Kirish. Energiya turlari fanining maqsad va vazifalari


-MA’RUZA. NANOTEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT OMILI



Download 2,42 Mb.
bet15/32
Sana26.04.2022
Hajmi2,42 Mb.
#583247
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
ekologik toza energiya turlari

9-MA’RUZA.
NANOTEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT OMILI.

Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 42-modda)


Bugun dunyoda nanotexnologiya jadal rivojlanmoqda. Ushbu yo‘nalishda yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya,


radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda.

Mamlakatimizda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, intellektual salohiyatning qo‘llab-quvvatlanishi samarasida ilm-fanning ushbu zamonaviy yo‘nalishi ham izchil taraqqiy etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi sa’y-harakatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli asosda tashkil etish va rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi, Polimerlar kimyosi va fizikasi, Yadro fizikasi, Umumiy va noorganik kimyo institutlari, Toshkent davlat texnika universitetining “Fan va taraqqiyot” ilmiy texnologik majmuasi va boshqa ilmiy muassasalarda nanotexnologiyalar sohasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.


Bugun tobora rivojlanayotgan mamlakatimiz sanoatini va zamonaviy ishlab chiqarish sohalarini polimer mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu ehtiyojni qondirish uchun ilmiy tadqiqot ishlari va nanotexnologik ishlanmalarni muvofiqlashtirish asosida nanotizimlar hamda nanomateriallar sanoatini yaratish zarurati yuzaga kelmoqda.


O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida nanotexnologiya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi ushbu ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda polimer tizimlarda nanozarrachalar va nanotuzilmalarning shakllanishi, ularning yaratilishi, materiallarning maxsus xossalarida namoyon bo‘lishini o‘rganish hamda undan amalda samarali foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilayotir. Mazkur institutdan ma’lum qilishlaricha, bunday fundamental tadqiqotlar allaqachon o‘zining yuqori samaradorligini namoyon etmoqda. Qator loyihalar bo‘yicha muhim natijalarga erishildi, xususan, tabiiy va sintetik polimerlardan nanopolimer tizimlar ajratib olindi.


Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zararkunandalar, hasharotlar va kasalliklarga qarshi bir necha bor kimyoviy ishlov beriladi. Hozir amalda foydalanilayotgan bunday vositalar asosan chetdan valuta evaziga olib kelinadi. Qolaversa, ularning foydali jihatlari bilan birga atrof-muhitga muayyan salbiy ta’siri ham bor.


Shu bois institut olimlari bunday vositalarni mahalliy xomashyo va texnologiyalar asosida ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. Masalan, ipak qurti g‘umbagidan ajratib olinadigan “O‘zxitan” preparati ekologik sof va samaradordir. Nanotexnologiyalarning muhim xususiyatlarini o‘zida namoyon etuvchi ushbu ixtiro amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. “O‘zxitan” bilan ishlov berilgan ekinlarning mahsuldorligi, urug‘ning unuvchanlik xususiyati, kasallik, zararkunandalar va murakkab iqlim sharoitlariga bardoshliligi bir necha barobarga oshdi. Tabiatga mutlaqo zararsiz ushbu vositaning o‘zi esa tuproqqa


singib ketadi. Hozirgi kunda bu preparatdan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda ham samarali foydalanilmoqda.

– Olimlarimizning yana bir muhim ixtirosi polimer tizimlar asosida yaratilgan, g‘o‘za parvarishida muhim o‘rin tutuvchi “Polidef” vositasidir, – deydi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari Abdushukr Sarimsoqov. – Xorijda ishlab chiqarilayotgan shunday vositalar ekologiyaga salbiy ta’sir etishi barobarida ochilmagan ko‘saklarni quritadi. “Polidef” sepilganda esa g‘o‘zadagi ko‘raklar qurimaydi, tuproqqa ziyon yetmaydi. Mamlakatimizning qator viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida olib borilgan sinov-tajriba ishlarida uning samaralari yaqqol namoyon bo‘ldi. Davlat kimyo komissiya ushbu ixtironi sinovdan o‘tkazib, ishlab chiqarishga ruxsat berdi. U mamlakatimizning mahalliylashtirish dasturiga kiritilib, «Farg‘onaazot» ochiq hissadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmokda.


Davlatimiz rahbari tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tibor tibbiyotda ham samarali ixtirolarni yaratish va amalga tatbiq etish imkonini berayotir. Ana shunday muhim ishlanmalardan biri “SelAgripp” preparati farmakologik xususiyatlari jihatidan xorijiy dori vositalaridan aslo qolishmaydi, narxi esa bir necha barobar arzon. Hozirgi kunda poytaxtimizdagi “Radiks” ilmiy ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilayotgan ushbu preparat gripp kasalligining oldini olish va davolashda samaralidir. Shu kunlarda olimlarimiz


“SelAgripp”ning pediatriya sohasida qo‘llaniladigan turlarini yaratish yuzasidan izlanish olib bormoqdalar.


Kuyish oqibatida kelib chiqqan va bitishi qiyin yaralarni davolash tibbiyotning dolzarb muammolaridandir. Hozir bu jarayonda tibbiyotimizda xorijdan olib kelinayotgan plyonka qoplamalardan foydalanilmoqda. Mahalliy xomashyo asosida yaratilgan plyonka qoplama bu borada bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bu vosita jarohat joyiga bog‘langach teriga singib ketadi. Uning tarkibidagi nanotuzilmali kumush zarrachalari jarohatni tez va samarali davolash, bemorning immun tizimini kuchaytirish imkonini beradi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari kuyish asoratlarini davolashda qo‘llanilayotgan ushbu ixtironing shifobaxshligini alohida e’tirof etdilar.


Nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari dermatologiya, pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda.


Institutda tabiiy polimerlar bilan bir qatorda sintetik polimerlardan foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlariga oid izlanishlar ham ko‘plab muhim ixtirolarga asos bo‘lmoqda.


Kelajak fani bo‘lgan nanofan va nanotexnologiya yo‘nalishidagi bunday tadqiqotlarda yoshlar ham o‘z salohiyatini namoyon etayotir. Ular jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanlarda faol ishtirok etib, ilm-fanimizning bunday muhim natijalarini dunyo ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida keng namoyish etmoqda. Iqtidorli yigit-qizlar safini kengaytirish maqsadida institutda yurtimizning boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.


Yurtimizda nanotexnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-intellektual salohiyatni rivojlantirish, ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar mamlakatimizning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish