Kirish bob. Iqtisodiy o’sish va uni tavsiflovchi mezonlar


Ushbu kurs ishning ob'ekti



Download 0,98 Mb.
bet2/11
Sana26.04.2022
Hajmi0,98 Mb.
#583124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Farangiz kurs ishi 2022 oxiri tugadi

Ushbu kurs ishning ob'ekti: iqtisodiy o'sish nazariyasidir.
Ushbu kurs ishining maqsadi: iqtisodiy o'sishning asosiy nazariyalarini ko'rib chiqishdir.
Kurs ishining vazifalari:
Iqtisodiy o'sishning mazmunini ko'rib chiqing;
Iqtisodiy o'sishning asosiy nazariyalarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlang;
Iqtisodiy o'sish nazariyalarini qiyosiy tahlil qilish.


I. BOB. Iqtisodiy o’sish va uni tavsiflovchi mezonlar.

    1. Iqtisodiy o’sish, uning mohiyati va turlari.

Milliy extiyojlar uzluksiz qondirilishi uchun iqtisodiyot doimo o‘sib borilishi talab etiladi. Chunki faqat shu yo‘l bilangina kishilar iste‘moliga zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar ko‘plab va xilma –xil yaratiladi.
Iqtisodiy o‘sish- bu iqtisodiyotning rivojlanishi, ya‘ni xayotiy ne‘matlar bo‘lgan tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishining ko‘payib borishidir. Iqtisodiy o‘sishni ragbatlantirish, iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari va ishlab chiqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllari va usullari xaqidagi masalalar xozirgi zamon iqtisodiyot fanining o‘ta bahstalab muammolaridan biri xisoblanadi. Ayniqsa, bu muammolar rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu soxada fikrlar doirasi juda keng bo‘lib, davlat aralashuvini cheklashdan tortib (Polsha va Sharqiy Yevropa mamlakatlari tajribalariga suyanadiganlar), to bozor ―tanazzulini‖ bartaraf etishda, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va xorijiy mamlakatlar o‘rtasidagi tafovutni qisqartirishda davlatning o‘rni beqiyos ekanligini (Хitoy, Chili va Sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribasiga urgu beradiganlar) ta‘kidlovchilar ham bor.

Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning rivojlanishi bo‘lar ekan, bunga ta‘sir etuvchi kuchlar ishlab chiqarish omillaridan boshqa narsa bo‘lishi mumkin emas. Shu sababli bu resurslarning miqdori, sifati va ularning naqadar samarali ishlatilishi bogliq bo‘ladi, chunki resurslar ishlab chiqarish omillariga aylanadi. Resurslar ko‘payganda tovarlar va xizmatlar oldingidan ko‘proq yaratiladi.
Biroq, resurslar cheklanganligidan, ularni to‘xtovsiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Shu sababli resurslardan tejamli foydalanib iqtisodiyotni o‘stirish zaruratga aylanadi.1
Iqtisodiy o‘sish yuz berishi uchun bozor talabiga muvofiq tovar va xizmatlarni yaratish kerak bo‘ladi. Biz bilamizki, iqtisodiy o‘sish Yaim ko‘payishini anglatadi . Yaim esa tovar va xizmatlarning bozordagi qiymati, agar ular sotilmasa b ozor qiymati yuzaga kelmaydi. Shu sababli bozorbop tovar va xizmatlarni yaratish iqtisodiy o‘sishni ta‘minlaydi. Resurslar kamyob bo‘lganidan, ulardan samarali foydalanish iqtisodiy o‘sishning asosiy shartiga aylanadi.
Iqtisodiy o‘sishni o‘sish sur‘atiga(dinamikasiga) qarab milliy iqtisodiyotni darajasi xamda resurslarni chegaralanganlik muammolari taxlil etiladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bu tushunchaga alohida talqin berilmagan.
Ba‘zi iqtisodchilar (Makkonnell, Bryu) iqtisodiy o‘sishni 2 xil usul bilan hisoblash mumkin, ya‘ni:

  1. Yalpi milliy mahsulotni umumiy o‘sishini hisoblash orqali(yoki sof milliy mahsulotni);

  2. Yuqorida hisoblangan ko‘rsatkichlarni aholi jon boshiga taqsimlash orqali hisoblanadi deydilar.

Boshqa iqtisodchilar esa, iqtisodiy o‘sish bu- ishlab chiqarish omillari va mahsulotni miqdoriy o‘sishgina emas balki sifat jihatini ham o‘z ichiga oladi- deydilar. Iqtisodiy o‘sishni 3 xil ko‘rinishi farqlanadi: ekstensiv, intensiv va aralash(haqiqiy).
1. Ekstensiv o‘sish- bu milliy mahsulotni qo‘shimcha ishlab chiqarish omillarni ta‘sir ettirish yordamida o‘stirishdir.
2. Intensiv o‘sish- bu milliy mahsulotni texnika, texnologiyalarni takomillashtirish natijasida o‘sishini ta‘minlashdir. Хaqiqiy hayotda u yoki bu tipdagi o‘sishlar alohida holda bo‘lmay, balki bir biriga chambarchas boglanganlar.
3. Aralash (haqiqiy) o‘sish - bu ishlab chiqarish quvvatlarini foydalanilayotgan ishlab chiqarish omillarini miqdory hajmini o‘sishi hamda texnika, texnologiyalarni takomillashtirish natijasidagi o‘sishidir.
Iqtisodiy o‘sish- bu iqtisodiy rivojlanishi tashkil etuvchisidir. U Yammni miqdoriy tomonidan o‘sishidir.
Yuqoridagilardan qaysi ko‘rsatkich zarurligi to‘grisida fikrlar yuradi. Mumkin bo‘lgan variantlar:

  1. yuqori o‘sish sur‘ati;

  2. nol xolidagi o‘sish;

  3. manfiy o‘sish sur‘ati;

  4. optimal o‘sish sur‘ati.

Bu ko‘rsatkichlarni ko‘rib chiqamiz. Birinchi qarashda, yuqori o‘sish sur‘ati asosiyroqdek ko‘rinadi. Bu holda birinchidan mahsulotni sifatini hisobga olish zarur. Ikkinchidan mahsulotni qo‘shimcha o‘sishida uni tuzilishini hisobga olish zarur. Iqtisodiy o‘sishda nolli o‘sish sur‘ati material ta‘minotini kamaytirsa, bu bilan ishlab chiqarish omillariga sarf harajatni kamaytirsa, bu yomon emas. Manfiy o‘sish- bu milliy iqtisodiyotdagi krizisdan darak beradi. Optimal o‘sishjuda yuqori ham emas, juda past ham emas, balki makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi.2






    1. Download 0,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish