Ishni bajarish tartibi
Yig`uv operatsiyasi jarayonlari bilan tanishish
Yig`uv ishlarida texnalogik jarayonni tuzishni qoidalarini o`rganish
Yig`uv jarayonlarni avtomatlashtirishning asosiy yunalishlari bilan tanishish
Buyumni yig`ishni ketma-ketligini aniqlash
Buyumni avtomatik yig`ish texnalogik jarayonini tuzish
Bazani va yig`ilayotgan buyumni oreintirlashning asosiy yunalishlarini aniqlash .
Yig`uv ishlarini usullarini aniqlash
Bajarilgan ish buyicha hisobot tuzish.
Nazorat savollari
1. Tanlangan mahsulotning asosiy yig’ish usullari.
2. Yig’uv tehnologik jarayoni bu?
3. Detalni yig’ish jarayonida asosiy orientasiyalash usullari
AMALIY MASHG’ULOTN 6
Elektromagnit yuritmani vibratsion yuklash qurilma paramettlarini hisoblash va sozlash
Ishdan maqsad: seriyali ishlab chiqarishni kompliksli avtomatlashtirish bilan tanishish.
Berilgan:
Seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni asosiy usullari bilan tanishish.
Seriyali ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni asosiy vositalari bilan tanishish.
Sanoat robortlarining ishlari bilan tanishish.
Metodik qo`llanma
Ishlab chiqarish dasturi buyicha 3 turga bo`linadi: donabayt, seriyali va ommaviy.
Donabayt ishlab chiqarish: sanoatda tayyorlanadigan bitta va yagona qayta qaytarilmaydigan mahsulotni yoki kichik hajmdagi ishlab chiqarishda analik alomati buyicha qayta qaytirilmaydigan texnalogik seklini donabayt ishlab chiqarish deb ayailadi.
Donabayt ishlab chiqarishda- bu turdagi ishlangan buyumlar keng sohada ishlatilmaydi.
Seriyali ishlab chiqarishda – bir turdagi mahsulotni kalindar vaqt oralig`ida uzlukisiz davomiy ishlab chiqarish hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan buyumlar partiyalab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmiga ko`ra seriyalab ham quyidagilarga bo`linadi: kichik seriyali, o`rta seriyali, va ko`p seriyali. Seriyali ishlab chiqarishda- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning bir partiyasi yana takroran ishlab chiqariladigan buyumlar yani metal kesuvchi stanoklar, nasoslar, reduktorlar va boshqalar tushuniladi.
Ommaviy ishlab chiqarish- tashkilashtirish va texnalogiyasi uzluksiz ko`plab ish joylarida bir xil operatisyalar bajariladi va ishlab chiqarishda katta hajmdagi buyumlar nomenklaturasi chizmalari uzoq vaqt davomida o`zgarmaydigan ishlab chiqarish turga aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarish mahsulotlari bo`lib avtomabillar, traktorlar, elektrodvegatillar, va boshqalar. Ishlab chiqarishning avtomatlashtirish texnik tadbirlar kompliksi tushunilib yangi tarraqiyot texnalogik jarayonlarni tuzish va shunga asosan yuqorish ishlab chiqarish moslamalarini ishlab chiqishdir va bu bizga yordamchi va asosiy operatsiyalarni odam ishtirokisiz bajarishdir.
ICHJA yangi texnalogiyani yaratishda konstruktiv-texnalogik va ekanomik vazifalarni yig`indisi hisoblanadi.
Avtomatlashtirish har doim mexanizatsiyalashdan oldinda bo`lgan.- operatorlar boshqaradigan bunaqangi texnalogiya moslamalar bazasi birlamchi avtomatlashtirishdir. Bundan tashqari buyumlarni nazorat qilish, moslamalarni sozlash va tog`rilash, buyumni yulash va yuklab olish va boshqa yordamchi operatiyalar bajariladi. Mexanizatsiya aniq bir ishlab chiqarishda yetarlicha effektli deb hisoblash mumkun, lekin ICHJA da buyumnlari tayyorlashning yuqori ishlab chiqarish unumdorligida sifatli mahsulot olishni taminlaydi. son va sifat bahosi holatini ishlab chiqarishni mexaniztsiyalash va avtomatlashtirishda ko`rib chiqiladi. Muhum bo`lgan kursatgich darajasi bu – avtomatlashtirish darajasidir. Bu esa avtomatlashtirilgan operatsiyalar soni bilan aniqlanadi.
= pavt/ pobsh
Kattaligi esa ishlab chiqarish turiga bog`liq. Agar donabayt ishlab chiqarishda 0.1,,,0.2 dan oshmasa ommaviyda esa u 0,8…0,9ni tashkil qilasi.
Avtomat( grekcha outomatos- o`zi harakatlanuvchi)- o`zi harakalanuvchi uskuna yoki jamlangan uskunalar: berilgan dastur bo`yicha energiyani, materilni va informatsiyani olishda, berishda, paydo qilishda va foydalanish jarayonida odamlar ishtirokisiz bajaradi. Ketma-ketlikda bajaradigan avtomat dasturning harakati ish sikli deyiladi.Agar ish siklini qayta ishga tushirish uchun odam ishtiroki talab qilinsa bu yarim avtomat deyiladi.Uskunalarni o`rnatish yoki ishlab chiqarishda bir qancha operatsiyalar ketma – ketlikni bajarishda odam qatnashuvi talab qilinmasa bu- avtomatik deb hisoblanadi. Agar jarayonlarni bir qismi avtomatlashtirilgan bo`lsa, boshqa bir qismi operatorni qatnashuvini talab qilsa unda bunday jarayon avtomatizatsiyalashtirilgan deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatizatsiya darajasini operatorning boshqarish jarayonidagi qatnashish ulishi buyivha aniqlanadi. To`liq avtomatlashtirishda qandaydir vaqt oralig`ida ham odam qatnashuvi talab qilinmaydi. Qanchalik bu vaqt ko`p bo`lsa avtomatizatsiya darajasi shunchalik ko`pdir. Odamsiz rejimdagi ish deganda shunday avtomatizatsiya darajasi tushuniladikiy stanok, ishlab chiqarish uchastkasi, sex va butun zavod hech bo`lmaganda bir smenada (8soat) odam qatnashmaydi.
ishlab chiqarish sestimalarida avtomatik boshqarishni qul bola ishlab chiqarishga nisbatan solishtirganda quyidagicha ustinligi bor: nisbatan yuqori tez harakat qiladigan, yuoqri sifatli mahsulotni kam miqdordagi metal va energiya sarf qiladi. Avtomatlarinson uchun og`ir , xavfli, zararli sharoitlarda ishlashi mumkun. Odamlar charchash paytida dam olishsa avtomat uzoq vaqt davomida ishlaydi.
Iqtisodiy ustunlik erishilishi texnalogik ustunlik hisoblanib ishlab chiqarishda avtomatizatsiya sestimasi qo`llaniladi. Bunga ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini nisbatan ko`p oshirishni hisoblash mumkun: resurslardan unumli foydalanish ( mehnat, material, energiya,); mahsulotni nisbatan yuqori va turg`un sifatliyligi, buyumni loyihalanishni boshidan to tayyor bo`lgangacha vaqt tijaladi. Mehnat resurslarni ko`paytirmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish mumkun.
Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mehnatni, materialni, energiyani tijaydi. Ishlab chiqarishda avtomatik rejalashtirish va operativ boshqaruv optimal tashkil qilish masalasini yechadi va tugallanmagan ishlab chiqarish zahirasini kamayadi. Avtomatik sozlash asboblar va oddiy uskunalarni ishdan chiqishini oldini oladi. Avtomatlashtirilgan loyihani va mahsulotni tayyorlashda EBM ni qullash xujjat qog`ozlarni bir muncha kamaytiradi. Avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarishda saqlash, tuzish, berish va foydalanish ko`p vaqt oladi.
Avtomatlashgan ishlab chiqarish yuqori kvalifikatsiya, texnik savodli hizmatni talab qiladi. Shunga yarasha mehnat harakteriga aloqador bo`lgan: sozlash, tamirlash, dasturlash va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni tashkil etish ishlari o`zgaradi. Bu ish chuqur va har tomonlama bilimni talab qiladi. Ishlab chiqarish darajasi sanoatning hamma sohasida rivojlantirishga bog`liq. Ishlab chiqarishni koeffitsiyentini oshishida va avttomatlashtirish katta rol uynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |