Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro munosabatlar fakulteti
3-1a-19-guruh talabasi
Madaminov Muhammadalining
Xalqaro munosabatlar tarixi fanidan
,,Koreya urushi’’ mavzusidagi
KURS ISHI
Reja:
Kirish.
Asosiy qism
Xulosa.
Atamalar izohi.
Internet manbalari.
Mundarija.
Kirish
Koreya urushi bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qo’llab-quvvatlangan Koreya respublikasi va Sovet Ittifoqining harbiy-moddiy yordami bilan Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)tomonidan qo’llab-quvvatlangan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi o’rtasidagi 1950-yil 25-iyundan 1953-yil 27-iyulda imzolangan sulh shartnomasigacha davom etgan urushdir. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Koreyaning ikki qismga bo’linishi bu urushga zamin yaratdi. Koreya yarim orolini 1910-yildan Ikkinchi Jahon urushi oxirigacha Yaponiya boshqargan. Yaponiyaning taslim bo'lishidan keyin 1945-yilda Amerika ma'murlari yarim orolni 38-paralell bo’ylab ikki qismga bo’lishdi. Janubiy qism AQSh, shimoliy qism esa sovet qo’shinlari tomonidan egallab olindi. 1948-yilda Koreya yarimorolida erkin saylovlarning o’tkazilmasligi ikki tomon o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirdi va shimolda kommunistik hukumat tuzildi. 38-paralell tobora ikki Koreya o’rtasidagi siyosiy chegaraga aylandi. Urushdan oldin bir necha oy davomida birlashish to’g’risida muzokaralar davom etgan bo’lsada, keskinlik kamaymadi. Shimoliy Koreya kuchlari 1950-yil 25-iyunda Janubiy Koreyaga bostirib kirganda, vaziyat ochiq urushga aylandi. Bu Sovuq Urushning birinchi muhim qurolli to’qnashuvi edi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, xususan Qo’shma Shtatlar Janubiy Koreyaga bosqinni qaytarish uchun yordamga kelishdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tezkor hujumi shimoliy koreyaliklarni 38-chi paralleldan o'tib, deyarli Yalu daryosiga olib chiqdi, shu paytda Xitoy Xalq Respublikasi Shimol tomonda urushga kirdi. Xitoy Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuchlarini 38-Paraleldan orqaga surib, qarshi hujumga o'tdi. Sovet Ittifoqi Shimoliy Koreyaga va Xitoy armiyasiga moddiy yordam ko’rsatdi. Urush 1953-yilda 38-paralell yaqinidagi chegarani qayta tiklagan va ikki koreys davlati o’rtasida 4 km kenglikda demilitarizatsiyalashtirilgan zona tashkil etgan sulh bilan tugadi. Urushning kichik ko’rinishlari hozirgi kunga qadar davom etmoqda. Shimol ham, Janub ham tashqi kuchkar homiyligiga tayangan edi, bu urush oddiy mahalliy urush emasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |