Sichqon Otkrit (Ochish) tugmachasi ustida bosiladi.
Papka ro’yxatidan xujjat saqlanuvchi disk, jild yoki Internet katalogi tanlanadi.
Izlanayotgan xujjat joylashgan jild topilmaguncha tanlangan jildlar ustida sichqon ketma-ket ikki marta bosiladi, jildlar ochilaveradi.
Agar yuqorida keltirilgan usul bilan faylni topish iloji bo’lmasa, fayllarni qidirishning maxsus amallaridan foydalanish kerak.
Agar xujjat kompyuterning qattiq diskida yoki tarmoqdagi diskda saqlanayotgan bo’lsa, uni nusxa holida ochish mumkin. Shuningdek, joylashishidan qat’iy nazar, xujjatni «faqat o’qish uchun» tartibida ochish mumkin, bu uni har xil tasodifiy o’zgarishlardan saqlaydi.
Agar xujjatning bir nechta variantini saqlash uchun Versiya (Fayl menyusida) buyrug’idan foydalanilgan bo’lsa, xujjatning oldingi versiyasiga qaytib, uni ochish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |