1 mavzu. KIRISH. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI
SUB’EKTI SIFATIDA
1.1.
KIRISH. FANNING MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI
"Soha iqtisodiyoti va menejmenti"
fanida biz bozor iqtisodiyoti va
raqobatchilik sharoitida korxona faoliyatini amalga oshirishni, kadrlar potensiali va
kadrlar siyosati, mexnatga haq to’lash, resurslar va ulardan oqilona
foydalanish,
ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish,
investision va innovatsion
faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakillantirish, menejmentning
tashkiliy strukturasi, menejmentning boshqaruv usullari,
boshqaruv qarorlarini
qabul qilish, korxonani strategik boshqarish kabi masalalarni ko’rib chiqamiz
"Iqtisodiyot
" atamasi birinchi bor ARISTOTEL tomonidan kiritilgan hamda
odamlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan.
Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish qanchalik yaxshi tashkil
qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkaichlari va aholining turmush tarzi shuncha
yuqori bo’ladi.
Iqtisodiyot
inson hayotining moddiy, ma'naviy, fiziologik va boshqa
ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabhani qamrab oladi (oziq-ovqat,kiyim-
bosh, turar joy).
"Soha iqtisodiyoti va menejmenti"
fani izlanish, boshqarish va uslubiy
vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha
soha va tarmoqlarida qabul
qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy
asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar "Soha iqtisodiyoti va menejmenti"
faning muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishga,
ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, yangi texnika va
texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to’g’ri tanlov olib borish
imkonini yaratadi.
Istalgan korxonaning faoliyatida
turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan,
korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga boqliq bo’ladi?
Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga boqliq? Xomashyo yetkazib
beruvchilar va istemolchsilar bilan qanday ishlash kerak?
Mahsulotni sotishda
fondchilardan foydalanish zarurmi? Ishlab chiqarish sur'atlarini qanday oshirish
mumkin? Raqobatchilik kurashida nima, va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi?
Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim? va h.k.
Korxona faoliyatida
biron-bir mahsulotni qachon, qaerda, kimga sotish,
nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berish
muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligidan qat'iy nazar,
qanchalik yaxshi tashkil etilsa va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari
hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo’ladi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va korxonalarning
mustaqil faoliyat ko’rsatishiga keng imkoniyatlar
ochib berish bilan birga
kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar
qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor
munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida
faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi,
uning balansini
to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqishga qodir, investision, innovatsion va
xo’jalikning boshqa faoliyati bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga
oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin.
Mashhur iborada aytilishicha
"Daraxtlarning ortida o’rmonni ko’ra olish
zarur". Malakali mutaxassis korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari
amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq? qanday yo’l
bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko’tarish mumkin? Korxonaning ish
kuchiga bo’lgan ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to’lash kerak? Ishlab
chiqarilayotgan tovarga yoki mahsulotga bo’lgan
talabni qay tarzda oshirish
mumkin? Korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish
mumkin? kabi savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob bera olishi lozim.
Mazkur fanning tadqiqotlar ob'ekti bu turli mulk shakliga ega bo’lgan
kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’lib, ular O’zbkuiston Respublikasining
"Korxonalar to’g’risida"gi qonuni asosida tashkil qilinadi.
Korxona iqtisodiyotning bir bo’g’ini bo’lib, unda eng malakali kadrlar
mujassamlashgan hamda samarali boshqaruv-menejment qo’llanilib, resurslardan
oqilona foydalanish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanish masalalari
hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifat ko’rsatkichlari
saqlangan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromadni maksimallashtirish
har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Fanning maqsadi
ta'lim olayotganlarga amaliy-iqtisodiy bilimlarni,
shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o’rganish
yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo’yicha qaror qabul qilish
ko’nikmalarini singdirishdadir.
Fanning vazifasi
korxona faoliyatida uchraydigan
savollarga javob bera
oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir.