Arifmetik ifodalarni hisoblash Maple muhitida arifmetik ifodalarni yozish va ularni qiymatlarini hisoblash ham mumkin. Arifmetik ifodalarni belgilash va ularni qiyma-tini berish uchun o’zgaruvchilardan foydalaniladi. O’zgaruvchilardan foydalanish uchun ularga nom beriladi. O’zgaruvchilar nomi harflar, belgilar va raqamlar ketma-ketligidan iborat bo’lib, har doim harflardan boshlanishi lozim. Nom 524275 ta belgidan oshib ketmasligi kerak. Masalan: ab, tenglama, ifoda, xmin, ymax va boshqalar.
Masalan: a) y = a2 +bx +dc ifodani yozing : > y:= a^2+b*x+d*c;
b) a=2; b=4; c=5;x=6; d=7 qiymatlarda shu ifodaning qiymatini hi- soblan: > a:=2: b:=4 : c:=5:x:=6: d:=8: y:= a^2+b*x+d*c;
Hisoblash jarayonida foydalanilgan o’zgaruvchilar qiymatlarini bekor qilish uchun restart: buyrug’i ishlatiladi
1-misol . Quyidagi ifodaning qiymatini x=4 va y=9 da hisoblang:
O’zgaruvchilarning berilgan qiymatlarida arifmetik ifodalarning hisoblash uchun o’zruvchilarning qiymatlari := beriladi va ular : orqali bir-biridan ajratilib yoziladi. So’ngra ifoda yozilib ; belgisidan keyin enter tugmachasi bosiladi. > x:=4:y:=9:d:= sqrt(sqrt(x+y)+2*x^3);
Chiqarish satrida oldingi qiymatni hosil qilish uchun % va sonli qiymatni hosil qilish uchun evalf(%) buyrug’ini ishlatamiz:
> evalf(%);
2-misol. Berilgan radius bo’yicha aylana uzunligi L=2 π R va doira yuzasi S = π R2 ni hisoblang. Buning uchun eng avval aylana uzunlgi va doira yuzasini hisoblash formulalarini hosil qilib olamiz: > l:=2*Pi*r;s:=Pi*r^2;
So’ngra (: =) orqali r radiusga turli qiymatlar berib aylana uzunligi va doira yuzasini hisoblaymiz. Buning uchun radiusning qiymatidan keyin uzunlik va yuza o’zgaruvchilarini (;) orqali yozib enter tugmachasini bosamiz: > r:=5:l;s;
Buni boshqacha ham yozish mumkin: > r:=5:l:=evalf(l);s:=evalf(s);
Matematika darslarida ifodalar qiymatini hisoblash asoslarini o’rganishda Maple muhitidan foydalanish dars jarayonida matematik va texnik ta’limning fundamentalligini oshirishni ta’minlaydi. O’quvchi-larning nazariy bilimlarini amaliyotga qo’llash bilim, malaka va ko’nikma-larini oshiradi.
Matematika fanini o’rganish jarayonida Maple dasturiy vositasi bilan bevosita muloqot qilishda o’quvchilar kompyuter texnologiyalarining professional masalalarni yechish vositasi ekanligini ko’radi, anglab yetadi va kelgusida o’zining amaliy faoliyatida undan foydalanish imkoniga ega bo’ladilar.
Shu bilan birga o’quvchilarda yangi axborot texnologiyalari va ularning dasturiy vositalariga bo’lgan qiziqishi ancha sezilarli darajada ijobiy o’zgaradi. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning nafaqat matematika bo’yicha balki informatika bo’yicha ham yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lishlariga imkon yaratadi.