Kirish bet


Tadqiqotning uslubiy masalalari



Download 86,98 Kb.
bet14/34
Sana07.01.2022
Hajmi86,98 Kb.
#329316
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
tayyor referat bahodir

4.2 Tadqiqotning uslubiy masalalari.

Tadqiqot faoliyatining ilmiy tavsifga ega bo’lishi uchun ishda fanning muayyan sohasidagi reallik to’g’risidagi yangi, ishonchli bilimning mavjudligi hisoblanadi. Faqat shunday bilimgina tadqiqot faoliyatini ilmiy, dissertastion tadqiqotga aylantiradi.

Ilmiy bilimning asosiy belgilarini sanab o’tamiz.

Ilmiy bilimlar empirik tekshiruvlar bilan tasdiqlanib, jarayon va ob’ektlar tabiatini, ularning amal qilish mantiqini tushuntira oladilar, fundamental ilmiy fanlar va fan metodologiyasiga zid tushmaydilar.

Ilmiy bilimning farqlovchi sifatlaridan biri uning tizimliligidir. Tizimlilik tadqiqot predmet iva ob’ektini tasniflash mahorati orqali amalga oshiriladi. Tasniflash – asosiy tushunchani bir qator asoslarga ko’ra unga bo’ysunuvchi tur tushunchalarga ajratish tipi.

Fanning navbatdagi nisbatan ahamiyatli belgisi – ilmiy bilimni asoslashga intilish hisoblanadi.

Ko’pincha fanning vujudga kelishi holatini ilmiy bilimni asoslashga intilishning paydo bo’lishi bilan bog’lanadi. Qadimgi Grestiyada Fales Miletskiy (er.av. 624-548 yy.) birinchi bo’lib geometriyaga oid da’volarni isbot qilishning zarurligi masalasini ko’ndalang qo’ydi va o’zi bir qator isbotlarni amalga oshirdi. Bu esa fan tarixchilari tomonidan aynan shu davrni insoniyat ilmiy tadqiqotlarining dunyoga kelgan sanasi sifatida e’tirof etilishiga asos bo’ldi.

Har qanday yangi empirik va nazariy bilim asoslanishi lozim. Ilmiy bidimlarni asoslash, ularni qat’iy tizimga solish, ilmiy yutuqni ochib berishga intilish fanni rastionallik namunasiga aylantiradi. Olim, ilmiy taxmin (gipoteza)ni ilgari surib, uning inkor etilishi mumkinligi to’g’risida o’ylaydi, bu esa fanning tanqidiy ruhini namoyon etadi. Agar qat’iy g’oyalar tajriba orqali tasdiqlansa, ularning qadr-qimmati yanada oshadi. Aynan ular fan maydonining kengayishiga undaydi, ilmiy bilimlarni yangi marralar sari harakatlantiruvchi yangi vazifa va ilmiy muammolarni qo’yishga imkon yaratadi.

Ilmiy tadqiqot olimning shaxsiyati va uning dunyoni tushunishi bilan bog’liq barcha sub’ektiv jihatlarni rad etadi. San’atda, aksincha, rassomning asari uning muallifi bilan uzviy bog’liq. Agar Lev Tolstoy va Lyudvig Betxoven kabi usta san’atkorlar bo’lmasa, u holda «Urush va tinchlik» yoki «Oy sonatasi» asarlari orqali biz o’z estetik qiziqishlarimizni qondira olmagan bo’lar edik.

Fandagi qoidalar ahamiyatli ravishda farq qiladi. Holbuki, aksariyat hollarda qonun, qoida yoki nazariyalarga alohida olimlarning nomlarining berilishini bilsakda, shunga qaramay, Nyuton, Darvin yoki Enshteynlar bo’lmaganida ham, ularning nomlari bilan bog’langan nazariyalar baribir yaratilgan bo’lar edi. Ular fan taraqqiyotining zarur bosqichini namoyon etganligi uchun ham yaratilar edi. Fan tarixining ko’plab faktlari fanning har xil sohalaridagi turli olimlarning bir-biridan alohida holda bir xildagi, yagona g’oyalarga kelganini ko’rsatadi.

N.I.Lobachevskiy, F.Gauss va boshqa bir qator uncha taniqli bo’lmagan matematiklar deyarli bir vaqtning o’zida bir xil natijaga erishganlar. Ch.Darvin va Uolles 1858 yili Linneevsk jamiyati majlisida turlarning evolyustiyasi to’g’risidagi bir-biriga mos keluvchi natijalar bilan ma’ruza qildilar. 1905 yili A.Eynshteyn maxsus nisbiylik nazariyasi tamoyillarini bayon etdi. Shu yilning o’zida shunga o’xshash natijalar A.Puankare tomonidan e’lon qilingan. Mendel genetikasini 1900 yilda bir vaqtning o’zida, bir-biridan mustaqil holda Chermak, Korrens va de Friz qaytadan «ochadilar».

F. de Laroshfuko: «Barcha ishni boshqalarsiz ham uddalay olaman, deb o’ylagan kishi qattiq adashadi; biroq, boshqalar mensiz hech narsani uddalay olmaydilar, deb o’ylagan kishi yanada qattiqroq adashadi», deb ta’kidlagan edi.

Fanga nisbatan qo’llanilganda ushbu aforizm ikki marta haqdir. Fan o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Tizim sifatidagi fan olimlar hamjamiyati tomonidan ikki ming yildan ortiqroq davr davomida yaratilib kelmoqda hamda nafaqat olimning u tomonidan o’rganilayotgan voqelikka bo’lgan munosabatini, balki ilmiy hamjamiyat a’zolari o’rtasidagi o’zaro aloqalarning muayyan tizimini ham namoyon etadi. Bugungi kunda fan o’z mohyatiga ko’ra ulkan moddiy baza va rivojlangan kommunikastiya tizimiga ega bo’lgan bilimlarni ishlab chiqarish bo’yicha qudratli tarmoqni tashkil etadi.

Fanda, odatda, rasman yozilmagan, biroq me’yor an’analari bo’yicha bir-biriga o’tuvchi tizim orqali tartibga solinadigan o’ziga xos, maxsus turmush tarzi, o’z qadriyatlari tizimi mavjud.

Fandagi hayot ham ijodiy izlanishlar bilan, ham mashaqqatli mehnat bilan to’libtoshgan. Unda olim nafaqat o’rganilayotgan voqelik bilan kurashga kirishadi, balki, o’z hamkasblari, ijtimoiy fikr bilan jiddiy munosabatda bo’ladi. Olimdan qisman nashr ishlari orqali, qisman ijtimoiy tan olinishi orqali uning mehnati natijalarini ob’ektiv baholash tizimi vositasida kasbiy mahoratini muntazam ravishda tasdiqlab turish talab etiladi. Olimning faoliyati nafakat uning mehnatiga haq to’lash, balki turli darajalar, unvonlar va mukofotlar bilan rag’batlantirib turiladi.

Ilmiy faoliyat – bu turli fikrlar, yo’nalishlarning doimiy kurashi, olimning ishi, g’oyasini tan olinishi uchun kurash, fanning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqilganda esa – olingan natijaning ustuvorligi uchun kurash hamdir. Ma’lumki, fanda hattoki nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, genetika, kibernetika, evolyustiya nazariyasi singari fundamental ilmiy nazariyalar ham juda mashaqqat bilan tan olingan. Yangilikka yo’naltirilganlik fanda xali etarli darajada asoslanmagan yangiliklarning kirib kelishiga ishonchli to’siq bo’lib xizmat qiluvchi qat’iy konservatizm bilan uyg’unlashadi.

Bugungi kunda fan bilimlarning ahamiyatli sohasini qamrab oladi. U tobora birbiri bilan mustahkam ravishda o’zaro aloqada bo’lgan 15 mingga yaqin mustaqil fanlarni o’z ichiga oladi. Zamonaviy fan Metagalaktikaning vujudga kelishi va rivojlanishi, Erda hayotning paydo bo’lishi, uning rivojlanish bosqichlari, insonning paydo bo’lishi va rivojlanishining yaxlit manzarasini beradi. Fan bugungi kunda ozgina qiziqish hosil qilgan deyarli barcha narsani, hattoki o’z-o’zini – o’zining kelib chiqishi, rivojlanishi, madaniyatning boshqa shakllari bilano’zaro aloqasini, jamiyat moddiy va ma’naviy hayotiga ta’sirini o’rganadi.

Shu bilan birga, bugungi kunda olimlar fan hali yosh hamda olamdagi barcha sirlar o’rganib bo’linmagan, deb hisoblaydilar. Odatda fanga aloqasi bo’lgan fantastyozuvchilar ancha uzoqqa nazar tashlab, fan va jamiyatning kelajagini oldindan bilishga urinib, ilmiy bilishning makoni naqadar cheksizligini ko’rsatib bermoqdalar.

Bugungi kunda olimlik – bu o’ziga xos kasbdir. Millionlab olimlar maxsus tadqiqot institutlarida va laboratoriyalarda ishlamoqda. «Ilmiy xodim» tushunchasi paydo bo’ldi. Ilmiy konsultant yoki maslahatchi funkstiyalarini bajarish, ularning jamiyat hayotining turli-tuman masalalarini ishlab chiqish yoki ular bo’yicha qaror qabul qilishda ishtirok etishlari me’yoriy holga aylandi.

Oliy o’quv yurti o’qituvchisi shaxsida ilmiy mehnat va pedagog mehnatining qo’shib olib borilishi jamiyat va millat uchun yanada qimmatli hisoblanadi. Bu holda ilmiy yutuqlar eng qisqa muddatda ta’limning mulkiga va jamiyat, davlatning qadriyatiga aylanadi.




Download 86,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish