1.3 Maktabgacha ta’lim tizimida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tizimining mazmuni va sifati bizning jamiyatimizning dolzarb masalalari va ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanmoqda va uni rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish usullari va tadbirlari izlanmoqda, shu bilan birga maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot kommunikasion texnologiyalarini joriy etish masalasi ommalashtirilmoqda. Ayni paytda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida respublikamizda ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o’quv muassasalaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir.
Shuning uchun ham taraqqiyotimizning asosiy tarmoqlaridan biri bo’lgan maktabgacha ta’lim jarayonini jadal rivojlantirish va takomillashtirish jarayonida axborot kommunikasion texnologiyalarining o’rni va samaradorligi beqiyosdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim berishda axborot texnolo-giyalaridan foydalanish ancha nozik masala hisoblanib, ko’plab munozara va turli xil fikrlarni kelib chiqishiga sabab bo’lishiga qaramay, maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ularni har tomonlama yetuk inson bo’lib rivojlanishida, mashg’ulot jarayonida tarbiyalanuvchilarning badiiy-musiqiy faoliyatini, matnlarni o’qish, rasmlarni ko’rish va ajrata bilish tasavvurlarini kengaytirish, kompyuterli o’yin dasturlari orqali fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilish bilim, malaka va ko’nikmalarini shakllantirishda axborot kommunikasion texnologiyalari vositalaridan foydalanish o’zining ijobiy samarasini bermoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi uchun mo’ljallangan
barcha kompyuterli o’yin dasturlarining hammasi ham ta’lim jarayonida o’z samarasini beravermaydi. Shuning uchun ham kompyuter o’yinlarini tanlash va ulardan foydalanish uchun jiddiy yondoshuv va e’tibor kerak bo’ladi. Kompyuterli o’yin dasturlari shunday yaratilgan bo’lishi kerakki, unda bajariladigan har bir harakat bolalar tomonidan to’g’ri qabul qilinishi, bajarilishi va tasavvur etilishi lozim. O’yin dasturidagi har bir harakatni bola tushuna olish, uni qanday bajarish kerakligini o’ylash va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishi lozim.
Bundan tashqari maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuv-chilarni axborot texnologiyalari bo’yicha boshlang’ich savodxonligini ham oshirish mumkin, ya’ni kompyuterning umumiy tuzilishi, asosiy qurilmalari to’g’risida umumiy tushunchalarni, klaviaturadan foydalana olish malakalarini hosil qilish mumkin. Bu bolalarni kompyuter o’yinlaridan foydalana olish bilim va ko’nikmalarini shakllanishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida kompyuterli o’yin dasturlaridan foydalanish bolalarda bir qancha pedagogik-psixologik funksiyalarni amalga oshiradi va shakllantiradi:
charchoq va quvvatsizlikni yo’qotadi;
o’z qobiliyati va iqtidorini namoyish qilish ikonini beradi;
mustaqil harakat qilish imkonini beradi;
hamkorlik qilish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi;
muloqot qilish ko’rinishlarini shakllantiradi;
insonlar bilan qanday munosabatda bo’lishni o’rgatadi;
o’z-o’zini nazorat qilishni shakllantiradi;
obrazli tasvvurlash va fikrlash rivojlanadt;
nutq, kreativ fikrlash va kognitiv qobiliyatlari rivojlanadi.
Bugungi kunda respublikamizda maktabgacha ta’lim tizimini kompyuter, multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi va shu kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etish hamda mashg’ulot va boshqarish jarayonida ulardan keng foydalanishga oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tizimida zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
mashg’ulotda pedagogik va axborot texnologiyalar yordamida barcha didak-tik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
axborot texnologiyalar asosida tarbiyalanuvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilim-larning puxta o’zlashtirilishi uchun kerakli imkoniyatlarni yaratish;
axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari bolani har tomon-lama rivojlanishini motivasiyalash va faollashtirish;
axborot kommunikasion texnologiyalari vositalari asosida ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlari mantiqiyligi va emosionalligini oshirish;
Axborot kommunikasion texnologiyalaridan foydalanish orqali maktabgacha ta’lim tizimining samaradorligi quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
tatbiq etilayotgan axborot-kommunikasion texnologiyalari vositalari-ning sifati;
axborot texnologiyalari vositalarining tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy dasturiy vositalari (multimediali elektron qo’llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, kompyuter o’yin) ning sifati.
Axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida maktabgacha ta’lim tizimi samaradorligini oshirish uchun elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, takomillashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish maqsadida kompyuterli nashrlar, virtual laboratoriya, ijodiy ishlanmalar, virtual sayohatlar va multimediali dasturlari yaratilmoqdaki, ular multimediali va internet o’qitish texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi.
2.1 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini, bilim amaradorligini oshirish, fan va texnikani o‘rganishga intilishlarini kuchaytirish uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va mahoratini oshirib borishi zarur., 5-sinfda “Ko‘p xonali sonlarning yozilishi va o‘qilishi”, “Harakatga doir masalalar”, “Tenglamalar yordamida masalalar yechish”, “Qoldiqli bo‘lish” mavzulariga oid vazifalarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. O‘quvchi ko‘p xonali sonlarning o‘qilishini bilish uchun asosan sonning tuzilish jadvali ustida ishlashi, sonlarni sinflarga ajratish ko‘nikmasini hosil qilishi zarur. Hayotiy masalalar yordamida harfli ifodalar bilan ishlash malakasi oshirilsa, masalalar yechish muammosi tenglamalar yordamida hal etiladi. Aralash kasrlarga oid misollar amaliyotdan olinib, og‘zaki bajartirilsa, qoldiqli bo‘lishga doir masalalar yechimini topishda yordam beradi.
6-sinfda “Kasrlar ustida amallar”, “Matnli masalalar”, “Ko‘paytirishning taqsimot qonuni” mavzularida xatoliklarga yo‘l qo‘yilgani kuzatildi. Guruhlarda ishlash usuli bilan bo‘laklarga doir masalalar ustida misol namunalari berilib, ko‘rgazmali darslar tashkil etilsa, o‘quvchi kasrlar ustida amallar bajarish ko‘nikmasini o‘zlashtiradi. Matnli masalalar hayotiy masalalar yUmumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning matematika faniga qiziqishini, bilim samaradorligini oshirish, fan va texnikani o‘rganishga intilishlarini kuchaytirish uchun o‘qituvchi o‘z ustida muntazam ishlashi, bilim va mahoratini oshirib borishi zarur.
7-sinfda “Algebraik kasrlar ustida birgalikda bajariladigan amallar”, “Matnli masalalarning shartiga mos bo‘lgan harfiy ifodalar tuzish”, “Natural ko‘rsatkichli darajaning xossalari”, “Sonni berilgan nisbatda bo‘lish”, “Davriy kasrni oddiy kasrga aylantirish”, “Sonning foizini topishga doir murakkab masalalarni yechish” mavzusidagi misol va masalalarni yechishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. 5-sinf darsligidan olingan harfli va sonli, o‘rniga qo‘yishga doir misollar ko‘proq takrorlansa, yuqoridagi algebraik kasrlar va matnli masalalarga oid mavzularni o‘quvchi ongiga singdirish birmuncha yengillashadi. “Daraja” mavzusini tushuntirishda karra jadvalidagi istalgan bir sonni o‘ziga o‘zini ko‘paytirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bu mavzularni o‘quvchilarga tushuntirishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, xususan, “Blis so‘rov”, “Klaster”, “Muammoli-mantiqiy metod”, “Hamkorlik metodi”, “O‘xshashini top”, “O‘ynab-o‘ynating” usullaridan to‘g‘ri foydalanish, savollar berish, masalalar yechish algoritmi(ketma-ketligi)ni aniq ko‘rsatish, o‘quvchilarning mustaqil ishlari uchun mavzuga doir hayotiy masalalar yechish yuzasidan fikrlashish va aniq tavsiyalar ishlab chiqishga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
O’qituvchi-dars ijodkori.
Shaxsga yo`naltirilgan dars – o`quvchilarning bilim egallash borasidagi intilishini qo`llab-quvvatlab, sinfda faollik muhitini yaratadi. O`quvchilar darsda xato qilishga yoki noto`g`ri javob berishga cho`chimasdan topshiriqlarni
bajarishga intiladi. Bunday darslarda Masalani istalgan usulda yechish uchun imkon beriladi. Barcha usullar tahlil
qilinib, eng qulaylari tanlanadi, o`zlashtiriladi.
Ta’lim samaradorligini amalga oshirishning matematika fanida yana dolzarb usullaridan biri-
‘’Uchta masalani bir xil usulda yechgandan ko’ra,bir masalani uch usulda yechish’’ o’quvchilarning iqtidori va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.
Bugungi kun o’qituvchisi chuqur bilimga va yuksak pidagogik mahoratga ega bo’lishi kerak. O’quvchiga mavzuni yoki masala yechishni oddiy qilib tushuntirish kerak.Aks holda bir mavzuni o’zlashtirmagan o’quvchiga keyingilari qiyin tuyulaveradi. Natijada o’quvchini shu fanga bo’lgan qiziqishi so’nib boradi.O’qituvchi murakkab masalani oddiy va bir necha usulda yechib tushuntirsa,o’quvchilarning masala yechishga qiziqishini kuzatib,ularni ruhan qullab-quvvatlasa, mavzularni o’rganishi osonlashadi.O’quvchi masalani bir necha usullarda yechgandan so’hg uning yechimini birgalikda tahlil etiladi.Bunda o’quvchilarning o’zaro fikr almashishi, mavzu bo’yicha nazariy bilimlarini tatbiq etgan holda masalani yechib namoyish etishi do’stona raqobatni yuzaga keltiradi.Asosiysi iqtidorli o’quvchilarni o’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchiga o’rgatishi davomida o’z bilimini yanada mustahkamlaydi.Shundagina o’quvchi egallagan bilimi ko’nikmaga,ko’nikmasi esa malakaga aylanadi.
1-Masala. Rasul ota Ikkita tarvuz va uchta qovun uchun 6700 so’m to’ladi.Ota olgan 1 ta tarvuz 1 ta qovundan 100 som qimmatga tushdi. 1 ta tarvuz va 1 ta qovunning narxini toping.
Yechish: 1-arifmetik usul.
1ta tarvuz 1ta qovundan 100 so’m qimmat tursa demak 2 ta tarvuz 200 so’m qimmat turadi.Jami puldan shu qimmat bo’lgan 200 so’mni olib tashlaymiz.
6700-200=6500
Mana endi 3 ta qovun va 2 ta tarvuzning har birining narxlari tenglashib qoldi.
6500:5=1300
Demak 1ta qovunning narxi 1300 somdan tursa, 1 ta tarvuz narxi
1300+100=1400 so’m turadi.
Javob: 1 ta tarvuz 1400 so’m,1 ta qovun 1300 so’m turadi.
2- usul . Masalani tenglama tuzib yechish.
1 ta qovun narxi x so’m
1 ta tarvuz narxi x+100 so’m
Jami xarid uchun 6700 so’m.
1 ta qovun narxi-?, 1 ta tarvuz narxi-?.
Yechish: 2 ta tarvuz narxi (x+100)*2
3 ta qovun narxi 3*x
(x+100)*2+3*x=6700
2x+200+3x=6700
5x=6700-200
X=6500:5
X=1300
1 ta qovun 1300 so’m tursa, 1ta tarvuz 1300+100=1400 so’m turadi.
3- usul. Masalani Ikki noma’lumli tenglama yordamida yechish.
1 ta tarvuz narxi x so’m
1 ta qovun narxi y so’m deb belgilab olamiz.
1 ta tarvuz 1 ta qovundan 100 so’m qimmat ,yani x-y=100
Jami narxi 2x+3y=6700
1 ta tarvuz narxi-?, 1 ta qovun narxi-?.
Yechish:
|2x+3y=6700
|x-y=100
|2x+3y=6700
|x=100+y
2*(100+y)+3y=6700
200+2y+3y=6700
5y=6700-200
Y=6500:5
Y=1300 1 ta qovun narxi, X=100+1300=1400 1 ta tarvuz narxi.
Javob: 1 ta tarvuz narxi 1400 so’m, 1 ta qovun narxi 1300 so’m turadi.
2-Masala.
Qotishma kumush va oltindan iborat bo’lib, o’zaro 3:5 nisbatda. Agar qotishmada 0,45 kg oltin bo’lsa qotishma massasini toping.
1-usul. Masalani tenglama yordamida yechish.
Qotishmaning massasi jami 8 qismdan iborat bo’lsa ,shundan bir qismini x deb belgilab olamiz
Kumush 3*x , Oltin 5*x
Qotishmada oltin 0,45 kg
Yeshish:
Shartga kura 5*x=0,45
X=0,45:5
X=0,09 demak,qotishmaning 8 dan bir qismi 0,09 kg
Kumush 3*0,09=0,27 kg
Jami qotishmaning og’irligi 0,27+0,45=0,72 kg .
Javob: Qotishma massasi 0,72 kg.
2-usul. Masalani proporsiyaning asosiy xossasidan foydalanib yechamiz.
Kumush va oltin o’zaro 3:5 nisbatda bo’lib, 5 hissa oltin 0,45 kg 3 hissa kumush esa qancha kg ekanligi no’malum.Proporsiya tuzib yechamiz.
3:5=x:0,45
5*x=3*0,45
5*x=1,35
X=1,35:5
X=0,27 demak ,kumush og’rligi 0,27 kg.
Jami qotishma og’irligi 0,27+0,45=0,72 kg
Javob: qotishma og’irligi 0,72 kg.
3-usul.Masalani 2 noma’lumli tenglama yordamida yechish.
Kumush 3x
Oltin 5x=0,45
Qotishma massasi y
{ 3x+5x=y
{y-0,45=3x
3x+5x-0,45=3x
5x=0,45
X=0,45:5
X=0,09
3*0,09=0,27 kg kumush og’irligi.
0,27+0,45=0,72 kg qotishmaning massasi.
Javob : qotishma massasi 0,72 kg.
2.2 Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yoʼlida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari boʼlmish yoshlarni ijodiy gʼoyalari va ijodkorligini har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, ularning bilim, koʼnikma va malakalarini shakllantirish hamda ilgʼor xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yoʼlda xalqaro tajribalarni oʼrganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yoʼnalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish choratadbirlari toʼgʼrisida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Shu bilan birga, taʼlim sifatini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish vazifalari belgilandi: PIRLS – boshlangʼich 4-sinf oʼquvchilarining matnni oʼqish va tushunish darajasini baholash; TIMSS – 4- va 8-sinf o’quvchilarining tabiiy-ilmiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonligini baholash; TALIS – rahbar va pedagog kadrlarning umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼqitish va taʼlim olish muhitini hamda oʼqituvchilarning ish sharoitlarini oʼrganish; PISA – 15 yoshli oʼquvchilarning oʼqish, matematika va tabiiy yoʼnalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya uzluksiz, muayyan maqsadga yo`naltirilgan jarayon bo`lib, unda barkamol shaxsni shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Demak, pedagogik jarayonning asosiy maqsadi barkamol inson shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Maktabga endigina qadam qo`ygan bola uchun maktab g`aroyib maskan, o`qituvchi esa eng mehribon va bilimdon inson bo`lib tuyuladi. Qalbi quvonchga to`lib turgan murg`ak qalb “Men, albatta yaxshi o`qiyman!”, “Ustozim, hammadan ham meni ko`proq yaxshi ko`radilar!” degan ichki bir havas bilan xursand bo`lib, ko`zingizga qarab o`tiradi. Shu tobda uning hayolidan “Men hammadan orqada qolib o`qiyman” degan salbiy fikr o`tmaydi, albatta. Biroq o`quv mashg`ulotlari boshlangach, ko`zlarida anashunday sevinch porlab turgan o`quvchilarning hammasi ham o`qishga layoqati bir xilda emasligi bilina boshlaydi. Bu holatni o`quvchilarning o`zlari ham sezadilar. Seza boshlaganlari sayin o`zlarida tortinish, uyalish, kamsuqumlik xislatlari kuchaya boradi. ”Kitobdagiday gapira olmasamchi”, “Aytadigan fikrimda xato bolsachi, ustozimdan dakki eshitaman, do`stlarim oldida uyalib qolaman” degan hadik bola fikrini erkin bayon etishiga yo`l qo`ymaydi. Tanaffusda faol harakatda bo`lgan o`quvchi darsda faol bo`laolmaydi. Agar shu o`quvchi bilan yaqindan suhbatlashsangiz, atrofdagi bo`layotgan voqea-hodisalarga o`ziga xos munosabatini bemalol ayta oladi. Darsda esa aksicha… Demak, bu o`rinda o`qituvchi yordami lozimb o`ladi. Boshlang`ich sinflarda dars ta’lim va tarbiya ishlarining markaziy qismi hisoblanib, o`quvchilarni bilim, ko`nikma, malakalar bilan qurollantirishda, milliy qadriyatlarimiz haqida tushunchaga ega bo`lishida, axloqiy sifatlarni hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Ma’lumki, boshlang`ich sinflarda o`qitiladigan “O`qish” darslari ham umumiy didaktik talablarga javob berishi, jumladan, darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga tayanish, shoir va ijodkorlarimizning asarlaridagi tarbiyaviy g`oyalardan foydalanish imkoniyatlarini izlash lozim. Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o`tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o`z isbotini olmoqda. Texnologiya tushunchasi pedagogika fani, ishlab chiqarish sohalariga nisbatan ancha keng qo`llanilib “Texnologiya” so`zi yunoncha techne - san`at, logos-mahorat degan mazmunni anglatdi. Olimlarning ta’kidlashicha, “texnologiya” atamasi “bola shaxsiga ta’sir ko`rsatish san’ati” ga e’tibor qaratilib, har bir davrda o`ziga xos zamonaviylik kasb etib, yangilanib, takomillashib kelgan. Texnik vositalardan foydalanib o`tkazilgan dars mazmunli, sifatli bo`lishi tabiiy. Bunday dars o`quvchilarga hissiy ta’sir ko`rsatadi, o`tilgan materialni chuqur va puxta o`zlashtirishga, fanga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi, bilimlar puxtaligini ta’minlaydi. Zero puxta o`ylagan uslublarsiz dasturiy materialni egallashni tashkillashtirish mushkul. O`quvchilarning izlanishlariga, faol va mustaqil bilim olishlariga yordam beradigan, ularni ijodiy fikrlashga undaydigan va fanga qiziqishini rivojlantiradigan o`qitishning usul va vositalarini takomillashtirish lozim. Dars jarayonida boshlang`ich sinf o`quvchilarining dunyoqarashi shakllana boradi, mustaqil fikrlashga o`rganadi, dunyoviy bilimlar bilan tanishadi va ularning uzluksizligi rivojlanib boradi. Har bir darsning muvaffaqiyati uning oldiga qo`ygan maqsadiga bog`liqdir. Qachonki, maqsad aniq va puxta, o`quvchini har taraflama rivojlantirishga qaratilgan bo`lsa, darsning samaradorligi ta’minlanadi. Bugungi kunda maktablarda sinf-dars shaklidagi mashg`ulotlardan foydalanib kelinmoqda va ularga qo`yilgan talablar ham o`zgarib bormoqda. Darslarni qiziqarli uyushtirish uchun o`qituvchilar yangicha darsturlaridan, turli-tuman interfaol usul va vositalardan foydalanishlari mumkin. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari o`qish darslarida keltirilgan asarlardan, jumladan, A.Oripov asarlaridan foydalanganda dars loyihasini tuzishda o`quvchinig yoshi, individual xususiyati va darsning davomiyligiga alohida e’tibor qaratishi, o`quvchilarning bilimlarini sinash va qiziqishlarini oshirish maqsadida boshqotirma, rebus, o`yin-topishmoq kabi dars samaradorligini oshiruvchi vositalardan foydalanishi lozim. Ma’lumki, bolalik deb atalmish bu davr o`zining ishonuvchanligi, taqlidchanligi, qiziquvchanligi hamda soddaligi bilan ular hayotida o`chmas iz qoldiradi. Ular yuqoridagi voqealarni tinglaganida, o`sha qahramonlarga o`xshagisi keladi, o`zlarining o`yinlarida ularga taqlid qiladilar, o`quvchilar albatta xalq himoyachisi va Vatanga e’tiqodli insonlar bo`lishga harakat qila boshlaydilar. Bu kabi maqsadlarni dars jarayonida amalga oshirishda o`qituvchi asosiy o`rin egallaydi. Jumladan, o`qituvchining nutqi, mimikasi, ishontirish qobiliyatining ta’siri orqali o`quvchilar asar qahramonlarining xislat va xususiyatlarini yaqqol tasavvur qila oladilar. O`qituvchini ma’ruzaga texnologik va metodik jihatdan tayyorlash, aqliy rivojlanish, o`qitishni faollashtirish, yangi o`qitish texnologiyasi bilan qurollantirish jarayoni uzoq va tinimsiz izlanishlarni talab etadi. O`qituvchi har bir asar matni yuzasidan darslikda berilgan savol-topshiriqlar yordamida o`quvchining har birini o`z darajasida fikrlashga, hayotiy haqiqatni asar tahlili davomida o`zi kashf etishiga imkon yaratish kerak. Darsda o`qituvchi yo`li o`quvchi tomonidan mantiqning qayta hikoyalanish hollari, ya’ni takrorlash usullari ham bo`lishi mumkin. Bunday usulb ilimni mustahkamlashga yordam beradi. Hikoyalash qayta-qayta takrorlanaversa o`quvchilarning ba’diga tegadi. Inson ezgu niyatlari, orzularini yozuvchi iste’dod va talanti orqali ifodalab ro`yobga chiqaradi. Uni shundayligicha o`quvchi qalbiga yetkazish o`qituvchi mahoratiga bog`liq. Demak, o`qituvchi dars jarayonini yaxshi tashkil qilishi uchun nafaqat bilimli, balki pedagogik mahorat va pedagogik texnikani yaxshi egallagan bo`lishi lozim. U o`quvchiga qachon va qanday ta’sir o`tkazishni bilishi, shu bilan birga ozroq kuch sarflab, ko`proq natijaga erishish yo`llarini izlashi lozim. Savol berish ham bir san’at bolib, o`qituvchi buni chuqur anglashi va o`quvchilarga ham singdirishi lozim. Jo`yali savolga qandaydir tushunib yetilmagan teranlik bo`lib, o`quchilarni izlanishga, asar mutolaasiga chorlaydi. O`zaro hamkorlik pedagogikasi o`qituvchi va o`quvchi orasida hamfikrlilik, ishonch, o`zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa o`z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarni anglash va e’tirof etishni kafolatlatlaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta’lim va tarbiya berishning murakkab vazifalarini hal etish o`qituvchining g`oyaviy e’tiqodi, kasb mahorati, san’ati, iste’dodi, ijodiy faoliyati va madaniyatiga hal qiluvchi darajada bog`liqdir. Mazkur ishlarni amalga oshirishda har bir o`qituvchi, eng avvalo, tashkil qilinadigan darsning mazmunini chuqur o`rganishi, uning natijalariga jiddiy e’tibor berishi va bu bilan o`quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etishga intilmog`i, Vatanga muhabbat, milliy g`urur, Vatan ravnaqi uchun xizmat qilish, qolaversa, ona tabiatni asrash kabi sifatlarni yanada rivojlantirish yo`llarini izlamog`i lozim.
2.3 Ilmiy tadqiqot ishining asosiy bosqichidan biri bo‘lgan tajriba-sinov ishlari ishlab chiqilgan nazariy takliflarni amaliyotda isbotini tekshirish va statistik tahlilini o‘tkazishdan iboratdir. O‘quv jarayoniga kiritishga rejalashtirilgan barcha o‘zgartirishlar, albatta tajribada sinab ko‘rilgan bo‘lishi kerak. Pedagogik tajriba –sinov ishlari, pedagogik jarayonning eng takomillashagan modeli bo‘lib, unda o‘qitish va tarbiyalashning yuqori samarasiga erishiladi. Tajriba sinov ishlarining asosiy maqsadi – Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga algebraik materiallar, xususan tenglama va tengsizliklar, tenglama tuzib yechiladigan masalalarga oid bilimlarni berishda an’anaviy ta’limga asoslangan metodlarning samarasini tekshirish, o‘quvchilarda kuzatilgan natijalar qay darajada ekanligini aniqlash, o‘quvchilarning olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish ko‘nikmasining shkllanganlik darajasini aniqlash, shu asosda ularni hayotga, kasbiy ko‘nikmaga to‘g‘ri shakllantirish uchun ishlab chiqilgan nazariya va takomillashgan o‘qitish uslublarini pedagogik amaliyotda sinab ko‘rishdan iborat deb belgilandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Pedagogik tajriba-sinov ishining vazifasiga o‘rganilayotgan hodisani kuzatishni muntazam o‘zgartirish va uning tabiatini aniqlash uchun boshqa hodisalar bilan bog‘lanishini o‘rnatish, mazkur jarayonni ongli o‘rganish va kelib chiqishini bilish kiradi. Tajriba-sinov ishlari maqsadidan kelib chiqan holda uni o‘tkazishdan oldin quyidagi vazifalar belgilanadi: - O‘quvchilarda shakllangan tenglamalarni yechishga oid kompetensiyalarning mavjud holatini o‘rganish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish, suhbatlar tashkil etish, dars jarayoni va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda muammo doirasidagi amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish, ta’limning hozirgi holatiga nisbatan o‘qituvchilarning fikrmulohazalarini o‘rganish va tahlil etish. - Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda matematikaga oid kompetensiyalarni rivojlantirish imkonini beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash. Fan bo‘yicha Davlat ta’lim standartlarida belgilangan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar hajmi, mazmuni aniqlash va tahlil qilish. - O‘quvchilarda algebraik materiallarga oid kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonida ko‘zga tashlanayotgan muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilash. - O‘quvchilarda algebraik materiallarga oid kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi samarali ta’lim texnalogiyalarini aniqlash. Takomillashgan ta’lim me’todlari asosida tuzilgan dars ishlanmalar tuzish, o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalarini tahlil etish, ulardagi matematikaga oid kompetensiyalari darajasini aniqlash, o‘quvchilarning fanga oid mustaqil fikrlash qobiliyatlarini ko‘rsatkichlarini tahlil etish. Olingan tahlil natijalari va xulosalar asosida pedagoglarga tafsiyalar ishlab chiqish. Yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarish uchun kuzatish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish, tajriba-sinov, ularni tahlil qilish, umumlashtirish kabi tadqiqot metodlari qo‘llanildi. Mavzularni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish juda muhim hisoblanadi va uni to‘laqonli o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Shu maqsadda takomillashgan metodlar orqali dars ishlanmalar tuzishga harakat qildik. Tajriba-sinov ishlari bir qator tamoyillarga muvofiq olib borildi: 1. Tajriba-sinov ishi maqsadining aniqligi. 2. O‘quvchilarda matematikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish jarayonida haqqoniylik va xolislikning ta’minlanganligi. 3. Umumta’lim maktabi o‘quvchilarida matematikaga oid kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatning izchil, uzviy, tizimli va maqsadga muvofiq tashkil etilganligi. 4. Fan o‘qituvchilarining ijodiy yondashuvchanligi. 5. O‘quvchilar bilimini baholashda haqqoniylik. Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda o‘tkazildi: I bosqich. Boshlang‘ich- holatni o‘rganuvchi bosqich. Bu bosqichning asosiy vazifasi ilmiy tadqiqot ishi obyektining holatini o‘rganishdir. Tajriba-sinov ishlarining ushbu bosqichidagi natijalar asosida tadqiqot muammosiga tegishli o‘quv-bilish, tarbiyalash sohasidagi hamda mavjud muhim kamchiliklar borligi to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Bu xulosalarni olish uchun sinov o‘tkaziladigan hududda so‘rovnoma, test, suhbat kabi metodlardan foydalanildi. Ta’kidlovchi tajriba-sinov ishlari natijalarini ilmiy-nazariy tahlil qilish jarayonida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi: 1. 4-sinf matematika fanidan DTS, o‘quv dasturi, darslik va qo‘llanmalarning yutuq va kamchiliklari o‘quvchilarda matematikaga oid kompetensiyalarni shakllantirish nuqtai nazaridan tahlil qilindi va aniqlandi. 2. O‘qituvchilarning tenglama mavzusini o‘qitishda metodik muammolar, darslik va qo‘llanmalardagi kamchiliklar haqida olingan so‘rovnoma natijalari xulosalash maqsadida tahlil qilindi. 3. Tajriba-sinov ishlari jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aniqlandi va bartaraf etish choralari ishlab chiqildi. O‘qituvchilarda o‘tkazilgan so‘rovnoma hozirgi pandemiya sharoitini hisobga olgan holda va respublikaning turli hududlaridagi maktab o‘quvchilarini qamrab maqsadida telegram platformasida onlayn shaklda o‘tkazildi. Quyida biz so‘rovnomada keltirilgan savol namunalari va bu savolarga o‘qituvchilarning bergan javoblarini foiz hisobida keltiramiz. So‘rovnomadagi savollar tadqiqot ishi predmetining hozirgi holatini bilishga qaratilgan savollardan tuzilgan. Ya’ni joriy ta’limdagi darsliklar, undagi topshiriqlarning murakkablik darajasi, mavzularning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kabi bir qanha savollardan iborat. So‘rovnoma anonim shaklda respublikaning turli hududlaridan saralangan 127 nafar o‘qituvchilardan o‘tkazildi:
Do'stlaringiz bilan baham: |