Kirish bob. Soliqlarning makroiqtisodiy mohiyati va roli


MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN SOLIQ ISLOHOTLARI



Download 0,6 Mb.
bet8/8
Sana18.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#822273
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Rajabov Hayotbek

2.2. MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYOTGAN SOLIQ ISLOHOTLARI.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qatori soliq sohasida ham rivojlanishning asosiy maqsadlari belgilab olindi
Oʼzbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yoʼnalishlarini va 2017 — 2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida14 belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori.15
Аsosiy maqsad:
• davlat soliq xizmati organlarini soliq toʼlovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatidagi yangi imidjini yaratish orqali xizmat koʼrsatishga yoʼnaltirilgan idoraga aylantirish, har bir xodim tomonidan «Soliq xizmati — insofli soliq toʼlovchilarning ishonchli hamkori» degan maqsadli vazifani soʼzsiz bajarish;
• eksterritoriallik printsipi asosida soliq toʼlovchilar oʼz soliq majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishi, biznesni qonuniy, shaffof va qulay yuritish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratish, soliq toʼlovchilarning qoniqish darajasining oshishini taʼminlash;
• uchinchidan, soliq maʼmuriyatchiligi va nazoratining mutlaqo yangi tizimini yaratish, shuningdek, korrupsiyaviy omillarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha preventiv va oldini olish choralarini qoʼllash. (manbaa: https://soliq.uz/page/hukumat-dasturlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2020-yil 8-yanvar kuni Davlat byudjeti parametrlarini ijro etish va hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha joriy yilgi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda sinalgan amaliyot asosida mamlakatimizda milliy soliq tizimi yaratildi. Soliqlar soni va stavkalari optimallashtirildi. Qoʻshilgan qiymat soligʻining stavkasi 20 foizdan 15 foizgacha pasaytirildi. Buning natijasida oʻtgan yili tadbirkorlar ixtiyorida jami 2 trillion soʻm mablagʻ qoldi.
2020-yil 1-yanvardan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amaliyotga tatbiq etildi. Bu islohotlardan asosiy maqsad – joriy va kelgusi yillarda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashdir.
Yigʻilishda buning uchun tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash va bu orqali byudjet tushumlarini muntazam oshirib borish zarurligi taʼkidlandi.
– Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish, odamlarni ishbilarmon qilish! Har bir hokim byudjetga qoʻshimcha daromadlarni taʼminlashi uchun oʻzi izlanishi, tadbirkorga sharoit yaratib, biznes vakillari bilan yelkama-yelka ishlashi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Joylardagi rahbarlarning eskicha ish uslubi, energiya resurslari isteʼmoli va toʻlovi boʻyicha hisob-kitob yuritishi, tadbirkorlarni qiynayotgan masalalarga yondashuvi tanqid qilindi. Oʻtgan yili Mirzo Ulugʻbek, Gʻuzor va Muborak tumanlarida faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar soni oshgani koʻrsatib oʻtildi.
– Bitta tadbirkor oʻz faoliyatini toʻxtatsa ham, bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak, – deya taʼkidladi Prezident. – Iqtisodiy barqarorlik asosi raqobatbardosh tadbirkorlarni koʻpaytirishdir.
Yigʻilishda joriy yil birinchi chorakda byudjetga soliq tushumlarini taʼminlash uchun hokimlar boshchiligida, ularning iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, moliya va soliq idoralari tomonidan amalga oshiriladigan vazifalar belgilab berildi.
Avvalo, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish hamda faoliyatini toʻxtatgan korxonalarni tiklashga koʻmaklashish kerakligi taʼkidlandi. Buning uchun elektr, gaz, yoʻl, suv bilan bogʻliq infratuzilmani yaxshilash, yangilarini barpo etish zarur. Shu bois hokimiyatlar tomonidan oshirib bajarilgan daromadlar, birinchi navbatda, hududlarda mavjud infratuzilmani yaxshilashga yoʻnaltirilishi belgilandi.
Shuningdek, tayyor infratuzilmasi bor kichik sanoat zonalarining 263 gektar maydoni va 50 mingdan ziyod obyektlaridan samarali foydalanilsa, koʻplab yangi quvvatlar tashkil etish mumkin. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga viloyat hokimliklari bilan birgalikda shu borada manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Davlatimiz rahbari har bir tuman kesimida resurs soligʻi toʻlovchilarni hamda ularning obyektlarini hisobga olish, ish oʻrinlari va tadbirkorlar faoliyatini legallashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berdi.
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli uchun qarzdorlikni qisqartirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa joylarda debitor qarzdorlik koʻpaygani, avtomobillarga gaz quyish shohobchalarida katta miqdorda talon-torojliklar aniqlanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Bu energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy ahvoliga salbiy taʼsir etishi bilan birga hududlardagi tadbirkorlarning elektr va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga sabab boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday holatlarga chek qoʻyib, elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorlikni qisqartirish, aholi va tadbirkorlarni ushbu manbalar bilan uzluksiz taʼminlash zarurligini taʼkidladi.
Maʼlumki, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “Oʻzbekneftgaz”, “Oʻztransgaz”, “Oʻzqurilishmaterillari”, “Oʻzkimyosanoat” kabi yirik korxona va tashkilotlar byudjet koʻrsatkichlariga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Endilikda ulardan tushumlar yaqinda tuzilgan Yirik soliq toʻlovchilar bilan ishlash inspeksiyasi tomonidan mustaqil yigʻiladi.
Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilariga oʻz komplekslari tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini har oyda muhokama qilib borish boʻyicha koʻrsatma berildi.
Byudjetga tushumlarni oshirishda yana bir muhim yoʻnalish – davlat aktivlari. Oʻtgan yili davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan byudjetga jami 1,6 trillion soʻm dividend toʻlangan, xolos.
Shu bois mutasaddilarga davlat mulki obyektlarini, jumladan, yogʻ-moy va alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni xususiylashtirish, yirik soliq toʻlovchi subyektlar boʻyicha dividend toʻlash miqdori va davriyligini belgilash vazifasi yuklatildi.
Yigʻilishda berilgan topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish uchun viloyat hokimlarining iqtisodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari moliya, soliq, bojxona, bank va iqtisodiy kompleks tarkibidagi boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlarga munosib sharoit yaratish va byudjet daromadlarini oshirish boʻyicha doimiy ishlashi zarurligi qayd etildi.
Videoselektorda yana bir muhim masala – yangi Soliq kodeksini hayotga toʻliq tatbiq etish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.
Maʼlumki, oʻtgan yili soliq tizimidagi oʻzgarishlarning mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlarga chuqur tushuntirish boʻyicha Ishchi guruh tuzilgan edi. Uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada manzilli ishlar olib borildi.
Joriy yil 1-yanvardan mamlakatimiz soliq tizimida 120 dan ortiq yangi qoidalar amaliyotga kiritildi. Bu qoidalar toʻgʻri qoʻllanishi, aholining huquq va manfaatlari taʼminlanishi uchun oʻzgarishlardan barcha xabardor boʻlishi kerak.
Shu bois viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchiligida iqtisodiy kompleks idoralari xodimlari va tadbirkorlarni oʻqitishni tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.
Kodeksning mazmun-mohiyatini anglagan holdagina uning sifatli ijrosini taʼminlashga imkon boʻladi. Undan tashqari, hujjatda koʻzda tutilgan qoidalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida barcha tumanlarda davra suhbatlari, seminarlar va boshqa targʻibot tadbirlarini oʻtkazish muhimligi qayd etildi. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot boʻyicha media reja ishlab chiqib, birinchi chorak davomida barchaga yetkazish yuzasidan koʻrsatmalar berildi.
Yangi kodeksda soliq organlariga ham koʻplab vazifalar yuklatilgan. Ularni sifatli amalga oshirish uchun soliq xodimlari bilim va saviyasini keskin oshirishi, tadbirkorlarga munosabatini tubdan oʻzgartirishi zarurligi taʼkidlandi.
Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va Biznes-ombudsmanga xalqaro tajriba asosida, tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda soliq tekshiruvlari oʻtkazish tartibini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilishda qurilishni moliyalashtirish masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi. Moliyalashtirish manbasi aniq boʻlmagan obyektlarda qurilishni boshlash va loyiha-smeta hujjatlarisiz qurilishni moliyalashtirish taqiqlanishi qayd etildi.
– Bugungi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish iqtisodiy kompleksdan katta masʼuliyat talab etadi. Shu bois bu yil hukumat va hududlar uchun “iqtisodiy kompleksni safarbar qilish yili” boʻladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Videoselektorda soha va tarmoqlar rahbarlari, hokimlar belgilangan prognoz rejalarni bajarish, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobot berdi. ( manbaa: https://stat.uz/uz/press-sluzhba/novosti-uzbekistana/8228-shavkat-mirziyoyev-yagona-yo-limiz-tadbirkorlar-sonini-ko-paytirish-odamlarni-ishbilarmon-qilish)

XULOSA
Ushbu kurs ishimizda mamlakatimizda soliqlar haqidagi turli xil qarashlar, ularning makroiqtisodiy mohiyati, funksiyalari va tamoyillarini tahlil qilishga harakat qildik va quyidagi xulosalarni chiqardik:
Soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa to‘lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo‘nalishlarini mablag‘ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog‘liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.
Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslardan iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat, mintaqaviy vazifalarni hal qilish, ishning samaradorligi va sifatini rag‘batlantirish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat qiladi.
Soliqlarning umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linishi hukumat idoralarining respublika hukumati va mahalliy hukumatlarga bo’linishi asosida kelib chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari o’zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan kelib chiqib, o’z byudjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to’lovlarga ega bo’lishi kerak.
Davlat budjetiga tushgan soliq va to‘lovlarni tushumini tahlil qilish natijasida soliq tizimini rivojlantirish samaradorligi, korxonalarni ishlab chiqarish sharoitlarni, tovarlar va xizmatlarning sotilishini izga solish faktorlari o‘rganib chiqiladi va ishlab-chiqarish uchun «soliq iqlimi» yaratiladi. Tahlil asosida soliqlarning ishlab-chiqarishni o‘sish sur’atlarini o‘sishi yoki pasayishi, mablag‘ to‘planishini tezlatilishi yoki sekinlashtirilishi, aholining to‘lov qobiliyati kengayishi yoki kamayishi bo‘lgan tasiri o‘rganib chiqiladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilar bekor qilinmoqda:

  • “Sog‘lom turmush tarzi” platformasi doirasida alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun belgilangan yig‘im;

  • avtotransport vositalarini sotib olganlik va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig‘im.

Umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig‘imlar bo‘yicha 2021-yil 15-avgust holatiga ko‘ra mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo‘yicha jarima va penyalarni 2022-yil 1-yanvardan 1-iyulga qadar foizlarni undirmasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berilmoqda.
2022-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlik subyektlariga (bundan davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan korxonalar, yer qa’ridan foydalanuvchilar va aksiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar mustasno) umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda qo‘lga kiritganda mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan soliqlarni to‘lashni olti oy muddatga kechiktirish huquqi berilmoqda.
Kechiktirilgan soliqlar summasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yer uchastkalari, bino va inshootlar qiymatidan va (yoki) maydonidan kelib chiqib hisoblangan soliqlar miqdorida belgilanadi.
2022 -yil 1-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2863-son qarori bilan berilgan soliq imtiyozlari muddati tugamoqda.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchilarning mazkur toifasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq imtiyozlarni qo‘llashga haqli bo‘ladilar:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:

  • tibbiyot xizmatlarini (bundan kosmetologik xizmatlar mustasno) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani ozod qilish (243-modda);

  • dori vositalari, tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlar, shuningdek, dori vositalarini, tibbiyot mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun qonunchilikda belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kiriladigan xomashyoni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda ozod qilish (246-modda);

  • o‘xshashi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalarni olib kirishni ozod qilish (246-modda va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori);

  • foyda solig‘i bo‘yicha – nol darajali stavka belgilangan (kosmetologik xizmatlar tibbiyot muassasalaridan tashqari) (337-modda); mol-mulk solig‘i – sog‘liqni saqlash obyektlari ozod qilinishi (414-modda);

  • yer solig‘i bo‘yicha – sog‘liqni saqlash obyektlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalari ozod qilinishi (428-modda).

Shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi o‘zgarishlar ham nazarda tutilgan. Xususan, soliq organlariga o‘z vaqtida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi uchun moliyaviy sanksiyalar bekor qilinmoqda.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi qismi soliq va bojxona tushumlari hisobiga shakllanadi, xususan soliqlar ulushi 77 foizni (72,8trln so`m), bojxona tushumlari ulushi 17,2 foizni (16,2 trln so`m) va boshqa tushumlar ulushi 5.8 foizni (5,5 trln so`mni) tashkil etdi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi quyidagi soliqlar hisobiga shakllandi: QQS — 22,3 trln. so‘m (jami daromadlarning 23,6%), foyda solig‘i — 19,4 trln. so‘m (20,6%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i -11,0 trln. so‘m (11,6%), yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq — 12,0 trln. so‘m (12,7%) va aksiz solig‘i — 8,6 trln. so‘m (9,1%)
Yanvar-sentyabr oylari yakuniga Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ma’muriylashtiriladigan soliqqa oid bo‘lmagan to‘lovlar 4,4 trln so‘mni tashkil etdi, xususan davlat boji 0,8 trln so‘m, jarimalar  0,5 trln so‘mni, yig‘imlar 0,8 trln so‘mni, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foydaga qolgan mahsulotdagi davlat ulushi 0,3 trln so‘mni, davlat ulushi bo‘yicha dividendlar va davlat unitar korxonalarining sof foydasidan to‘lovlar 1,5 trln so‘mni, boshqa tushumlar (davlat mulkini ijaraga berish va boshqalar) 0,5 trln so‘mni tashkil etdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:


1) O’zbekiston Respublikasi Qonunlari. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari
2) Darslik va o’quv adabiyotlari:
2.1. Алиев Б.Х. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “Финансы и статистика”, 2008
2.2. Alimardonov M., Kuziyeva N. “Soliqlar va soliqqa tortish” o’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent “Iqtisod-Moliya” 2007-yil 8-bet
2.3. Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya Darslik. –T.: “Noshir”, 2011
2.4. Vahobov A. Jo’raev A. Soliqlar va soliqqa tortish. Toshkent.”Sharq”, 2009. – 447b
2.5. Дмитриева Н.Г., Дмитриев Д.Б. Налоги и налогообложение. /Феникс, 2004 г.
2.6. Естигнеев Е.Н. Налоги и налогообложение. / СПб.: Питер, 2004 г.
2.7. Jo’raev A.S. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishning samarali yo’llari. / Monografiya. “Fan” nashriyoti. 2004 y.
2.8. Jo’raev A., Meyliev O., Safarov G’. Soliq nazariyasi -T.: TMI, 2004. - 210 b.
2.9. Jo’raev T. Soliq siyosatini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari va tamoyillari. //Soliqlar va bojxona xabarlari. – 2002 .– № 48.
2.10. Jo’raev A.S., Toshmatov Sh.A., Abduraxmanov O.Q. Soliqlar va soliqqa tortish: O’quv qo’llanma. –T.: NORMA, 2009
2.11. Завалишина И.А. Солиқлар: назария ва амалиёт. / “Иқтисодиёт ва ҳуқуқ дунёси” нашриёт уйи, 2005. -544 б.
2.12. Zaynalov J.R. Soliqlar va soliqqa tortish. –S.: Samarqand kooperativ instituti, 2002. – 366 b.
3) Internet manbaalari:
https://lex.uz/
https://stat.uz/uz
https://soliq.uz/
http://uza.uz/oz/



1 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

2 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

3 Manbaa: https://ourworldindata.org/

4 Рикардо Д. Сочинения т. Начало политической экономики и налогового облежения. Пер. с англ. - М.: "Госполитиздат", с. 360



5 Пепелев С. Г. Основы налогового права. М.: 1995, 24 с.

6 Черник Д. Г. Налоги в рыночной экономике. "Финансы", 1992, No3, с. 19



7 https://ourworldindata.org/

8 Gataulin Sh. Soliqlar va soliqqa tortish. O.: 1996. 18-bet.

9 O‘lmasov А., Sharifxo‘jayev М. Iqtisodiyot nazariyasi. O.: ≪Iahnat≫, 1995-y.
377-bet.

10 Olimjonov О. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida soliq siyosati. ≪Hayot va iqtisod
≫, 1992.

11 Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T-2003 y.

12 Малмигин И. Налоги как элементы финанса. М.: перевод с англ. 1997 г. стр. 69

13 Yahyoev Q. «Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti». T. «G’afur G’ulom» 2003y

14 http://lex.uz/docs/3107036#3109147

15 https://lex.uz/docs/4674011


Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish