Kavitatsiya zaxirasi–ishchi halqaga kirishdagi suyuqlik muhitining solishtirma zaxira energiyasi va so‘rishda suyuqlikni bug‘ hosil qilish ustidagi bosimni suyuqlik muhiti naporini ortmasiga tengdir.
Ruxsat etilgan kavitatsiya zaxirasi – nasosning asosiy ko‘rsatgichlarini o‘zgartirmasdan ishini ta’minlashidir.
Tirgak– manfiy geometrik so‘rish balandligi (rezervuarda nasos suyuqlik sathidan pastda joylashadi).
Geometrik so‘rish balandligi– qabul rezervuarida nasos o‘qining va suyuqlikni erkin sathi otmetkalarining farqi.
Burg`ilash nasosi
Vakuummetrik so‘rish balandlik – rezervuarda suyuqlikning sathiga nisbatan nasos o‘qining joylashish balandligini, quvur uzatmasiga kirishdagi gidravlik qarshilikni yo‘qotilishini va nasosning kirish qismidagi suyuqlik muhitining tezlik naporini hisobga oluvchi kattalik.
Ruxsat etilgan vakuum
Metrik so‘rish balandlik– texnik ko‘rsatgichlarni o‘zgartirmasdan nasosnin ishini ta’minlaydigan so‘rish balandlik.
Nasosning tavsifi–asosiy texnik ko‘rsatgichlarni bosimga grafik bog‘lanishi (hajmiy nasoslar uchun) yoki nasosga kirishdagi suyuqlik muhitining o‘zgarmas aylanish chastotasi, qovushqoqlik va zichlikda uzatishga bog‘lik grafikdir. Nasosning quyidagi tavsiflari mavjud:
-rostlanuvchanligi (boshqariladigan)–uzatishni aylanish chastotasiga yoki nasosning kirish qismida qovushqoqlik, suyuqlik muhitining zichligini o‘zgarmas qiymatlarida va nasosning kirish va chiqish qismlarida bosimga bog‘liqlik grafikdir;
-kavitatsiya–suyuqlik muhitini nasosga kirishdagi aylanish chastotasi, qovushqoqlik va zichligi o‘zgarmas qiymatga ega bo‘lganda nasosning texnik ko‘rsatgichlarini kavitatsiya zaxirasiga va vakuummetrik so‘rish balandligiga bog‘liq grafikdir;
Nasosning indicator diagrammasi–bosimni vaqt bo‘yicha yoki yopiq fazoda ishchi organini siljishi, nasosni kirish va chiqish qismlarini tutashishini o‘zgaruvchanligini bog‘lanish grafigidir.
Nasosning ishchi rejimi quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi: uzatish, napor, iste’mol qilish quvvati, FIK, so‘rish balandligi. Nasosning ish rejimi quyidagi turlarga bo‘linadi:
-nominal–belgilangan texnik ko‘rsatgichlarni ta’minlaydigan rejim;
-optimal–eng yuqori FIK ta’minlaydigan rejim;
-kavitatsiyali–texnik ko‘rsatgichlarini o‘zgarishga olib keladigan kavitatsiya sharoitidagi ish rejimi.
Har qanday turdagi nasosning asosiy energetik parametrlariga quyidagi kattaliklar kiradi: