Kirish
Bugun hamma SMM (ijtimoiy tarmoqlarda marketing)
haqida
gapiradi.
Lekin…
Ularning orasida nima haqida gapirayotganini o’zi yaxshi
biladiganlari
juda ham kam.
Agar siz ham har oy SMMga og’ir mehnat bilan topayotgan
millionlab pullaringizni sarflayotgan…
...Va evaziga kutilgan natijani ola olmayotgan bo’lsangiz - siz
o’zingiz uchun eng to’g’ri bo’lgan joydasiz.
Nima uchun bu ma’lumotlarni aynan hozir o’qishingiz kerak?
Ushbu yo’riqnoma orqali siz biznesingiz
uchun yuritilayotgan
SMMda yo’l qo’yilayotgan xatolarni aniqlashingiz va…
Aynan qaysi nuqtalarda siz sarflayotgan og’ir mehnat bilan
topilgan pullaringiz o’zingizga qaytmas bo’lib olovda
yoqilayotganini aniqlab olishingiz mumkin.
Undan ham muhimi…
OBSESS
Bet 1
Qanday qilib ijtimoiy tarmoqlarni to’g’ri yuritish orqali bizne-
singiz sotuvlarini rekord darajaga chiqarish...
Va kuchli brend qurib raqobatchilaringizni
sizdan rahm
qilishingizni so’raydigan holatga olib kelish mumkinligini
o’rganasiz.
Faqat undan oldin bitta iltimos…
Yo’riqnomada yozilgan har bir ma’lumotni diqqat bilan o’qing.
Sababi…
Bu yerdagi ma’lumotlar hozirda yo’l qo’yilayotgan xatolar
tufayli yo’qotilayotgan
millionlab pullaringizni asrab
qolishni…
...Va SMMni haqiqiy ma’noda o’z
foydangizga ishlashini
yo’lga qo’yishda hal qiluvchi darajada yordam bera oladi.
Demak, tayyor bo’lsangiz… Boshladik!
OBSESS
Bet 2
Bu ma’lumotlar har qachongidan ham muhim
Statistikaga qaraganda…
95% dan ortiq bizneslar birinchi 10 yillikda mag’lubiyatga
uchrab, yopilib ketadi.
Ulardan 80%i, hatto, birinchi ikki yillikka ham bora olmaydi.
Ba’zilari esa hech qachon foydaga chiqa olmaydi…
Shunchaki, o’z xarajatlaridan ortig’ini qoplay olmaydi.
Xo’sh…
Nima uchun ba’zi bizneslar muvaffaqiyatga erishib, ba’zilari
raqobatga dosh bera olmay yopilib ketadi.
Sababi oddiy: muvaffaqiyatli bizneslar doimiy ravishda va
katta hajmda daromad ko’radi va bu biznes xarajatlarini to’liq
qoplab, o’sishiga yo’l ochib beradi.
Doimiy sotuvlar esa mana shunday
daromadni biznesga olib
keluvchi biznesning eng muhim qon tomiri hisoblanadi.
Agar sizda sotuvlardan muammo bo’lmasa… Deyarli, barcha
biznes muammolaringizga yechim topa olasiz:
OBSESS
Bet 3
- Biznesingizda samarali tizimni yo’lga qo’ya olasiz;
- Xodimlaringizga yuqori maosh to’lab, ularning ishga bo’lgan
ishtiyoqini oshira olasiz;
- Eng zo’r va malakali mutaxassislarni biznesingizga jalb qila
olasiz;
- Va h.k.
Demak, ko’rib turibsizki…
Biznesingizning muvaffaqiyati
sizning motivatsiyangizga,
xodimlaringizga va xohishlaringizga bog’liq emas…
Biznesingiz muvaffaqiyati sizning samarali sotuvlaringiz
soniga bog’liq.
Agar sizda shu bilan bog’liq muammo bo’lsa, biznesingiz
taqdiri, sizning daromadingiz,
oilangiz daromadi, xodimla-
ringiz ish haqlari - barchasi sizning bo’yningizda bo’ladi.
Biznesingiz brendini qurish va sotuvlaringizni oshirish orqali
bu muammolarni hal qilishingiz,
keyingi mijozingiz qayerda
ekanligi haqida qayg’urmasligingiz va mehnatlaringiz roha-
tini, haqiqiy ma’noda, ko’rishni boshlashingiz mumkin.
...Va bu ishni siz SMMni to’g’ri yo’lga qo’yish va uni butun
boshli marketing tizimingizning haqiqiy quroliga aylantirish
orqali amalga oshira olasiz.