1.1. SOLIQ ATAMASIGA NISBATAN TURLI QARASHLAR.
Soliqlar umumiy olganda ommabop emas bo`lib ko`rinadi, holbuki soliq tizimining ahamiyati hammaga ayon. Agar omma qarshiligini oldini olmoqchi bo`lsa, har qanday qabul qilinadigan tizim ular tomonidan qo`llab quvvatlanishi kerak. Adolatsiz soliq tizimi o`tmishda juda ko`p tartibsizliklarni keltirib chiqargan. Yillar davomida nazariyachilar g`oyalarining katta qismini soliq tizimining asosiy tamoyillari qanday bo`lishi kerakligini aniqlashga bag`ishlashgan.
Zamonaviy soliq falsafasi yoki nazariyasi odatda klassik iqtisodchi olimlar, eng avvalo Adam Smit, tomonidan boshlangan deb hisoblanadi. Lekin zamonaviy siyosiy falsafaning asoschisi Tomas Gobbs (1588-1639), iqtisodchi va faylasuf Uiliam Petti (1623-87) kabi ilg`or olimlarning ham hissasi katta. Gobbs ko`proq iqtisodiy nazariyalari bilan taniqli bo`lsa ham, u bir qancha asarlarida, jumladan o`zining eng mashhur "Leviathan" asarida soliqlarga katta e`tibor bergan. Uning soliq nazariyasi ma`lum darajada murakkab deb qaraladi va unda soliq kishilarning boyligiga emas, balki uning himoyasi va qonun ustivorligini saqlab turish, keyingi o`rinda harbiy hizmat uchun davlatga bo`lgan qarzi orqali aniqlanishi kerak deb qaraladi. U shuningdek, o`z mehnat layoqati bilan yashash uchun yetarli mablag` topa olmaydiganlargaijtimoiy ta`minot berishni qo`llab quvvatlaydi.1
Petti "Soliqlar va yig`imlar xazinasi" (1662) asarida Fransiya bilan yuzaga kelayotgan urush uchun jamg`rmalar yig`ilishida qirol tomonidan qo`llanilishi mumkin bo`lgan soliqlar va daylat harajatlari prinsplarini tuzib chiqishga uringan. U olti turdagi davlat harajatlarini tuzib chiqqan: himoya, boshqaruv, cherkov, ta`lim, infrastruktura va barcha turdagi zaiflarni qo`llab quvvatlash va birlamchi
mahsulotlar uchun xarajatlar. U qariyalar, kasallar, yetimlar va shu kabilarga ta`minot uchun qilinadigan davlar harajatlarini qo`llab quvvatlagan.
"Uzoq o`n sakkizinchi asr" (1688-1800) deb ataluvchi bu davrda Adam Smit va uning izdoshlari hozirgi kundagi zamonaviy soliq nazariyasini ishlab chiqishgan. Bu davr nafaqat Buyuk Britaniya, balki butun dunyoda barcha turdagi g`oyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Bu yillar davomida ko`plab ahamiyatli voqealar, Amerika mustaqillik urushi, soliq masalalari asosida kelib chiqqan Fransiya revolutsiyasi yuz bergan. Antony Eshli Kuper, uchinchi Graf Shaffesbury, ko`zga ko`ringan davlat arbobi, 1706-yil Gollandiyadagi hamkasibiga shunday yozadi: “Bu yerda o`zini butun dunyo bo`ylab tarqatayotgan qudratli nur mavjud... bu g`ayritabiiy lekin so`z va bilim har doimgidan kattaroq tezlikda tarqalishi shart”
Bu davr haqiqiy ulamolar davri edi, va fanlar yoki kasblar orasida bugungi kungidek hech qanday chegara bo`lmagan. Shuning uchun, o`sha davrning ilg`or olimlari, John Locke, David Hume, Adam Smith, Edmund Burke, Jeremy Bentham, Thomas Paine lar shifokor, yurist, akademik yoki siyosatchi bo`lishlariga qaramasdan bir vaqtning o`zida axloqiy, siyosiy va falsafiy asarlar yozishgan. Biz bu qatorga barcha nazariyachilarni kirita olmasakda, Adam Smit va uning izdoshlarining dunyo bo`ylab ulkan ta`sirini sanab o`tish joizdir.
John Loke (1632-1704). John Loke faylasuf, Oksford akademigi, shifokor, davlar arbobi, iqtisodchi, siyosatchi va revolutsiyachi sifatida tanilgan. U bir muncha notinch, ko’zga ko’ringan institutlar, jumladan ingliz monarxiyasi tugallangan va keyinchalik yana qayta tiklangan va 1688-yilgi “Shonli revolutsiya” (Uilliam III angliya qiroli va Mary II angliya qirolichasi bo’lgan) natijasida konstitutsiyaviy hokimiyat o’rnatilgan davrda yashagan. Soliqqa keladigan bo’lsak, u haqida Loke juda kam yozgan lekin ulkan ahamiyatga ega ma’lumotlarni qoldirgan.
Loke insonlar o’z kuchi va sa’yi harakati tufayli erishgan shaxsiy mol-mulkiga ega bo’lish huquqi borligiga ishongan. Biroq ko’proq narsaga erishishga intilish tufayli iqtisodiyotda mutanosiblik buzilgan va pul munosabatlari rivojlanishi oqibatida turli kelishmovchiliklar yuzaga kelgan. Odamlar bir jamiyatga birlashib yaxlit xalq hokimiyatini tashkil qilishgan. Bundan asosiy maqsad kishilar o’z mol-mulklariga xavfsiz egalik qilishni ta’minlash bo’lgan. Biroq bu birlashish odamlarga boshqaruvdagi katta kuch berilganini anglatgan va bu narsani Loke davlatning noqonuniy shakli sifatida baholagan. Bu “Ijtimoiy shartnoma nazariyasi” sifatida tanilgan. Unga ko’ra: shaxs jamiyatning barcha qarorlariga bo’ysunishga rozi bo’ladi, evaziga jamiyatga a’zo bo’lganlar uchun mol-mulk, erkinlik, sog’lik va hayot himoyasiga ega bo’lishgan. Bu soliq majburiyatlarining paydo bo’lishiga olib keladi. “Davlatning 2-xazinasi” asarida Loke ,,Oliy hokimiyat insonlarning shaxsan roziligisiz ularning mol-mulkining hech birini olib qo’ya olmaydi” deb fikr bildiradi. Lekin insonlarning davlatga to’lovlar to’lab turishi kerakligini Loke ,,Davlatning ulkan xarajatlarini tasavvur qilib bo’lmaydi va kimki davlat himoyasidan foydalansa o’z mulkidan ma’lum qismini o’z roziligi bilan shu xizmatlar evaziga berishi kerak” degan fikri bilan ifodalagan.
Ko’pchilikning roziligi ularning har birini fikrini bilish yo’li bilan yoki ular orasidan saralab olingan nomzod orqali aniqlangan. Agar kimki o’z amalidan foydalanib odamlarning roziligisiz soliqlarni o’rnatishga va yig’ishga harakat qilsa, u bu orqali mol-mulkning fundamental qonunini buzadi va davlat tanazzuliga olib keladi. Chunki insonlar ongidagi ,,Nima uchun mening mulkimni kimdir o’z xohishi bilan olishi kerak?” degan fikr ularning qarshiligini uyg’otishi mumkin.
Lokening “Ijtimoiy shartnoma nazariya” soliqlarni davlat himoyasi evaziga inson huquqlaridan foydalangan holda joriy qilinishiniyoqlab chiqqan. Bu huquqlardan davlatning foydalanishi Loke tomonidan davlatning soliqqa tortish huquqi deb nomlanadi, aks holda u qonuniy o`g`rilikka o`xshab qolar edi. Bu fikr keyinchalik faylasuflar, ayniqsa o`rta asrlar teologi Thomas Aquinasning “Summa Theologica” asarida muhokama qilingan.
Loke tom ma`noda o`zining bir qancha soliq nazariyalari uchun “Levianthan” asarida soliq yig`imlarini davlat himoyasi va qonun ustuvorligi uchun to`lov sifatida keltirib o`tgan Toms Gobbsga qarzdordir. Haqidatdan ham Gobbs o`z asarlarida “ijtimoiy shartnoma” g`oyasini ham birmuncha shakllantirgan. Holbuki, davlat organlari kerakligicha samarali ishlamasligi va soliqlar onsongina insonlar mol mulkini ularning roziligisiz tortib olishga majbur qiluvchi kuchga aylanishi mumkin. Bunday ma`lum muammolardan qochish uchun, soliqlarning doirasi cheklanishi kerak. Soliq bu shaxs bilan davlat o`rtasidagibitimdir. U davlatni o`z funksiyalarini amalga oshirishida resurslar bilan ta`minlashi kerak, lekin majburiy holda emas. Fuqarolarning katta qismi uning joriy qilinishiga rozi bo`lishlari shart.
Loke ning garchi “kimki davlat himoyasidan foydalansa o`z mol-mulkidan ma`lum qismini ushbu himoya uchun to`lab berishi kerak” degan fikri, progressiv yoki proporsional soliqlarning bir turi yoki hozirda “benefit principle” sifatida keltiriladigan, soliq davlatdan olinadigan manfaatga bog`liq holda to`lanishini anglatuvchi g`oya sifatida tushunilishi mumkin bo`lsa ham u soliqlarning boshqa turlari, ularning tabiati, miqdori, yig`ilishi to`g`risida hech nima aytmagan. Amaliyotda hattoki soliq to`lovchilar va ularning holati haqida juda ko`p ma`lumot mavjud bo`lgan hozirgi zamonda soliqlarni bu g`oyaga asosan undirish deyarli imkonsiz. Shuningdek, “mol-mulk” so`zi tushunishga oson bo`lsa ham, bu insonlar ega bo`lgan barcha narsalarmi yoki yermi degan savollarni ko`taradi. Shuning uchun hamma soliq to`lashi kerakmi yoki yer egalarimi degan muammo yuzaga keladi. Bu savollar javobsizligicha qolmoqda.
Samuel Johnson (1709-84). Doktor Johnson soliq nazariyachisi sifatida emas balki u tuzgan izchil “Lug`at” tufayli ko`proq eslanadi. Lekin 1770-yillarda soliqlarga bevosita aloqador bo`lgan, Amerikaning soliqqa tortish muammolari, Amerika mustaqillik urushi markazidagi masalalar bilan shug`ullanadigan “The Patriot” (1774) va “Taxation No Tyronny”(1775) asarlarini yozadi. Johnson Angliyaning Amerika koloniyalarini soliqqa tortish huquqini himoya qiladi va Amerikani “Angliya himoyasida saqlanuvchi... Angliya nizomi bo`yicha tuzilgan... Angliya armiyasi tomonidan mudofaa qilinuvchi” deb ta`riflaydi va “Ular bizning davlat himoyasi ostida rivojlanmoqda, shuning evaziga nimadur berishlari kerak” degan fikrni ilgari suradi. Agar Amerikaliklar ingliz qonunlarini qabul qilishsa ular uni to`laligicha qabul qilishlari kerak edi, jumladan soliqqa aloqador bo`lganlarini ham. Ular o`zlari yoqtirgan elementlarni olib tashlay olmasdilar. Qonun ko`pchilikning xohishi bilan yo`lga qo`yilgandan keyin kolonistlar Inglizlarga o`z huquqlarini topshirishga majbur bo`ldilar.
Devid Yum (1711-76). Yum Lokkning ijtimoiy shartnoma nazariyasi tushunchasini yo'q qilishi bilan keng tanilgan. Uning Original Shartnoma ishida, u hukumatlar qanday bir turdagi shartnoma tomonidan emas, balki zo'ravonlik yo'li bilan tashkil etiladi, deb bahs yuritadi. Agar hech qanday ijtimoiy shartnoma bo’lmasa, hokimiyat qanday qonuniy asosda soliqqa tortishi mumkin? Bu savolga Yum aniq javob bermagan bo’lsada, uning bir necha asarlarida bu haqida ma’lumotlar bor.2 Hukumat shartnomalarni himoya qiladi va shartnomalarni barchaning manfaati uchun yaratishga majbur qiladi. Qoidalar va majburiyatlar tinch jamiyatni yaratish hamda milliy va xalqaro sadoqatni boshqarish uchun yaratiladi. Soliq to'lash inson hohlagan jamiyatni qo'llab-quvvatlash bilan bog’liq fuqarolik burchidir, deya xulosa qilish mumkin. Ammo, Yumning boshqa ishlaridan shunday xulosa chiqarish mumkinki, “Inson aqli haqida so’rov” asarida (u taklif qiladi), inson harakatlariga faqat birlamchi prinsplar, inson o’zini qanday tutishi kerakligi har doim ham asos bo’la olmaydi. Demak, soliqda buni qo’llasak, inson uni qabul qilishi kerak, chunki soliq odatiy shakllangan: inson u nima uchun paydo bo’lgani haqida o’ylashi nojoiz. Inson narsalarni boricha qabul qilishi, bor narsadan foydalanishi, garchi u narsa o’zgartirilishi mumkin bo’lsada, u bilan shug’ullanishi kerak. Yum o’zining original shartnoma inshosida buni yanada oydinlashtiradi: Yangi hukumat tashkil etilgan paytda, qanday vositalar orqali tashkil etilgan bo’lmasin, odamlar asosan undan norozi bo'lgan, ular hukumatga sodiqlik yoki ahloq qoidalaridan ko’ra ko’proq zaruriyat va qo’rquvi uchun bo’ysunadi... Vaqt, darajalar bu barcha qiyinchiliklarni bartaraf etadi va millatni ular bosqinchi yoki mustabid deb o’ylagan qonuniy shahzodalari, uning oilasiga yaxshi munosabat bildirishga o’rgatadi.
Yumning “Soliq” deb nom olgan inshosida soliq bo’yicha qarashlar tushuntirib ketilgan. U soliq nazariyasiga yo’naltirmaydi, balki ishchilar qanday qilib ish kuchini oshirganda soliq yuki oshishiga ko’nishi, ish haqini katta darajada oshmasligi haqida munozara qiladi. Ishchi tirishqoqlik bilan ishlasa, albatta ko’proq pul topadi. U iqlimi keskin bo’lgan mamlakatlardagi ishchilarning tabiiy noqulayliklarni yengib o’tish uchun qattiqroq ishlari kabi vaziyatlarni ko’rib, solishtiradi. U soliqqa tortishning eng yaxshi yo’li muhtoj odamlarni emas, balki boy insonlarni soliqqa tortish kerak deb bahs yuritadi. Uning “Fuqarolar ozodligi” (1741) nomli inshosida ozod bo’lgan hokimiyatlar ortiqcha qarz va soliqlar tufayli yo’qolib ketish tendensiyasiga ega deb hisoblaydi.
Adam Smith (1723-90). Adam Smit Shotlandiya ma’rifatparvarchiligining yetakchi figuralaridan biri edi, u Devid Yumni va boshqa zamonasining mutafakkirlarini yaxshi tanigan, jumladan: Fransuz dramaturgi va siyosiy faol Voltr; Amerikalik siyosatchi Benjamin Franklinlarni ham. 1776 yilda u “Millatlar boyligi sabablari va tabiatiga kirish” nomli ishini tugatdi va chop etdi. O’ziga xos nazariyasi bilan birga buyuk mazmunga ega, soliqlar va soliqqa tortish qoidalariga batafsil sharga ega bo’lgan 5-kitobi; qaysiki hozirgi kungacha soliqqa torlishning muhim asosi bo’lib hisoblanadi, garchi amaliyotda saqlanib qolgan bo’lsada, uning konsepsiyalari darz ketganligini ko’rishimiz mumkin.
Birinchi qoida Gobbes va Lokki hisoblanadi (himoyani saqlashga o’z hissasini qo’shmoqchi bo’lgan har bir odam o’z mulkidan bir qismini uni saqlab qolish uchun berishi kerak) (teparoqqa qarang) daromadning bir qismini ma’lum bir proporsiyada soliq tarzida to’lash nazarda tutilmoqda. Ammo Smit chuqurroq kirib boradi: u Lokkining 2 potensial kurashuvchi yondashuvlarini birlashtiradi; ular: foyda yondashuvi va “to’lov qobiliyati” yondashuvi. Lokki inson himoyaga o’z hissasini qo’shishi uchun o’z ulushini to’lashi kerak deydi. Bu Smitning bayonotidagidek talqin qilinishi mumkin. Boshqacha xulosa qilib aytganda, daromaddan to’lanadigan ulushi to’lovga qobiliyatidanboshqa bir asosga ega bo’lishi kerak. Garchi Smit Yumning yondashuvchisi bo’lgan bo’lsada, qoidalarni o’rnatish tili ijtimoiy shartnoma nazariyasi asarlarini ko’rsatadi, lekin bu bir tomonlama fikr hisoblanadi, u tufayli xarajatlar ko’payib, tan olinmay qolishi mumkin deb ehtiyotkorlik bilan tanlangan. Smit ham progressiv soliqqa tortishga qaror qilganiga ishora bor: Boylar jamoaviy harajatlar yoki daromadlarga o’zining hissasini qo’shishi bejiz emas. Smitning holislik nazariyasida insonlarning imkoniyatiyoki qobiliyatiga qarab soliqqa tortilishi kerak deb hisoblanadi. 1-bobda ko’rib chiqqanimizdek, adolat vertikal yoki gorizontal ko’rinishda bo’lishi mumkin dedik, adolat amaliyotda to’lov qobiliyati bilan qanday o’lchanishi lozimligi qiyin masala hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |