DYs= DK α ,
DK investitsiyalar xisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. ,
bunda,α – kapital quyilmalar( investitsiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so’mga oshirish uchun 4 mlrd so’m investitsiya talab etilsa α =0,25 bo’ladi.
α=DYs / I bir so’mlik investitsiya xisobiga yaratilgan yangi maxsulot miqdorini ko’rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) ,
bu yerda 1/ μ – xarajatlar mul’tiplikatori, μ–jamgarishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qo’shimcha investitsiyalarning mul’tiplikativ ko’payishiga teng mikdorda o’sishini ko’rsatadi.
Ishlab chikarish to’plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa ko’shimcha investitsiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko’payishi sababli taklif tenglamasida jami investitsiyalar, talab tenglamasida esa qo’shimcha investitsiyalargina ko’rib chiqiladi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo’shimcha o’sish sur’atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani yechib quyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investitsiyalarning yillik o’sish sur’ati bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to’liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investitsiyalarning mutanosib o’sish sur’ati jamg’arishga chegaralangan moyillik va investitsiyalarning unumdorligi ( kapital kaytimi) darajalarining xosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo’lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestitsiyalarning o’sish sur’ati 8% bo’lishi talab etiladi.
E. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun investitsiyalar xajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi xamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur..
Agar E. Domar o’z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor deb olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator printsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funktsiyasi xam kiritildi. Akselerator printsipiga ko’ra nafaqat investitsiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o’sgan xajmi xam investitsiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi:
1) kafolatlangano’sish sur’ati tenglamasi;
2) xaqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi;
3) tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi.
R Xarrod modelida xaqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |