DIOAKTIV CHIQINDILAR VA ULARNI ZARARSIZLANTIRISH MUAMMOLARI
Ilmiy-texnik taraqqiyotning rivojlangan davrida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri bilan bog’liq bo’lgan muammolar, asosiy va murakkab muammolar bo’lib bormoqda. Shulardan biri geografik muhitning radioaktiv moddalar va zaharli kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi va uni oldini olish muammosidir.
Geografik muhit insoniyatning kelajagini belgilaydi, shuningdek, kishilarning faolligi, hayoti va umrboqiyligi ham geografik muhitga bog’liqdir. Geografik muhit holatidagi eng xavfli vaziyat uning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishidir. Shuning uchun ham muhitning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishini oldini olishga juda katta e’tibor berilmoqda. Yer sharida tabiiy radioaktivlik radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida vujudga keladi.
Radioaktiv elementlar (238U; 232Th; 40K; 87Rb; 14C va boshqalar) sayyoramizda ma’lum miqdorda tarqalgan bo’lib, vaqt o’tishi bilan ular Yerda doimo turli sharoitlarda parchalanib, o’zgarib turadi. Har qaysi element o’ziga xos tezlikda parchalanadi. Shuning uchun ham radioaktiv elementlarning parchalanish davri yer tarixi uchun etalon qilib qabul qilingan.
Radioaktiv elementlardan faqat uran (92) va toriy elementi radioaktiv
izotoplarining yarim yemirilish davri Yerning yoshiga teng,
238UT
1
2
=4,51 milliard
yil, (U235) 713 million yil. Uran va toriylar parchalanishi natijasida qo’rg’oshin va geliy, kaliy parchalanganda kalsiy va argon gazi, pubidiy parchalanishidan stronsiy vujudga keladi.
Yerda padioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida tuproqda, suv va havoda tabiiy radioaktivlik vujudga keladi. Tabiiy holda uchrab turadigan radioaktivlik, tabiiy radioaktivlik bo’lib, tabiiy radioaktivlikning miqdori konsentratsiyasi yer yuzidan atmosferaga ajralib chiqayotgan radon izotopining radioaktiv parchalanishi, shuningdek, kosmik nurlar zarralarining havo tarkibidagi kimyoviy elementlar atom yadrolari bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi. Hosil bo’lgan radioaktiv atomlar noradioaktiv atmosfer changi
zarralariga o’tiradi.
Tarkibida kaliy, uran, toriy va boshqa radioaktiv izotoplari bo’lgan chang shamol bilan yer yuzidan atmosferaga ko’tariladi va vaqt o’tishi bilan havo bilan katta maydonlarda tarqaladi. Keyingi vaqtlarda sun’iy radioaktivlikning turli yadro reaksiyalari yordamida sun’iy yo’l bilan sodir qilingan radioaktivlik ko’payishi
bilan tabiiy radioaktivlik ham ortib bormoqda.
Yadro qurollari sinash uchun portlatilganda juda kuchli radioaktiv nurlanish vujudga keladi. Radioaktivlik ma’lum dozada ancha vaqtgacha juda katta territoriyada saqlanadi. Havodagi sirkulyatsiyalar natijasida radioaktiv mahsulotlar bir necha ming km. masofaga tarqaladi va hosil bo’ladigan mahsulotlardan bu joylar uzoq vaqtgacha zararlanib turadi, zarb to’lqini hamda nurlanish yetib borgan barcha moddiy va tabiiy boyliklar nobud bo’ladi.
Kuchli yadro qurollari havoda portlatilganda radioaktiv mahsulotlar
troposferadagina emas, balki stratosferda ham tarqaladi.
Portlash natijasida atmosferada vujudga keladigan va yer yuzasiga tushadigan radioaktiv yomg’irlarning uch xili mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |