Kirish. Asosiy qism Xulosa


Xitoy aralashuvi (1950-yil, oktabr-dekabr)



Download 153,27 Kb.
bet14/19
Sana29.12.2021
Hajmi153,27 Kb.
#76713
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Muhammadali. Kurs ishi.

Xitoy aralashuvi (1950-yil, oktabr-dekabr)

1950-yil 27-iyunda, KPA hujumga o’tishidan ikki kun o'tgach va xitoylar urushga kirishidan uch oy oldin, Prezident Truman Xitoy Xalq Respublikasidan Xitoy Milliy Respublikasini(Tayvan) himoya qilish uchun AQShning yettinchi flotini Tayvan bo'g'oziga yubordi. 1950-yil 4-avgustda, Xitoyning Tayvanga bostirib kirishi bekor qilinganidan so'ng, Mao Szedun Siyosiy byuroga, Xalq ozodlik armiyasining (PLA) Tayvan bosqini kuchlari Shimoliy-Sharqiy Chegara Kuchlari sifatida qayta tashkil etilganida Koreya urushiga aralashishi haqida xabar berdi.



Betaraf mamlakat diplomatlari orqali Xitoy milliy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida Koreyadagi urushda BMT qo'mondonligiga qarshi intervensiya qilishi haqida ogohlantirgan. Prezident Truman xabarni "BMTni qo’rqitib tovlashga urinish" deb izohladi. 1950-yil 2-oktabrda, ROK Armiyasi 38-chi parallelni bosib o'tganidan keyin, Siyosiy byuro Xitoyning Koreya urushiga aralashishiga ruxsat berdi. Keyinchalik xitoyliklar Xitoy intervensiyasidan oldin Shimoliy Koreyani bombardimon qilish chog'ida AQSh bombardimonchilari Xitoyning milliy havo maydoninga ham zarar yetkazganliklarini da'vo qilishdi.

1950-yil sentyabr oyida XXR bosh vaziri Chjou Enlay harbiy va moddiy yordam so'radi. Stalin javobni kechiktirdi; Mao urushni boshlashni 13-oktabrdan 19-oktabrga ko’chirdi. SSSR Yalu daryosining shimolida havo yordami bilangina cheklandi. Mao buni foydali deb hisoblamadi, chunki jang Yalu janubida bo'lib o'tar edi.



1950-yil 8-oktyabrda Mao Szedun Shimoliy-Sharqiy Chegara Kuchlarini Xitoy Xalq Ko'ngillilari Armiyasi (PVA) sifatida qayta tashkil etdi, ular marshal Peng Dehuay qo'mondonligi ostida "Amerikaga qarshi va Koreyaga yordam berish uchun urush" ga kirishlari kerak edi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining havo tekshiruvida kunduzi xitoyliklarni ko'rish qiyin kechdi, bunga ularning safda yurishi va bivouak2 tartibi havo aniqlanishini minimallashtirdi. Xitoyliklar "qorong'idan qorong'igacha" yurish qildi (19:00–03:00) va havo kamuflyaji3 (askarlar, o'ralgan hayvonlar va jihozlarni yashiradigan) 05:30 ga qadar joylashtirildi. Bu orada, kunduzgi oldidagi qismlar navbatdagi bivouak uchun joy qidirishdi. Kunduzgi mashg’ulotlar yoki yurish paytida, agar samolyot paydo bo’lsa, uchib ketguniga qadar askarlar harakatsiz turishlari kerak edi. Xavfsizlik qoidalarini buzganlarni otib tashlash haqida buyruq mavjud bo’lgan. Jang maydonidagi tartib-intizom uch qismli armiyaga 460 km masofani qariyb 19 kun ichida bosib o’tib, jangovar zonaga yetib borishga imkon berdi. Boshqa bir bo'linma faqat kechasi kuniga o'rtacha 18 mil (29 km)dan 18 kun davomida yo’l bosib aylanma tog'li yo’lni bosib o'tdi.

Shu bilan birga, 1950-yil 10-oktabrda 89-Tank Batalyoni 1-chi Kavaleriya Diviziya tarkibiga qo'shilib, Shimolga hujum qilish uchun mavjud bo'lgan qurol-aslahalarni ko'paytirdi. 15-oktabrda KPA-ning mo'tadil qarshiligidan so'ng, 7-chi Otliq Polk va Charli kompaniyasi, 70-Tank Batalyoni Namchonjam shahrini egallab oldi. 17-oktabrda ular Xvanjuni qo'lga olish uchun asosiy yo'ldan (Pxenyanga olib boradigan) uzoqlashgancha o'ng tomonga siljishdi. Ikki kun o'tgach, 1-chi Kavaleriya Diviziya 1950-yil 19-oktyabrda Shimolniing poytaxti Pxenyanni egallab oldi.

Prezident Truman va general Makartur 1950-yil 15-oktabrda Tinch okeanining markazidagi Ueyk orolida uchrashdilar. Ushbu uchrashuv AQShning kontinental qismida Prezident bilan uchrashishni qat'iy rad etganligi sababli juda keng ommalashdi. Makartur Prezident Trumanga Xitoyning Koreyaga aralashishi xavfi kamligini va Xitoyning KPAga yordam berish imkoniyati puchga chiqqan deb hisoblashini aytdi. U Xitoyning Manchuriyada qariyb 300,000, Yalu daryosi bo’yida 100,000–125,000 askari bor deb o’yladi. Keyinchalik u "agar xitoylar Pxenyanga kirishga harakat qilsalar, (havo kuchlaridan himoyasiz ravishda) eng katta qirg'in bo'ladi" degan xulosaga keldi.

Xitoy va AQSh harbiylari o'rtasidagi birinchi to'qnashuv 1950-yil 1-noyabrda bo'lib o'tdi; Shimoliy 19-oktabr kuni Yalu daryosidan yashirin ravishda o’tganidan keyin, xitoyliklar 25-oktyabr kuni Xitoy-Koreya chegarasi yaqinidagi BMT kuchlariga hujum qildi. Koreyaning ichkarirog’ida, Xitoy armiyasining minglab askarlari AQShning askarlariga shimoldan, shimoli-g'arbdan va g'arbdan uch marta kuchli hujumlar uyushtirib, Unsan jangida ularning mudofaasini yorib o'tdilar. Kutilmagan hujum natijasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuchlari Cho’ncho’n daryosi tomon orqaga chekinishgan, xitoylar esa g'alabadan keyin kutilmaganda tog' qa'riga g'oyib bo'lishgan. Nimaga xitoyliklar hujumni yakunlamaganligi noma'lumligicha qolgan.

24-noyabr kuni yangi hujum boshlandi: AQSh kuchlari Koreyaning shimoli-g’arbiy qismi bo’ylab harakat boshladi. Bu paytda amerikaliklarning boshqa qismi sharqiy qirg’oq bo’ylab hujum boshlashgan edi. Ammo xitoyliklar keying hujum uchun pistirmada edilar.

25-noyabrda Koreyaning g’arbidagi frontda Cho’n-cho’n daryosi bo’yidagi jangda xitoyliklar hujumga o’tishdi. BMT qo'mondonligi orqaga chekindi; AQSh kuchlari ham Turk Brigadasining xitoyliklarning harakatini ikki kunga kechiktirgan (27-29-noyabr) muvaffaqiyatli harakatlaridan keyin chekina oldi. 27-noyabrda sharqiy frontda AQShning 3 ming askardan iborat 7-piyoda qo’shinlar bo’linmasi va 12-15 ming dengiz piyoda askarlari Chosin suv ombori bo’yidagi xitoy askarlarining qurshoviga tayyor emasdi, ammo ular 15 ming yaqin qurbonlar bo’lishiga qaramay havo kuchlari yordami bilan qochib qutula oldi.

30-noyabrga kelib, PVA 13-chi armiya guruhi AQShning sakkizinchi armiyasini Koreyaning shimoli-g'arbiy qismidan chiqarib yuborishga muvaffaq bo'ldi. Amerikaliklar qarshilik ko’rsatishni o’rniga tezroq shimoldan chekinib, dekabr o'rtalarida 38-chi paralleldan janubga o’tdilar. AQSh sakkizinchi armiyasining qo'mondoni general Uolton Uolker 1950-yil 23-dekabrda avtohalokatda halok bo'lganidan keyin BMT kuchlari ruhiy tushkunlikka tushib qoldi. Shimoliy-sharqiy Koreyada 11-dekabrga qadar AQSh X Korpusi Hangnam portida mudofaa perimetrini o'rnatishda xitoyliklarnig 9-chi armiya guruhi ustidan muvaffaqiyatli harakatlar amalga oshirdi. Ularni janubdagi amerikaliklarning og’ir ahvoldagi 8-armiyasini kuchaytirish uchun 24-dekabrgacha evakuatsiya qilishga to’g’ri keldi.

Hangnam evakuatsiyasi paytida Pusanga 193 ga yaqin BMT qo'mondonligi kuchlari va qurollar-aslahalar (taxminan 105,000 askar, 98,000 tinch aholi va 17,500 ta transport vositalari) evakuatsiya qilindi. Tark etishdan oldin, BMT qo’mondonligi kuchlari shaharning ko’p qismini, ayniqsa, portlarni vayron qildi.


Download 153,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish