Y= f( L,K), funktsiyaning kengaytirilgan ko’rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K Modelda yalpi talab investitsion va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
Y = C + I Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari xam iste’mol va investitsiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
R.Solou bitta ishchiga to’gri keladigan maxsulot ishlab chiqarish xajmi kapital bilan qurollanish darajasining funktsiyasi deb qaraydi. Kapital bilan qurollanganlik darajasining o’sishi esa jamg’arish normasiga bog’lik. Jamg’arish normasining o’sishi, kapital bilan qurollanganlik darajasining oshishiga va ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.
Ammo kapital jamg’arish normasi yuqori bo’lmasa kapitalning chiqib ketishi, axoli sonining o’sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o’zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
R.Soluning fikriga ko’ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mexnat va milliy daromad darajasi bir xil, axoli soni o’sishiga teng sur’atda o’sib boradi. Axoli sonining tez o’sishi iqtisodiyotning o’sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat xolatida axoli jon boshiga maxsulot ishlab chiqarish kamayadi. O’z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi axoli jon boshiga to’gri keladigan daromad mikdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko’tarilishiga olib keladi, lekin barqaror xolatdagi o’sish sur’atiga ta’sir ko’rsatmaydi. Shu sababli barqaror xolatdagi iqtisodiy o’sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o’sish sur’ati xisoblanadi.
Model asosida jamg’arishning ”oltin qoidasi” yotadi. E.Felpsning “oltin qoidasi” moxiyati shundaki jamg’arishning shunday optimal normasi mavjudki u iste’molning maksimal darajasida muvozanatli iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. R.Solou modeli iqtisodiy o’sishning uch manbai- investitsiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyotning o’zaro aloqadorliklarini ochib berish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o’sishga jamg’arish normasi xamda texnik taraqqiyotning tezligiga ta’sir etish bilan jadallashtirishi mumkin.
Xozirgi zamon iqtisodiyotini taxlil qilishda yangi paydo bo’lgan iqtisodiy o’sish modellaridan kam foydalanilmoqda. Jumladan, J. Mid va A. L’yuis modellari iqtisodiy o’sish masalasini o’ziga xos tarzda tushuntiradilar. Bu modellarning amaliy axamiyati ayrim mamlakatning rivojlanish darajasi va iqtisodiyotining tuzilishidan kelib chiqadi.
Xulosa Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki iqtisodiy o’sish to’liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish potentsial YAIM xajmining uzoq muddatli ko’payishi tendentsiyasini anglatadi. U o’sish ishlab chiqarish natijalari va omillarida ro’y beradigan miqdor va sifat o’zgarishlarini xarakterlaydi.
Iqtisodiy o’sish real YAIM ning, yoki axoli jon boshiga to’gri keladigan real YAIM ni o’sish sur’ati bilan o’lchanadi.
Iqtisodiy o’sish taklif, talab va taqsimot omillari bilan belgilanadi.
Iqtisodiy o’sishni belgilovchi talab omillariga tabiiy resurslar soni va sifati, mexnat resurslari soni va sifati, kapital, texnologiya va boshqalar kiradi.
Bulardan foydalanish usuliga ko’ra iqtisodiy o’sish ekstensiv va intensiv turlarga bo’linadi. Ishlab chiqarish resurslar miqdorini o’zgartirmagan xolda o’ssa, intensiv omillar xisobiga amalga oshgan xisoblanadi.
Iqtisodiy o’sish modellari deganda iqtisodiy o’sishni taxlil qilishda foydalaniladigan, ularning manbalarini aniqlash va qonuniyatlarini ochib berishga xizmat qiluvchi modellar tushuniladi.
Keynschilar ( Xarrod, Domar) modellarida iqtisodiy o’sishning asosiy omil investitsiyalar deb qaraladi. Jamg’arish normasini ko’tarish orqali investitsiyalarni ko’paytirish va ularning samaradorligini oshirish iqtisodiy o’sish shartlari deb qaraladi.
Klassik modellarda iqtisodiy o’sish ishlab chiqarishning barcha omillariga bog’lik, mexnat va kapital o’zaro almashiniladi deb qaraladi. Shunga ko’ra kapitalning ma’lum darajasida mexnatning kapital bilan qurollanganlik darajasi, o’z navbatida ishlab chiqarish xajmi xam turlicha bo’ladi.