Kirish: Asosiy qism


Musiqa san’atida ifoda vositalarining о’ziga xos xususiyatlari



Download 149,64 Kb.
bet2/7
Sana06.07.2022
Hajmi149,64 Kb.
#743596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kuy, gаrmоniya, pоlifоniya, fаkturа

Musiqa san’atida ifoda vositalarining о’ziga xos xususiyatlari
Mustaqil respublikamizda yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berilib, ularni xalqimiz madaniyati, san’ati, tarixi, adabiyoti, tili va milliy qadriyatlariga muhabbat ruhida tarbiyalash, ma’naviy va intellektual salohiyatli shaxslar sifatida
shakllantirish ustivor vazifadir. Zero, ma’naviy yetuk, aqliy barkamol, ahloqiy, estetik madaniyati barqaror shakllangan shaxsni tarbiyalash shu kunning talabidir.
Insonning ma’naviy ongi, dunyoqarashi va madaniy kamolotining shakllanishida musiqa boshqa san’at turlari ichida о’zining ta’sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Musiqa insonning his-tuyg’ulari olamidagi barcha nozik hissiyotlarni aks eta
oladi, eng murakkab tuyg’ular, nozik kechinmalar va turli kayfiyat holatlarini ta’riflay oladi. Musiqa ruhiy holat xususiyatlarini ifodalash bilan insonni qurshab
turgan atrof-muhit va tabiatni, xalq milliy ruhini о’zida aks ettira oladi. Shu sababli, buyuk kompozitorlar ijodida milliy kuy koloritini, shu xalqqa xos bо’lgan
xususiyatlarni anglab olish mumkin. Musiqa boshqa san’at turlari kabi insonlarning о’zaro muloqotiga yordam
beruvchi vosita sifatida ham namoyon bо’ladi. Ammo musiqa faqat tinglash orqali
qabul qilinadi hamda insonning his-tuyg’ulari orqali unga ta’sir etadi. Shu sababli
u boshqa san’at turlaridan murakkabroq bо’lib, musiqaning tilini yaxshi tushunish
uchun uning eng muhim ifoda vositalarini bilish zarurdir. Musiqaning mazmuni spetsifik musiqiy obrazlarda haqiqiy borliqning aks
ettirilishidir. Badiiy-obrazli tafakkur, unga mos bо’lgan badiiy mazmun barcha san’at turlari spetsifikasini yaratadi. Badiiy, xususan, musiqiy obrazlar ijodiy ongda borliqni idrok etish natijasida paydo bо’ladi. Musiqa va boshqa san’at turlari insonning nafaqat emotsional, balki butun ma’naviy hayotini aks ettirib, g’oyaviy, estetik bilim va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta’limi о’zining tashkiliy, uslubiy tuzilish xususiyati bilan boshqa
fanlar mashg’ulotlaridan farq qiladi. Musiqa san’ati о’zaro bir-biriga bog’liq, bir-
birini davom ettiruvchi va tо’ldiruvchi bir nechta fanlar: musiqa nazariyasi, garmoniya, musiqa tarixi, musiqa asarlar tahlili orqali о’zlashtiriladi. Bu fanlar
turli mazmunda bо’lsa-da, ularning barchasi о’quvchilarda musiqa madaniyatining
shakllanishiga xizmat qiladi. Masalan, musiqa tinglash faoliyati о’quvchilarga asarlar tuzilishi, uning janri, g’oyaviy-badiiy mazmuni, xarakteri, ijrochilik usullari, milliy yoki chet el musiqasiga oidligi va hokazolar haqida umummusiqiy -
nazariy bilimlarni egallashga yordam beradi. Musiqa shaklini vujudga keltirishda о’zaro alokada bо’lgan kuy, garmoniya va ritm musiqaning boshqa ifoda vositalari orasida asosiy ahamiyatga egadir. Kuy, ya’ni bir ovoz bilan ifoda etilgan musiqaviy fikr musiqaning eng muhim ifoda vositasi hisoblanadi. Kuyda u yoki bu fikrning xarakterli belgilari odatda hammadan kо’ra ravshanroq namoyon bо’ladi. О’quvchilar musiqa tinglash jarayonida asarlarni nazariy va amaliy ijrochilik
nuqtai-nazaridan tahlil qilish, ularga tavsif berish, baholay olish malakalarini shakllantiradilar. Bu jarayon о’quvchilarda amaliy hamda nazariy savodxonlik,
bilim va malakalarga ega bо’lishni ta’minlaydi. Ushbu bilimlar “Musiqa nazariyasi” fanida о’rganilib, musiqaning elementlari, ifoda vositalari va boshqalar haqida nazariy ma’lumotlarni beradi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, musiqa idroki va musiqa savodi faoliyatlari
о’zaro uzviy bog’lanib, boshqa barcha faoliyatlar amaliyotida yetakchilik qiladi. Musiqa bayoni va ifoda etish vositalari musiqa e l e m e n t l a r i deyiladi. Musiqa elementlari va ularning о’zaro bog’lanishlari haqidagi ta’lim musiqa va uning nazariyasiga oid fanlarda bayon qilingan; bularning boshlang’ich qismi musiqaning elementar nazariyasidir. Musiqaning asosiy ifodaviy vositalari xarakteristikasiga lad, garmoniya, ritm, kuy, temp, registr, tembr kiradi. Musiqaning barcha ifodaviy vositalari о’zaro
bog’liq bо’lib, musiqada badiiy obraz yaratishda musiqa ifodaviy vositalarining
ahamiyati nihoyatda kattadir. “Tovush” sо’zi ikki xil tushunchani bildiradi: birinchisi — fizik holatdagi
tovush; ikkinchisi— sezgi holatdagi tovush. Biror egiluvchan jism, masalan, cholg’u asbobi torining tebranishi (vibratsiyasi) natijasida havoda uzunasiga taralgan tо’lqinsimon tebranishlar hosil bо’ladi. Bu xildagi tebranishlar tovush tо’lqini deb ataladi. Ular tovush manbaidan har tomonga gir aylana (sharsimon) tarqaladilar. Tovush tо’lqinlari eshitish organi tomonidan qabul qilingach, unga ta’sir
etadi va nerv tizimi orqali bosh miyaga о’tib, tovush sezgisini qо’zg’atadi. Biz juda kо’p xilma-xil tovushlarni eshitamiz. Lekin, hamma tovushlar ham musiqada qо’llanilmaydi. Qulog’imiz musiqaviy tovushlar bilan shovqinli tovushlarni bir-biridan ajratadi. Shovqinli tovushlar aniq balandlikka ega emas, shuning uchun ham bu tovushlar musiqada qо’llanilmaydi. Musiqaviy tovushning uch xil fizik xususiyati bor. Ular balandik , qattiqlik va tembrdan iborat. Shu bilan birga, musiqada tovushning chо’zimi ham katta ahamiyatga egadir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri о’zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai-nazaridan tovushning chо’zimi uning asosiy xossalaridan hisoblanadigan yana bir xususiyati bо’lib, u muhim ahamiyatga egadir. Endi musiqaviy tovushning har bir xususiyatini alohida kо’rib chiqamiz. Tovushning balandligi tebranayotgan jismning tebranish tezligi (chastotasi)ga bog’liqdir. Tebranish qanchalik tez bо’lib tursa, tovush shunchalik baland bо’ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bо’lsa, tovush shunchalik past bо’ladi. Tovushning qattiqligi tebranish harakatining kuchiga, ya’ni tovush manbai bо’lgan jismning tebranish kengligiga bog’liqdir. Tebranish harakatlari bо’lib turadigan fazo doirasi tebranish amplitudasi (kengligi) deb ataladi. Tebranish amplitudasi qancha katta bо’lsa, tovush shunchalik qattiq eshitiladi va aksincha. Tembr deb tovushning sifat xususiyati, uning rang-barangligiga aytiladi.
Tembr xususiyatlarini ifodalashda his-tuyg’ularga taalluqli turli qо’llaniladi, masalan: mayin, keskin, yо’g’on, jarangdor, kuychan tovush deyiladi. Ma’lumki, har bir cholg’u asbobi yoki inson ovozi о’ziga xos tembrga egadir. Xilma-xil cholg’u asboblarida eshitiladigan ma’lum bir balandlikdagi tovushlar о’zlarining rang-barangliklari bilan bir-biridan farq qiladilar. Tembrning
farqlanishi har bir tovushga xos bо’lgan yuqori tonlarning tarkibiga (tabiiy aks sadolarga) bog’liqdir. Tovush chо’zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog’liq bо’ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bо’lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi.

Download 149,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish