Kirish Asosiy qism Tuproq hosil qiluvchi abiotik omillar


Achchiq qalampir yetishtirish texnologiyasi



Download 1,19 Mb.
bet4/10
Sana03.07.2021
Hajmi1,19 Mb.
#108688
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
achchiqqq

Achchiq qalampir yetishtirish texnologiyasi

Qalampir (Sarsigum annum)ning achchiq va shirin xillari ma’lum. Achchiq qalampirning mevalari mayda, po‘sti yupqa bo‘lib, tarkibida kapsiana degan achchiq, zaharli moddasi bor. Achchiq qalampir quritib maydalangan holda ovqatga qo‘shib iste’mol qilinadi, turli sabzavotlarni tuzlash, konservalashda ishlatiladi.

Shirin (bulg‘or yoki sabzavot) qalampirning mevasi yirik, go‘shtli, kapsin moddasi juda oz, asosan, mazasi shirin. Shirin yoki bulg‘or qalampiri ovqat uchun yangi holatda ishlatiladi. Shuningdek, turli xil konserva tayyorlashda qo‘llaniladi. Shirin qalampir C vitaminning miqdori bo‘yicha sabzavotlar o‘rtasida birinchi o‘rinda turadi. Vitaminning miqdori yetishtirish sharoitiga ham bog‘liq. Masalan, Toshkent sharoitida yetishtirilgan bulg‘or qalampirining tarkibida, texnik yetilgan fazasida 54—l20 mg %, to‘la pishganda esa 368—535 mg % C vitamini bo‘ladi.

Bulg‘or qalampirining vatani Janubiy Amerika. U yerdan Yevropa, Afrika va O‘rta Osiyoga o‘tgan. Shirin qalampirning poyasi o‘tsimon, tik o‘sadi, balandligi 25—30 sm.dan 70—80 sm.gacha, sershox, barglari silliq yoki tuklangan, uzunchoq shaklga ega. Gullari qo‘sh jinsli, oq, sariq, ekilgandan keyin 80—90 kundan so‘ng gullay boshlaydi va sovuq tushguncha davom etadi. U, asosan, o‘z-o‘zidan va qisman chetdan changlanadi. Mevasi 2—4—

6 bo‘lmali, yirik, go‘shtli, dumaloq, to‘rtburchak va boshqa shakllarda yetilgan mevalarining rangi qizil, qo‘ng‘ir, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi. Urug‘i och sariq, dumaloq-yassi. l000 ta urug‘ining massasi 4—8 g. I toifa urug‘ining unib chiqish qobiliyati 70 %, unib chiqishi 2—3 yil davomida saqlanadi. Ildizi, asosan, yer yuzida (20—30 sm) tarqalgan.

Hozirgi zamon madaniy bulg‘or qalampiri, tropik mamlakatlarda tarqalgan mayda, achchiq mevali qalampirdan kelib chiqqan. Madaniylashtirish natijasida uning tarkibidagi kapsin moddasi asta-sekin kamaya borgan, mevasi esa aksincha yiriklashgan.

Qalampir shimolga qarab tarqala borgan sari mo‘tadil harorat, havo namligining oshishi, yuqori unumdor tuproqlarda yetishtirilishi natijasida uning hozirgi zamon shirin, yirik, go‘shtdor, ko‘p bo‘lmali, achchig‘i yo‘q mevalari paydo bo‘lgan. Janubiy hududlarda yetishtirilgan qalampirni mevalari yiriklashdi, lekin po‘stining yupqaligi, kapsin moddasi miqdorining ko‘pligi esa saqlanib qoladi. Natijada, achchiq qalampirning hozirgi zamon shakllari kelib chiqqan.

Qalampirning shakllari morfologik belgilaridan tashqari tezpisharligi, hosildorligi, mazasi, qand va vitaminlarining miqdoriga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston sharoitida shirin qalampirning «Bolgar-79», «Dari Tash- kenta», «Zumrad», «Zarya Vostoka», «Lastochka» kabi navlari tarqalgan.

Biologiyasi. Qalampir tropik hududlar sharoitida ko‘p yillik, mo‘tadilda esa bir yillik o‘simlik sifatida yetishtiriladi. U issiqqa talabchan, vegetatsiya davri uzun, l20—l50, hatto l80 kungacha. Qalampir havo harorati kunduzi 25—30˚C, kechasi esa l5—20˚C bo‘lganda yaxshi rivojlanadi. Harorat l0—l3˚C bo‘lganda uning rivojlanishi to‘xtaydi, 0,5—l0˚C bo‘lganda esa o‘simlik nobud bo‘ladi. Shirin qalampirga nisbatan achchiq qalampir haroratga talabchan va issiqqa chidamli. Shirin qalampirni urug‘i sekin unadi. Tuproq harorati 8—l0˚C bo‘lganda l0—l2 kundan keyin unib chiqadi. Qalampirlar tuproq unumdorligiga, namligiga, yorug‘likka talabchan. Yorug‘lik yetishmaganda gullari urug‘lanmaydi, hosili keskin kamayib ketadi.

Yetishtirish texnologiyasi. Almashlab ekishda bir va ko‘p yilik dukkakli o‘tlar, poliz ekinlaridan keyin ekiladi. Bir yerda uzoq ekish, pomidor bilan almashtirish qalampir o‘sish va rivojlanishini keskin pasaytiradi, so‘lish kasalligiga uchraydi. Shirin qalampir tuproq sharoitiga, unumdorligiga, organik, mineral o‘g‘itlarga talabchan. O‘zbekiston sharoitida shirin qalampirning har gektariga 20—30 tonna go‘ng, 300—400 kg superfosfat yerni haydash oldidan solinadi va vegetatsiya davrida bir-ikki marta qo‘shimcha oziqlantiriladi. Oziqlantirishda ekin maydonining har bir gektariga 80—l20 kg ammiak selitrasi beriladi.

Qalampirlar oynavandlarda tayyorlangan ko‘chatlardan ekib yetishtiriladi. Urug‘lari oynavandlarga fevralning oxiri va mart oyining boshlarida sepiladi. Tezpishar navlarining urug‘lari oynavandlarga mart oyining oxirlarida sepilsa ham bo‘ladi.



Qalampirlardan yuqori hosil olish uchun ularning ko‘chatlari maxsus chirindilardan tayyorlangan, diametri 5—6 sm.li tuvakchalarda o‘stiriladi. ko‘chatlari dalaga 5—6 barg chiqarganda, aprel oyining ikkinchi yarmida ekiladi. Achchiq qalampirning tezpishar navlarini may oyining boshlanishida ham ekish mumkin. Shirin qalampirni qator oralig‘i 60—70 sm, uyalar oralig‘i 20—25 sm, uyalarga bittadan ko‘chat ekiladi. Shirin qalampir vegetatsiya davrida l0—l2 marotaba sug‘oriladi. Ekilgan ko‘chatlari o‘zini tutib olgach, qator oralig‘i yumshatiladi, o‘simliklar ostiga tuproq yig‘iladi, shundan bir oy o‘tgach ikkinchi marta qator oralig‘i yumshatiladi. Shirin qalampirning mevalari tukkandan keyin 35—45 kundan so‘ng iste’mol qilish uchun yetiladi. Bunda mevalarini kattaligi maromiga yetadi, lekin rangi yashil bo‘ladi. Shu paytda ular maxsus hidga ega va shirin mazali bo‘ladi. Oziqa uchun qalampirning to‘la yetilgan, qizargan mevalari ham ishlatiladi. Shirin qalam- pirning mevalari har 4—5 kunda qo‘lda terib olinadi. Mevalarini tez-tez terib turish gul tugunchalarining to‘kilib ketishini kamaytiradi, hosilini esa oshiradi. Achchiq qalampirning hosili l—2 marotaba, mevalarining urug‘lari to‘la pishganda yig‘ib olinadi. Sovuq tushishidan oldin yetilmagan ko‘k mevalari terib olinadi va quritish davomida yetilib qizaradi. Qalampirlarning mevalari bandlari bilan birgalikda yulib olinadi. Shirin qalampirning mevalarini uzoq saqlab bo‘lmaydi.

Achchiq qalampirning mevalari ochiq havoda 5—6 kun davomida yupqa (l0 sm) qilib yoyib quritiladi yoki iplarga shoda qilib quritish uchun osib qo‘yiladi. Quritilgan achchiq qalampir mevalarida namlik l4 % dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.

Shirin va achchiq qalampirlar urug‘ uchun alohida, boshqa navlaridan 500—l000 m.li masofaga ekiladi. Yuqori texnologiya qo‘llaniladi. Shirin qalampirning mevalari urug‘ uchun avgust- sentabr oylarida terib olinadi. Odatda, yaxshi qizargan birinchi terim mevalari sifatli urug‘ beradi. Pishib o‘tib ketgan mevalarining urug‘larini unib chiqish qobiliyati pasayib ketadi. Urug‘ uchun terilgan mevalar qo‘lda yorilib, urug‘lari ajratib olinib quritiladi. Bir tonna shirin qalampir mevasidan 4—8 kg, achchiq qalampirnikidan l0—l5 kg urug‘ olinadi. Qalampirlar gektaridan l-2 sentner urug‘ beradi.





Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish