Kirish Boshqaruv hisobi ob’yektlari


Boshqaruv hisobi tamoyillari



Download 91,87 Kb.
bet8/11
Sana02.03.2023
Hajmi91,87 Kb.
#915729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshqaruv hisobining metodi va prinsiplari

Boshqaruv hisobi tamoyillari


Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini boshqarish murakkab jarayon hisoblanadi. Boshqaruv talablariga javob beruvchi hisob tizimi ham murakkab bo‘lib, ko‘pgina tadbirlar va jarayonlardan tashkil topadi. Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobi tizimi elementlari tarkibi o‘zgarishi mumkin. Shu bilan birga, aniq xo‘jalik yurituvchi subyektda tashkil qilingan har qanday hisob siyosati umumqabul qilingan tamoyillarga javob berishi kerak. Albatta, bundan boshqaruv hisobi ham mustasno emas. Boshqaruv hisobining tamoyillari mohiyatini to‘g‘ri anglash shu hisob turidan samarali foydalanish imkonini beradi.
Boshqaruv hisobi tamoyillariga quyidagilar kiradi: xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi; rejalashtirish va hisoblashda yagona o‘lchov birliklarini ishlatish; xo‘jalik yurituvchi subyektning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati natijalarini baholash; boshqaruv maqsadida birlamchi va oraliq ma’lumotlarning ko‘p marotaba ishlatilishi; xo‘jalik yurituvchi subyekt ichidagi kommunikatsiya tizimi; xarajatlar, moliya va tijorat faoliyatini boshqarishda byudjet usulini qo‘llash; hisob obyektlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlovchi to‘liqlik va tahliliylik; xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati tomonidan o‘rnatilgan ishlab chiqarish va tijorat jarayonlarining davriyligi.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining uzluksizligi tamoyili xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish ko‘lamini kamaytirish va o‘z faoliyatini tugatish maqsadlari yo‘qligini namoyon etib, istiqbolda hamisha rivojlanishga intilishini bildiradi. Bu tamoyil hisobchilarni uzoq muddatli muammolarning echimiga qaratilgan ma’lumot xizmatlarini yaratishga yo‘naltiradi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish raqobatbardoshliligi tahlili, xom-ashyo va materiallarni etkazib berish, assortimentni o‘zgartirish va yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarishga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, investitsiya qilish va shu kabi muhim masalalar borasida operativ (tezkor) va har tomonlama asoslangan ma’lumotlar bazasini shakllantirishga undaydi.








Uzluksizlik










Yagona o‘lchov birligi










Baholash










Ketma-ketlik va ko‘p marta foydalanish










Muloqot










To‘liqlik va tahliliylik










Davriylik

Boshqaruv hisobining yana bir tamoyili rejalashtirish va hisoblashda yagona o‘lchov birliklarini ishlatish bo‘lib, bu tamoyil rejalashtirish va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va qarama-qarshi aloqani ta’minlaydi.
Reja-hisob birliklari turli darajadagi operativ-ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimining mohiyatini ochib beradi; ular yordamida xarajatlarning buxgalteriya hisobi va ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligiga va ayrim tarkibiy tuzilmalar xo‘jalik yuritish natijalarini aniqlashga asoslangan hisob tizimi metodoligiyasini ishlab chiqish uchun real sharoit yaratiladi.
Ishlab chiqarishni operativ (tezkor) rejalashtirishninng turli darajalarida ishlatiladigan hisob birliklari yoki juda yiriklashtiriladi, yoki aksincha, juda detallashtiriladi. Detallashtirish jarayoni asosida xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi yirik birliklardan (mahsulot ishlab chiqarish buyurtmasi, mahsulotlar seriyasi, nomlanishi va sh.k.) sexlar, uchastka, brigadalar darajasidagi kichikroq birliklar (ehtiyot qism, operatsiyalar majmuasi, mashinokomplekt, murakkab mexanizm komplekti, brigada komplekti va h.k.)ga o‘tish tamoyili o‘rin olgan.

Shuni ta’kidlash kerakki, buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan ishlab chiqarishning boshqaruv hisobi reja-hisob birliklari va omborga topshirilgan tayyor mahsulotning o‘lchov birliklari bir xil bo‘ladi. Shu tufayli, ular orqali bajarilgan buyurtmalarning boshqaruv va moliyaviy hisobi o‘rtasidagi bog‘liqlik ta’minlanadi. Shu bilan birga, boshqaruv obyektlari bo‘yicha, hoh u mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanishi bo‘lsin, hoh ishlab chiqarish buyurtmalari yoki tarkibiy tuzilmalar bo‘yicha bo‘lsin, u yoki bu ko‘rinishdagi ma’lumotlarni guruhlash mumkinligini inobatga olish lozim. Bundan tashqari, xo‘jalik yurituvchi subyekt darajasidagi reja-hisob birliklari kalkulyatsiya obyektlari bilan bir-biriga mos tushadi yoki uning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Tarkibiy tuzilmalar darajasidagi reja-hisob birliklari xarajatlar hisobi obyektlarini tanlashda foydalanishi mumkin.



Download 91,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish