Kirish
Bandlik yoki aholini ish bilan taʼminlash — mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali mehnat bilan mashgʻul boʻlishi; fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan va qonunlarga zid kelmaydigan, mehnat daromadi beradigan faoliyati.[1] Bandlik xodimni ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslangan aniq mehnat kooperatsiyasiga jalb etish boʻyicha kishilararo munosabatlarni ifoda etadi. Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda tadbirkorlikni, oʻzini ish bilan mustaqil taʼminlash (oʻzicha bandlik)ni, shaxsiy tomorqa xoʻjaligidagi ishni, uy xoʻjaligida band boʻlish va bolalarni tarbiyalash bilan shugʻullanish, davlat va jamoat vazifalarini bajarishni, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida kunduzgi oʻqishni ham oʻz ichiga oladi.
Bandlik toʻliq va toʻliqsiz boʻlishi mumkin. Toʻliq bandlik amalda mehnatga qobiliyatli aholining 90 — 92 % band boʻlishini nazarda tutadi. Bozor sharoitlarida toʻliq bandlik jamiyat darajasida tabiiy ishsizlikning boʻlishini ham bildiradi. Toʻliq boʻlmagan bandlik aksariyat hollarda yashirin koʻrinishga ega boʻlib, xodimlarni rasman band deb hisoblashni nazarda tutadi, amalda xodimlardan qisqartirilgan ish vaqti davrida foydalanishni anglatadi.
Ikkilamchi bandlik amalda oʻrindoshlik boʻlib, xodimning qoʻshimcha ish haqi topish uchun ish kuchini oʻzi asosiy band boʻlgan korxonaga (asosiy ishdan boʻsh vaqtlarda) taklif etishini bildiradi. Oʻzicha bandlik (oʻziga ish topish) daromad manbai boʻladigan faoliyatni mustaqil izlashni, davlatning turli darajadagi idoralari qoʻllab-quvvatlashi yordamida doimiy yoki vaqtinchalik daromad olish uchun ish oʻrinlari barpo etishni nazarda tutadi. Oʻzicha bandlik aksariyat hollarda kichik biznes koʻrinishiga ega boʻladi va xodimlarning oʻz tashabbuslari bilan turli isteʼmol tovarlari tayyorlash va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha yakka mehnat faoliyati bilan bogʻliq.
Xulosa
Ahоlini ish bilan ta’minlash bu, fuqarоlarning ehtiyojini qоndirish bilan bоg’liq bo’lgan, qоnunlarga zid bo’lmagan va bularga ish haqi (mеhnat darоmadi) kеltiradigan faоliyati, bandlikning ahvоli, uning eng muhim хususiyatlari, milliy farоvоnlik haqida, iqtisоdiy rivоjlanish sоhasida tanlangan yo’lning samarali ekanligi, ahоlini ish bilan bandlik darajasini yaхshilash yo’nalishlari to’g’risida хulоsa chiqarish imkоnini bеradi.
Aholining ish bilan oqilona bandligiga ishchi kuchi talab va taklifi oʻrtasidagi bozor muvozanatiga erishilgan, mulkchilikning turli shakllari rivojlangan, iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlar yuzaga kelgan, yashash va mehnat qilish joylari erkin tanlangan, mahalliy kadrlar safarbarligining har qanday ma’muriy cheklanishlari bekor qilingan, mehnat haqidagi qonunlarga muvofiq ishga joylashish kafolatlari mavjud boʻlgan, eng kam ish haqi darajasini minimal iste’mol budjetigacha oshirishga muvaffaq boʻlingan va mehnat daromadlaridan soliqlar asta-sekin qisqartirilgan sharoitlardagina erishish mumkin.
Aholining ish bilan ta’minlanishi davlat tomonidan turli iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy va huquqiy tadbirlarni amalga oshirish asosida tartibga solinadi.
Mundarija
Kirish
Aholining ish bilan bandligi shakillanishi va mohiyati
Ish bilan bandlik – ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning elementi sifatida
Aholining bandligini ta’minlash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Abdurahmonov Q.X., Shoyusupova N.T., Bakiеva I.A., «Mеhnat iqtisodiyoti» (Darslik) – T.: TDIU, 2010.
Inson taraqqiyoti. Darslik. Professor Q.X.Abduraxmonov tahriri ostida – T.: “Fan va texnologiya”, 2013
O’zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonuni 5-moddasi // www.lex.uz
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 14-fevraldagi “Obod turmush yili” Davlat dasturi to’g’riisda”gi 1920-sonli Qarori
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bandlik
Do'stlaringiz bilan baham: |