Kirish audit va auditorlik faoliyatining mohiyati


Auditorlik faoliyatini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari tavsifi



Download 0,89 Mb.
bet5/12
Sana17.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#814686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
03.Auditorlik faoliyatining professional xizmatlari turlari va ularni takomillashtirish muammolari

3.Auditorlik faoliyatini tashkil etishning normativ-huquqiy asoslari tavsifi
Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish natijasida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga yordam beradigan, xo‘jlik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo‘l-yo‘riq va boshqa turlardagi amaliy yordam ko‘rsatadigan professional xizmatning yangi shakli - auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda, “.... xususan: birinchidan, auditorlik tashkilotlariga ishonch darajasi past, shuningdek, auditorlik tekshiruviga moliyaviy hisobotning haqqoniyligini tasdiqlashning kafolati emas, balki ortiqcha va malol keladigan ma’muriy tartib-taomil sifatida qaralmoqda;
ikkinchidan, auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha mavjud cheklovlar va tanlovlar o‘tkazish amaliyoti ko‘p hollarda insofsiz, shu jumladan, narx borasida insofsiz raqobatni keltirib chiqaradi, buning oqibatida auditorlik xizmatlari sifati va auditorlik xulosalarining haqqoniyligi pasaymoqda; uchinchidan, auditorlarni maxsus tayyorlash va ularning malakasini oshirishning amaldagi tizimi yuzaki tusga ega bo‘lib, professional tayyorgarlikning va auditorlik xizmatlari sifatining zaruriy darajasini, shu jumladan, auditorlik faoliyatining xalqaro standartlariga mosligini ta’minlamayapti, bu esa auditor kasbi nufuzining pasayishiga olib kelmoqda.» .
Auditorlik faoliyatini rivojlantirish esa ko‘p jihatdan nazariy, huquqiy- me’yoriy, amaliy tashkil etish jihatlarini ilmiy asoslangan holda takomillashtirishga bog‘liq. Bu borada so‘ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakatimizda auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlami rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko‘rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to‘g‘risida» 4-aprel 2007-yilda 615-sonli qarori qabul qilindi. Natijada, auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun attestatsiya o‘tkazish tartibi va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari aniqlandi.
Shuningdek, mamalakatimizda xo‘jalik sub’yektlarining o‘tgan yilgi moliyaviy faoliyati va ularning barqarorligiga aniq baho berish asosida ularning kelajakdagi istiqbollarini belgilashga sharoit yaratish lozimligi belgilandi.
Mamlakatimizda 1992-yil 9-dekabrda birinchi marta me’yoriy hujjatlarda audit so‘zi tilga olindi va auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimini rivojalantirish yo‘lida xalqaro audit tajribasi va rivojlanishiga tayanib bir necha bosqichlar bosib o‘tildi. Auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimining birinchi (yuqori) pog‘onasida "Auditorlik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonun(yangi tahriri) turadi. Qonun Oliy Majlisning 2000-yil 26-maydagi qaroriga muvofiq qabul qilingan va 29 moddadan iborat. Ushbu Qonunni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko‘rinishga ega.
Ushbu tizimning birinchi pog‘onasiga «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish maqsadida qabul qilingan hukumat qarorlarini ham kiritish mumkin.
Ushbu qarorga muvofiq ijobiy auditorlik xulosasi mavjudligi xo‘jalik yurituvchi sub’yektining moliya-xo‘jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan oxirgi tekshirish o‘tkazilgandan keyin kamida 24 oydan oldin tekshirilmasligi uchun asosdir.


Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish