Kirish Boshqaruv hisobi ob’yektlari



Download 91,87 Kb.
bet7/11
Sana02.03.2023
Hajmi91,87 Kb.
#915729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqaruv hisobining metodi va prinsiplari

Me’yorlashtirish – barcha turdagi resurslarni samarali ishlatishni ta’minlashga va xarajatlarni mahsulotga eng unumli aylantirish yo‘llarini izlashga qaratilgan optimal me’yor va normativlarni ilmiy asoslangan hisoblash jarayoni. Me’yor va normativlar majmuasi xo‘jalik yurituvchi subyektning me’yoriy xo‘jaligini tashkil etadi, u esa, o‘z navbatida, barcha faoliyat turlarini qamrab oladi.
Normativlarsiz boshqaruv hisobi tizimini va zaxiralar holatini, shuningdek amaldagi xarajatlar ustidan nazoratni tashkil etish mumkin emas. Normativ ko‘rsatkichlar texnik-iqtisodiy rejalashtirishni operativ (tezkor) ishlab chiqarish bilan ishlab chiqarishga texnik tayyorgarlik ko‘rish jarayonidan boshlaboq bog‘laydi. Rejali va me’yoriy ko‘rsatkichlar me’yorlashtirish, rejalashtirish, xarajatlar me’yorlari bo‘yicha hisob va ulardan og‘ish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan taqqoslash imkonini beruvchi ishlab chiqarish hisobi ko‘rsatkichlari tizimini belgilab beradi. Texnologik normativlarni bo‘linmalar faoliyati va ichki xo‘jalik holati haqidagi tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlovchi ishlab chiqarish hisobining analitik bazasi sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Miqdor ko‘rsatkichlarini ifoda etuvchi me’yorlar rejalashtirish jarayonida ishlatiladi.
Limitlashtirish – zaxira va xarajatlar me’yorlari tizimiga asoslangan moddiy xarajatlar ustidan nazoratning birinchi pog‘onasi. Limit – mahsulot birligi uchun resurslar sarfi me’yori bo‘lib, har bir ishlab chiqarish bo‘linmasi uchun chiqarilayotgan mahsulot assortimentidan kelib chiqqan holda texnologik hujjatlar va ishlab chiqarish dasturi rejasi asosida o‘rnatiladi.
Limitlashtirish tizimi nafaqat sexda chiqayotgan materiallar limiti hisobidan, balki hisob va nazorat operatsiyalaridan ham tashkil topadi. Shuning uchun, boshqaruv hisobi tizimida limitlashtirishga moddiy xarajatlarning shakllanishiga faol ta’sir o‘tkazuvchi operativ (tezkor) ma’lumotlar roli ajratiladi.
Tahlil – uning o‘ziga xos jihatidan kelib chiqib, boshqaruv hisobining ushbu uslubi elementi uning boshqa barcha uslublari bilan o‘zaro bog‘liq desak bo‘ladi. Iqtisodiy ko‘rsatkichlar bilan ifodalangan xo‘jalik yurituvchi subyektning jami ishlab chiqarish faoliyati ham, uning ayrim bo‘linmalari faoliyati ham tahlil qilinadi. Ko‘rsatkichlar tanlanishi boshqaruv tizimining maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Tahlil jarayonida tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun belgilangan reja topshiriqlarini amalga oshirishga mas’ul bo‘linmalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqadorlik, ishlab chiqarish natijasidagi o‘zgarishlar va og‘ishlar sabablari aniqlanadi.
Nazorat – xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini oldindan belgilangan vazifalarni bajarishga, yuzaga keladigan chetlanishlarni ochib berishga va bartaraf etishga yo‘naltirilgan rejalashtirish va tahlilning yakuniy jarayoni. Nazorat tizimining asosini qarama-qarshi aloqa tashkil etib, u nazorat-o‘lchov faoliyatini amalga oshirish uchun katta hajmdagi, aniq, zaruriy va maqbul bo‘lgan ma’lumotlarni beradi. Nazoratning turli sohalari va turlari mavjud. Ular har bir xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyat turidan kelib chiqib, doimiy ravishda o‘zgarib turadi hamda o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Xulosa o‘rnida aytish lozimki, uslubning barcha elementlari bir-biridan ayri holda bo‘lmaydi, balki boshqaruv vazifalarini bajarishga qaratilgan ichki xo‘jalik aloqalarini tashkil etish tizimida amal qiladi.



  1. Download 91,87 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish