Tadqiqotning ob’ekti sifatida oliy ta’lim muassasalarida bioorganik kimyo fanini o’qitish samaradorligini oshirishda elektron ta’lim vositalaridan foydalanish jarayonlari.
Tadqiqotning predmeti oliy ta’lim muassasalarida bioorganik kimyo fanini o’qitish samaradorligini oshirishda elektron ta’lim vositalaridan foydalanish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy, metodik, elektron manbalarni qiyosiy-tanqidiy tahlil etish, oliy ta’lim muassasalaridagi ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, anketa, suhbat, kuzatish, test, loyihalash, ekspert baholash; tajriba-sinov ishlari natijalarini matematik-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |