3.2-rasm. “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial hududining yirik davlatlar va regionlar orasida joylashuvi
4-omil: Jahon standardlariga javob beradigan intellektual kadrlar va arzon ishchi kuchining mavjudligi. O’zbekistondagi jami 65 ta oliy o’quv yurtlarida 300 mingga yaqin talabalar 850 yo’nalish va mutaxasislikda ta’lim oladi. Undan tashqari bir nechta chet el ta’lim muassasalarining filiallari ochilgan. 2009-yil sentabr oyida Turin politenika universtiteti filiali ochiladi. U esa Markaziy Osiyoda yagona mashinasozlik bo’yicha mutaxasislar tayyorlovchi oliy o’quv yurti hisoblanadi. Bundan tashqari universitetlar bilan stimullangan kadrlar orqali hududda turli xil yangi texnologiyalarni sinovdan o’tkazish mumkin. Bio, nanotexnologiya, informatsion texnologiyalar, meditsina va qishloq xo’jaligini rivojlantirish imkoniyatlari ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |