jadval ko'rinishida taqdim etiladi, u nafaqat axborotlarning mazmunini ochib beradi, balki osonlik bilan qabul qilinadi. Axborotlarninrg dolzarbligi ularning aniq vazifani vaqtning belgilangan paytida amalga oshirish uchun yaroqli ekanligini ta'riflaydi. O'z vaqtidalik axborotlarni qulay yoki belgilangan vaqtda kelib tushganligini bildiradi. Bu talabning buzilishi axborotlarni qadrsizlantirishi mumkin. Aniqlik axborotlarning to'g'riligi va uni batafsil tekshirilganligi darajasini bildiradi. Axborotlarning aniqligi ularni barcha iste'molchilar tomonidan bir ma'noda qabul qilinishini bildiradi.Operativlik axborotlarni vaqt davomida eskirishi va dolzarbligini yo'qotishini aks ettiradi. Ta'kidlash kerakki, dolzarblik va operativlik - axborotlarning ancha umumiy sifatiy xususiyatlaridir. Axborotlarning o'z vaqtida kelib tushmasligi qarorlar qabul qilishda kechikishga olib keladi, buning oqibatida u o'zgargan vaziyatga javob bera olmaydi. Axborotlarning operativlik darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, ularning qiymati shunchalik yuqoriroqdir. Vaqt o'tishi bilan axborotlar eskiradilar va ularning qiymati kamayadi. To'liqroq va ishonchliroq axborotlar to'g'ri qarorni ta'minlaydilar. Axborotlar eskirgani sari ularning qarorni ishlab chiqish uchun qiymati tushib ketadi. To'liqroq axborotlar olinganda qabul qilinayotgan qarorlarning roli oshadi. Axborotlar foydali bo'lishi uchun ular vaqtning har bir paytida hal qilinayotgan muammo bilan bog'liq bo'lishi kerak. Faqat ishga tegishli bo'lgan axborotlarni mavjudligi foydalanuvchiga o'z vaqtidagi va mazmunliroq qarorni qabul qilishga imkon beradi, chunki u o'ziga kerakli omillarni ko'pgina boshqalar orasidan qidirishga vaqt sarflamaydi. Agar mavjud axborotlar ishlab chiqilayotgan qaror bilan bog'liq bo'lmasa, unda ular qiymatga ega emas. Axborot tizimlarini yaratilishi va faoliyat yuritishining samaradorligi ham axborot tizimining o'zining va ham uning loyihasining sifatiga bog'liqdir.Axborot tizimlari va texnologiyalarining samaradorligi Axborot tizimlarining asosiy mahsuloti – bu axborotlardir. Axborotlar, agar ular tizimning mahsuloti bo'lsalar, unda axborot tizimlarini yaratish va axborot texnologiyalaridan foydalanishni ta'riflovchi asosiy ko'rsatkich axborotlarni miqdoriy aks ettirilishi yoki uning hosilaviy, axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan ishlab chiqilgani bo'lishi kerak. Ammo axborotlarning axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligida mutloq yuqori roli bilan, ushbu ko'rsatkich hech ham boshqaruvni avtomatlashtirishning samaradorligini ta'riflamaydi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, qayta ishlab chiqilayotgan axborotlarning hajmi axborot tizimlarini yaratish va axborot texnologiyalaridan foydalanishga xarajatlar samaradorligining ko'rsatkichi bo'lmaydi. Samaradorlik – bu talab qilinayotgan vazifalarni eng kam xarajatlarda bajarishdir. Axborot tizimlari va axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligini axborotlarning qiymati nuqtai nazaridan baholash maqsadga muvofiqdir, chunki xuddi uninig o'zi axborot tizimlari va texnologiyalari samaradorligining asosiy omili bo'ladi. Axborotlarning qiymati, hammadan avval, quyidagi ta'riflarga bog'liq: to'liqlik, ishonchlilik, olishning osonligi, dolzarblik, o'z vaqtidalik, aniqlik, operativlik, boshqaruv jarayoniga moslik. Axborotlarning qiymati bu axborotlarni olish natijasida qilingan amallarning xarakteri va ularning tizimni faoliyat yuritishining umumiy maqsadlari doirasida qarorlar qabul qilishga ta'siri bilan baholanadi.


  1. Download 80,65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish