DЕTАLLАRNI QUYISH USULI BILАN TАYYORLАSH UCHUN RОBОT TЕXNIK KОMPLЕKSLАR Quyish ishlab chiqarishni robototexnikani qo’llab avtomatlashtirish hozirgi vaqtda boshlangich bosqichida hisoblandi. Robototexnika sohasida quyish ishlab chiqarishning asosiy yunalishlari quyidagilar:
Quyishda hosil bo’lgan ortiqcha qismlarni tozalash;
Termik ishlov berish va nazorat;
Olib-quyish operasiyalari.
Bosim ostida quyish jarayonini robotlashtirirsh alohida o’rin tutadi.
Ko’pgina mamlakatlarda turli robototexnik quyish komplekslari yaratilgan va hozirgi vaqtda ishlatilmoqda. Masalan Volvo firmasining quyish sexida (Shvesiya) quyish jarayonida hosil bo’lgan ortiqcha qismlarni tozalash robototexnik kompleksi ishlatilmoqda . 5.8-rasmdaformirovka sterpsenslarini o’rnatish robototexnik kompleksi keltirilgan.
5.8-rasm Bu RTK quyish formasiga formovka sterjinlarini o’rnatish uchun qo’llaniladi. Kompleks PR—16P modeldagi pnevmatik sanoat robotidan 1 konvyerdan 2 va telejkali konvyer 3 dan tashkil topgan.
DЕTАLLАRGА QОPLАMАLАR BЕRISH JАRАYOLАRINI BОSHQАRISH UCHUN RОBОT KОMPLЕKSLАRINI ISHLАTISH Detallarga qoplamalar berish jarayonlari inson sog’ligi uchun zararli ishlab chiqarish hisoblanadi, chunki turli kislotalar, ishqorlar va boshqa komyoviy moddalar bilan ishlanadi.
Og’ir va ko’p marta qaytariladigan, qoplama amalga oshiriladigan vannaga detalni tushirib va qayta olish operasiyalarini bajarishida universan robotlar ishlatiladi. Robot odatda stasionar joylashadi yoki rels bo’yicha harakatlanuvchi bo’ladi. Ayrim hollarda detallarga qoplamalar berish jarayonini robotlashtirishda osma transport robotlar qo’llaniladi.
Detallarga qoplamalar berish robotlashtirilgan avtomatik liniyalari bir qator vannalardan, quritish kamerasidan, boshqarish sistemasidan tashkil topgan ( 5.9-rasm )
Sanoat robotlari bir pozisiyadan ikkinchi pozisiyaga siljishi monorels orqali amalga oshiriladi. Monorels to’gri chiziqli yoki egri chiziqli bo’lishi mumkin.
5.9-rasm Turli robotlardan tashkil topgan detallarga qoplama berish avtomatik liniyasi a) osma; b) konsol tishda; 1- sanoat roboti , 2-datchiklar; 3-vannalar; 4-kabel; 5-rel’sin yo’l 6 – apparat ; 7 - detallar 8 – qisqich