CRT-simmetriya. C-,P-,T- operasiyalaridan tashqari ularning qiymatlaridan tashkil topgan yana to`rtta ko`zgu aksi operasiyalari: CP-,CT-,PT-,CRT- operasiyalari mavjud.
S.D.Li va CH.N.Yang ning mashhur nazariy ishlari bu yeti ko`zgu bilan bog`liq tabiat simmetriyalarini o`rganishning ahamiyatli ekanligini ko`rsatdi. Ular 1956 yili birinchi marta, kuchsiz o`zoro tasirda p-juftlikning saqlanmasligini tahmin qilib, K-mezonning parchalanishidagi mavjud paradoksni yechish mumkinligini isbotladilar va o`zlarining taxminlarini tekshirib ko`rish uchun qator eksperementlar o`tkazishni taklif qildilar. Bu xususda S. vu tomonidan o`tkazilgan eksperementlarning natijalari kuchsiz o`zaro tasirda p-juftlikning saqlanmasligi tasdiqladi. Mazkur tajriba tabiat chap va o`ngni ajrata olishini, yani p- ko`zguga ega emasligini ko`rsatadi. Shunday qilib, tabiat haqidagi tushinchalarimizda revalyusion o`zgarish yuz berdi.
Keyinchalik aniqlanadiki, P-juftlikning buzuliishi har doim zaryad juftligining buzilishi bilan birga yuz berar ekan. Buning natijasida tabiatda CP- ko`zgu bilan bog`liq simmetriya bajarilishi faraz qilindi. Masalan neytrinoning harakat yo`nalishi parallel joylashgan ko`zguda neytrinoning aylanishi teskarisiga, o`zgaradi va u ko`zguda antineytrionga o`tadi. Ushbu operasiya CP- operasiyasi deyiladi.
CP- ko`zguda fazoviy inversiya albatta zarrani antizarraga almashtirish bilan birga bajariladi. Tabiat qonunlari uchun CP- simmetriiyaning saqlanishi bizning dunyodagi chapni antidunyodagi o`nga o`tishini bildiradi. Tabiat jarayonlarini Cp- simmetriyaga ega deymiz, agar uni yuqoridagi ko`zguda aksi o`rinli bo`lsa, lekin ko`p o`tmay CP- ko`zgu ham P-,C- ko`zgular singari chil-chil bo`lib sindi. 1964-yil D. Kristenson , J.Kronin, V.Fitch va R. Turl Dubnada bo`lib o`tgan xalqaro kanferinsiyada Cp- ko`zguga nisbatan toq (anti simmetrik) kuchsiz o`zaro tasir bo`yicha ikkita pi-mezonga parchalanishini malum qildilar . ikkita piondan iborat sistema CP- ko`zguga nisbatan simmetrik juftdir . bu kamdan kam uchraydigan jarayonning mavjudligi kuchsiz o`zaro ta`sirning CP-simmetriyaga ham ega emasligini, tabiat uchun chap va o`ngni hamda dunyoni antidunyodan absalyut farqi borligini ko`rsatadi. CP- ssimmetriyaning buzilishi fiziklar o`rtasida yorug`lik tezligi tarqaladi va dastlab ishonchsizlik ham tug`dirdi. Fiziklarni bu kashfiyotga ishonchsizlik bilan qarashining sababini tushinish uchun biro z uzoqdan -CPT-teoremadan boshlaymiz. CPT- teoremani tushinish oson, lekin isbotlash biroz qiyin. Qisqacha aytganda CPT – teorema quyidagicha tariflanadi.. C,P,T dan iborat uch operasiyalarning ko`paytmasidan hosil bo`lgan CPT- operasiyaning juftligi (xususiy qiymati) tabiatning hamma jarayonlarida saqlanadi. Chunonchi CPT- tearemaga ko`ra bizning dunyomiz undan vaqt o`tishini teskarisiga aylantirish, fazoviy inversiyani, zaryad juftligini almashtirish bilan hosil bo`lgan dunyoga o`xshash. Mazkur teoremaga asosan fizikaning har qanday qonuni (jarayoni)CPT- ko`zguga nisbatan invariantdir (simmetrik). Boshqacha aytganda birdaniga fazoviy kordinatalar ishorasi, zaryadlar ishorasini va vaqt ishorasini teskariga o`zgartirganimizda fizikaning hamma qonunlari asl manosini o`zgartirmasligi, yani invariant qolishi kerak. Fiziklarning tabiatda CPT- simmetriyaning o`rinli ekanligida ishonchi katta. Agar haqiqatdan ham , tabiat CPT- ko`zguga ega bo`lsa, P-,C-, CP- simmetriyalarning buzilishidan, CT-,PT-,T- simmetriyalarning ham buzulishi kelib cgiqadi. Chunonchi , Cp- simmetriya buzilishidan ikki xulosaga kelishimiz mumkin: yo T- invariantlik, yo CpT-invariantlik to`g`ri emas. Lekin CPT- invariantlik fiziklar tomonidan qatiy isbot qilingan. Ayni vaqtda esa vaqt o`tishining almashtirilishiga nisbatan invariantlik nihoyatda zarur simmetriyadir. Shuning uchun ham mikrodunyo hodisalarining vaqt inversiyasi simmetriyasiga ega emasligi fizikaning asoslarini larzaga keltirdi. Keyingi analiz shuni ko`rsatadiki, haqiqatdan ham, CPT- teorema to`g`ri va faqat CP- invariantlikgina emas, T- simmetriya ham buzilar ekan. Ushbu kashfiyotdan so`ng 15 yil o`tdi, lekin hozirgacha neytral kaonlar CP- yoki T- simmetriya buzulishining sababi sirli niqob bilan niqoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |