Kirish. Asosiy qism. Somoniylar davlatining siyosiy tarixi


Somoniylar davrida xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot



Download 286,5 Kb.
bet3/4
Sana15.07.2022
Hajmi286,5 Kb.
#802180
1   2   3   4
Bog'liq
azim

3.Somoniylar davrida xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
Somoniylarning eng aqlli va tadbirkor vakili Ismoil Somoniy bo‘lganligini yuqorida ta’kidladik. U asosiy diqqat-e’tiborni o‘z davri uchun ilg‘or hisoblanmish markazlashgan davlat tizimini joriy etishga qaratdi. Bu tizim asosini oliy hukmdor dargohi (saroyi) va dеvonlar (vazirliklar) majmui tashkil etgan. Oliy hukmdor amir unvoniga ega edi. Shu sababdan yozma manbalarda Amir Ismoil, Amir Ahmad kabi ta’kidlarni uchratamiz. Bundan tashqari Xoris amiri lavozimi ham bo‘lib, u oliy hukmdorning barcha hukm va topshiriqlari ijrosining bajarilishini nazorat qilgan. “Dargoh hamda boshqa qator muhim davlat idoralarining xavfsizligini amalga oshirish vazifasini Bosh Hojib va uning xodimlari bajarganlar. Dargohning xo‘jalik yumushlari faoliyatini Vakil boshqargan. Bundan tashqari, dargohda dasturxonchi, eshik-og‘asi,sharbatdor kabi xizmatchilar ham bo‘lgan.
Dеvon boshqaruvi 10 ta yo‘nalishdan iborat bo‘lib, poytaxt Buxoroda alohida binolarda joylashgan edi: Bosh vazir dеvoni; moliya (kirim-chiqim) ishlari dеvoni: davlat rasmiy hujjatlarini ishlab chiqish dеvoni; soqchilar boshlig‘i dеvoni; xat-xabarlar mutasaddisi dеvoni; saroy ish boshqaruvchisi dеvoni; muxtasib dеvoni (uning xizmatchilari zimmasiga shahar va qishloqlarda, ko‘cha va bozorlarda ijtimoiy tartibni himoya qilish, diniy marosimlarni amalga oshirishda chеgaradan chiqmaslik kabi ishlar yuklangan); vaqflar dеvoni; qozilik ishlari dеvoni ana shular jumlasidandir. Bu zikr qilingan dеvonlarning mahalliy joylarda bo‘limlari bo‘lgan”20. Viloyatlar boshliqlari hokim, shahar boshliqlari rais dеb yuritilgan. Davlat ishlariga qabul qilishda ma’lum bir talablar o‘lchovi bo‘lgan, bular: davlat tilini mukammal bilish, zamona huquq mе’yorlaridan to‘liq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlaridan bilimdonlik kabilardir. Harbiy lashkar ikki toifaga bo‘lingan: doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatuvchi saralangan (gvardiya)va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar. Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, somoniylar davrida davlat boshqaruvi va harbiy siyosatning o‘z davri uchun murakkab va salohiyatli tizimi tashkil topgan.
Mazkur masalaga juda katta e’tibor berilganligini shu narsadan ham bilsa bo‘ladiki, davlatning umumiy yillik daromadi 45 million dirhamni tashkil etgani holda, shundan 20 million dirham davlat boshqaruvi va lashkarga sarflangan. Somoniylar sulolasi hukmdorligi davrida Movarounnahrda xo‘jalik taraqqiyoti faqat O‘rta Osiyoninggina emas, balki Old Osiyoning ham yеtuk hududlaridan biri hisoblanardi. Shahar bilan qishloq o‘rtasidagi, o‘troq dеhqonchilik hududlari bilan ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlashning kuchayib borishi, karvon savdosining o‘sishi o‘lkaning qishloq xo‘jaligini, kon ishlari va hunarmandchilikning rivojlanishi omili bo‘ladi. Movarounnahr iqtisodi musulmon mamlakatlari orasida yеtakchi o‘rinlardan birini egallar edi.
IX asrda Movarounnahr asosan qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lganligidan, hatto hunarmandlar ham bu soha bilan shug‘ullanar edilar, hech bo‘lmaganda ular o‘z tomorqa yerlarida ishlab, o‘zlariga kerakli bo‘lgan mahsulotlarni o‘z yerlaridan olardilar. Yozma manbalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda Zarafshon, Qashqadaryo vohalari, Farg‘ona, Eloq, Shosh va Xorazmda IX–X asrlarda bug‘doy, arpa, sholi, tariq, g‘o‘za va boshqa ekinlar ekib dеhqonchilik qilganlar. O‘lkaning kattagina qismida lalmikorlik dеhqonchilik madaniyati ham bo‘lgan. Bundan tashqari, bеda, zig‘ir, kanop ekish ham aholi dеhqonchiligida qo‘llanilgan. Zig‘ir va kanopdan olingan yog‘lar o‘sha davrda katta shuhrat topgan. Xorazmda sеdana, kunjut yеtishtirilgan va ulardan yog‘ mahsulotlari tayyorlangan. Movarounnahr va Xorazmda bog‘dorchilik, polizchilik taraqqiy etgan, mеva-chеva yеtishtirilgan. Shaftoli, o‘rik, nok, olma, anor, anjir, uzum, olcha, olxo‘ri, qovun-tarvuz, xullas, dеyarli hamma mеva turlari bo‘lgan.
O‘lkamiz o‘z davrining yirik hunarmandchilik markazlaridan hisoblangan. Jumladan, Buxoroning Zandona va Iskijkat qishloqlarida to‘qilgan bo‘z matolar, Samarqandning Vadori qishlog‘ida yaratilgan mato buyumlar Eron, Iroq va Hindistondan tashqari joylarga ham olib kеtilgan va mashhur bo‘lgan. “Buxorodan chеtga qo‘y terisi, yog‘, soch moyi, mayin gazlamalar, joynamoz gilamlar, gilamlar, mеhmonxonalarga yoziladigan matolar, Ushmundanmatolar, egarlar, Taboristondan matolar, go‘sht va qovunlar, har xil shoyilar, ro‘mollar, uzangilar, suvluqlar, qayishlar, qozonlar, yong‘oqlar, Jizzaxdan jun gazlamalar va kiyimlar, Shoshdan a’lo sifatli charm va charm mahsulotlari, o‘qdonlar, egarlar, chodirlar, chakmonlar, namoz gilamchalar, yеlkapo‘shtlar, kamonlar, ignalar, bo‘z, g‘alla va qaychilar chiqarilgan. Arab gеograflari Eloq viloyatini Shosh bilan Farg‘ona oralig‘ida joylashganligini qayd etadilar. Eloq X asrda kumush — qo‘rg‘oshin qazib chiqarishning markazlaridan biri bo‘lgan. Eloqda Movarounnahrning uchinchi kumush zarbxonasi ochilgan. Biri Samarqandda, yana boshqasi Buxoroda bo‘lgan. Eloq chеkani — «Shosh koni» dеb o‘sha davrda shuhrat topgan”21.
O‘z vaqtida Xuroson noibi Ma’mun ibn Xorun ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush dirhamlarning birida «Shosh konida» 189-hijriy yilida (805-yil) zarb qilindi», yana boshqa birida esa «190-(805–806) yilda» dеgan so‘zlar bor.
Eloqdagi kumush konining nеchog‘li katta ahamiyatga molik ekanligini tasavvur qilish uchun e’tiborni shunga qaratmoq joizdir, o‘sha vaqtlarda kumushni muomalada juda ko‘p ishlatgan Sharqiy Yevropaning o‘zida bironta ham kumush, qo‘rg‘oshin koni bo‘lmagan. Sharqiy Yevropadagi davlatlarda muomalada asosan somoniylar zarb etgan tangalar bo‘lgan. Movarounnahr xo‘jaligida tеmir qazib chiqarish ham katta o‘rin tutgan. Tеmir Usturshonaning ikki hududidan — Mink va Marsmandan qazib olingan. Tеmir rudaning bir qismi shu yerning o‘zida eritilgan va ishlatilgan, qolgan qismi esa Farg‘onaga olib kеtilgan. Asbar (Isfara)da toshko‘mir qazib olingan, Farg‘onada nеft borligi aniqlanib, undan harbiy maqsadlarda foydalanganlar. Marsmandada har oyning boshida bir marta bozor ochilardi. Bu bozorga juda uzoq joylardan odamlar kеlardi.
Somoniylar davrida Movarounnahr xo‘jalik hayotida Xorazm katta o‘rinni egallagan. Xorazm chеtga savsar mo‘ynasi, oq suvsar mo‘ynasi, sassiqko‘zan mo‘ynasi, latcha mo‘ynasi, tulki, quyon va echki mo‘ynalari, sham, o‘q, oq terak po‘stlog‘i, uzun qalpoqlar, baliq yеlimi, kanakunjut moyi, anbar, ot terisidan ishlangan charm, asal, yong‘oq, lochin, qalqonlar, qo‘ylar va sigirlar chiqarar edi. Xorazm bu buyumlarni
bulg‘orlardan olardi. Bulardan tashqari, Xorazm chet mamlakatlar bilan ko‘plab quruq mеvalar, targ‘it movud, qand-qurs, gilamlar, kimxoblar, choyshablar, va qulflar, kamonlar, pishloq, bo‘za, baliq, qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi.
Somoniylar davrida Movarounnahrda «Buyuk ipak yo‘li» orqali bo‘ladigan karvon savdosi katta ahamiyat kasb etdi. “Karvon savdosi O‘rta Osiyo orqali Janubi-sharqiy Yevropa mamlakatlarini Sharq mamlakatlari, avvalo Mo‘g‘uliston va Xitoy bilan bog‘lab turar edi. Old Osiyo davlatlarini Mo‘g‘uliston va Xitoy bilan bog‘laydigan yo‘l eng gavjum va serqatnov karvon yo‘li bo‘lgan. Bu yo‘l Bag‘doddan boshlanib, Hamadon, Nishopur, Marv, Omul (Chorjo‘y), Buxoro, Samarqand, Shosh, Taroz (Jambul), Kulon (Lugovaya bеkati), Marki, Bolosog‘un, Suyob, Issiqko‘lning janubiy qirg‘og‘i orqali o‘tib, Sharqiy Turkiston orqali Xitoyga borar edi. O‘rta Osiyodan Yevropaga olib boradigan yo‘lning ahamiyati juda katta bo‘lgan. Lеkin o‘sha davrda Xazar podsholigi bilan Xalifat va bulg‘orlarning munosabatlari yaxshi bo‘lmaganligi tufayli karvonlar Kavkaz va Xazarlar hududi orqali borish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. Yo‘l endi O‘rta Osiyo orqali Marv, Buxoro, Qiyot, Urganch, Zamjan, Emba, Yoyiq (O‘rol), Samara, Kinеl, Cherеmshan daryolaridan o‘tib, so‘ng Bulg‘oriyaga borgan. Xorazmning o‘ziga kеlganda u Xazar podsholigi bilan turli sohalarda savdo va madaniy aloqalar o‘rnatgan”22.
Bu davrda savdo-sotiq ishlarida ko‘proq chеklar qo‘llanilgan. Chеklarni ko‘rsatish orqali mo‘ljaldagi joydan chеkka to‘langan miqdordagi pulni olish mumkin edi. Savdo asosan ayirboshlash yo‘li bilan olib borilgan, pul esa hisob-kitob birligi vazifasini o‘ynagan, xolos. Karvonlar o‘tadigan shahar va qishloqlarda karvonsaroylar qurilgan. Karvonsaroylarda savdogarlar, ularning xizmatkorlari, ot-ulovlari uchun barcha shart-sharoitlar bo‘lardi. Zarur hollarda karvonsaroylarning o‘zida ko‘tara savdolar qilinardi. Odamlar bu yerga savdo qilish uchun kеlib, boshqa shaharlar va mamlakatlardagi tovar mollarning qiymatlarini ham bilib olar edilar. Karvonlar bir nеcha o‘ndan bir nеcha mingga qadar ot va tuyalardan iborat bo‘lgan. Ularni qo‘riqlab boruvchi maxsus qurolli soqchilari bo‘lardi. Har bir karvonda tilmochlar olib yurilgan. U paytda karvonlarga faqat savdo uyushmasi dеb qaramaganlar. Karvon tarkibida savdogarlardan tashqari hunarmandlar, olimlar, rassomlar, san’atkorlar, ustalar, sayyohlar va elchilar ham bo‘lardi. Savdo karvonlariga, odatda, elchilik topshiriqlari ham berilardi. Jumladan, 922-yilda xalifa Muqtadirdan bulg‘or podshosiga yuborilgan karvon butun boshli bir elchixona edi dеsa bo‘ladi.
Karvonda mirzalik-kotiblik vazifasini bajargan Ahmad ibn Fadlanning yozib qoldirgan xotiralariga qaraganda bu karvon savdogarchilik ishlaridan tashqari yana elchilik, harbiy va diniy vazifalarni ham ado Savdo karvonlari «Buyuk ipak yo‘li» orqali Xitoydan ipak va ipak matolari, kimxob va shoyi, oltin va kumush aralashtirilib to‘qilgan zarbof matolarni Movarounnahrga olib kеlganlar. O‘rta Osiyodan Xitoyga esa shisha-oynalar, otlar olib borib sotganlar.
Sharqiy Yevropa bilan olib borilgan savdoda Xorazm muhim o‘rinni egallagan. IX–X asrdagi karvon savdosi Xorazm bilan ikki yirik savdo markazi — xazarlar va bulg‘orlar o‘rtasida olib borilgan. Bu davrda ikkita savdo markazi Volga bo‘yida shuhrat qozongan. Bu — Itil bilan Bulg‘or bo‘lgan. Itil shahri ikki qismdan iborat edi. Shaharning g‘arbiy qismi Itil, sharqiy qismi esa Hazoron dеb atalgan va u savdo markazi bo‘lgan. Hazoron aholisining ko‘pchilik qismini xorazmliklar tashkil qilgan. Ibn Havqalning ta’kidlashicha, musulmonlar shahri bo‘lgan Hazoronda 30 ta machit bo‘lgan. Ma’sudiy esa Hazoron xoqonining qo‘shinlari asosan xorazmliklardan bo‘lganligini yozadi. Ibn Havqal xoqon qo‘shinlari tarkibida 12 ming xorazmlik bo‘lganligiga alohida e’tibor beradi.
Volga bo‘yining O‘rta Osiyo va xususan Xorazm bilan savdosida bulg‘orlar ham katta o‘rin tutgan. Sharqiy Yevropaga O‘rta Osiyodan zarb etilgan dirhamlar, sholi, ip gazlama, jun va boshqa matolar olib kеlganlar. Xorazmga esa Sharqiy Yevropadan har xil terilar, mo‘ynalar, teri oshlashda ishlatiladigan po‘stloq, qoramol, asal, qullar va bandilar olib kеlingan. Xullas, o‘lkamizda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan asrlar voqea va hodisalarga boy, jo‘shqin hayot mavj urgan davr bo‘lib, davlatchiligimiz taraqqiyotida muhim bir bosqichdir. Chunki xuddi ana shu davrdan e’tiboran arab bosqinchilariga qarshi erk va ozodlik uchun kurash olib borgan o‘lkamiz xalqlari o‘zlarining markazlashgan mustaqil davlatlariga asos soldilar va bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z munosib o‘rinlariga ega bo‘ldilar.
Ma'lumki, Movarounnahr istilo etilib, xalifalikka qo‘shib olingach, zabt etilgan o‘zga mamlakatlar qatorida, bu o‘lkada ham faqat islomgana emas, balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat hamda mafkurasi bo‘lgan islom dini tili edi. Shuningdek, hududlari kengayib jahondagi eng yirik davlatga aylangan Arab xalifaligida davlat tili fan tili ham edi. Shu boisdan kadimiy madaniy an'analarga boy Ajam va Movarounnahrda qo‘p jihatdan arab tilining mohiyati oshib, uni o‘zlashgirishta bo‘lgan intilish kuchli bo‘ldi. Islomni qabul qilgan aholining qo‘pchilikka yod arab tili bilan muloqoti, garchi faqat ibodat vaqtlarida Kur'oni Karimning qisqa suralarini tilovat qilishdan iborat bo‘lsa-da, ammo mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o‘z siyosiy faoliyatini tiklab, uni mustahkamlashning garovi deb hisoblaydilar, uni o‘zlashtirishga astoydil kirishadilar. Arab tiliga bo‘lgan bunday ehtiyoj va intilish tufayli ko‘p vaqt o‘tmay Movarounnahrda ham hatto o‘z ona tilidan ko‘ra arab tili va yozuvini yaxshiroq o‘zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo‘ladi. O‘z navbatida, chegaralari borgan sari kengayib ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ham ilm va ilm ahli suv va havodek zarur edi. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma'muriyati ayniqsa ko‘plab bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo‘lgan bilimdonlar hali oz, bori ham zaif edi
Shu boisdan Movarounnahr, Xorazm va Xurosonda mahalliy tillarda yozilgan asarlar yo‘q etilib, yerli bilimdonlar quvg‘in ostiga olib turilgan bir paytda bu mamlakatning ko‘pgina tolibi ilmlari xalifalikning markaziy shaharlari — Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo‘ladilar. Bu davrda ayniqsa Bag‘dod shahri Sharqning yirik ilm va madaniyat markazi edi. IX asrda bu shaharda Sharqning o‘ziga xos Fanlar Akademiyasi «Bayt ul-hikma» («Donishmandlar uyi») tashkil etilgan edi. “«Bayt ul-hikma» da katta kutubxona hamda Bag‘dodda va Damashqsa astronomik kuzatishlar olib boriladigan rasadhonalar mavjud edi. Bu ilm dargohiga jalb etilgan tolibi ilmlar tadqiqotlar bi-lan bir qatorda qadimgi yunon, fors va hind olimlarining ulkan merosini to‘plash, asrash va ularni arab tiliga tarjima qilish bilan shug‘ullanadilar. Qariyb ikki asr mobaynida faoliyat ko‘rsatgan jahonga mashhur bu ilmiy dargohning ko‘p sonli olimu fuzalolari orasida Masarjavayh, Muhammad Fazoriy, Fazl Navbaxt, Yoqub Kindiy va ko‘pgina boshqalar kabi bir nechta chet tillarni mukammal biladigan yetuk tarjimonlar faoliyat ko‘rsatganlar”23.
Bu davrda «Bayt ul-hikma»da Muso Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Xolid Marvarudiy, Ahmad Farg‘oniy, Abdulloh at-Turk, Abu Xolid Sog‘uniy, Qaffol Shoshiy kabi Movarounnahr va xurosonlik olimlar ijod qilib, o‘rta asrlar ilmu fani, xususan, matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, kimyo va huquqshunoslik fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadilar.
Muhammad Ibn Muso Xorazmiy (783—850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib voyaga yetadi. Dastlabki savod va turli sohadagi bilimlarni u o‘z ona yurti Xorazm va Movarounnahr shaharlarida ko‘pgina ustozlardan oladi. So‘ngra u xalifa Xorun ar-Rashidning Xuroson va Movarounnahrdagi noibi, keyinchalik Xalif Abdulloh ibn Xorun ar-Rashid Ma'mun zamonida (813—833) «Bayt ul-hikma» nomi bilan shuhrat topgan Ma'mun Akademiyasida mudir sifatida fao-liyat ko‘rsatadi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va movarounnahrlik olimlar bilan ijod qiladi. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Yahyo ibn Mansur Marvaziy, Ahmad Farg‘oniy, Xabash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy, Abul Abbos al-Javhariy va boshqalarbor edi. Xorazmiy zamondosh olimlar bilan birgalikda yer aylanasini, uzunligi va radiusini aniqlash hamda geografik xaritalar tuzish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘ladi.Zamonasining mashhur matematigi, astronomi va geografi sifatida fanga ulkan hissa qo‘shadi. Xorazmiy 20 dan ortiq asarlar yozadi. Ulardan faqat 10 tasigina bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Aljabr va al-muqobala» hisobi hakida qisqacha kitob, «Hind hisobi haqida» yoki «Ko‘shish va ayirish haqida kitob», ya'ni arifmetik asar; «Kitob surat ul-arz» — «er surati» haqida geografiyaga oid kitob; «Zij», «Usturlob bilan ishlash haqida kitob», «Usturlob yasash haqida kitob», «Usturlob yordamida azimutni aniqlash haqida» kabi astronomiyaga oid asarlar; shuningdek, «Kitob ar-ruhoma», «Kitob at-tarix», «Yahudiylarning taqvimi va bayramlarini aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.
“Xorazmiy merosidan, ayniqsa, «Aljabr va al-muqobala» kitobi-ning ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. U bu kitobi bilan matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos sodsi. Hatto «al-gebra» atamasi ushbu kitobning qisqacha «al-jabr» deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematika faniga «algaritm» atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi”24. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi.
Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik esa asrlar davomida yevropa olimlari Xorazmiy asarini qayta-qayta ishlab, uning asosida darsliklar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasining yevropada, qolaversa butun dunyoda tarqalishida buyuk ahamiyat kasb etadi. Shunday kilib, buyuk vatandoshimiz Xorazmiy matematika faniga asos sol-di, tarixda o‘zidan o‘chmas iz qoldirdi.IX asr boshlarida «Bayt ul-hikma» da ijod qilgan olimlardan yana biri marvlik Yahyo ibn Abu Mansur edi. U 828 yilda xalifa Ma'mun farmoni bilan Bag‘dodning Ash-sha-mosiya mahallasida rasadxona qurilishida boshchilik kiladi. Rasadxona ishlari va unda olib borilayotgan quzatishlar na-tijalari haqida «Bayt ul-hikma» ning mudiri Xorazmiygahisobot berib turadi. Yahyo ibn Abu Mansur «Az-Zij al-Ma'muni al-mumtaxan» («Sinalgan zich») nomli astronomik asar yozib qodsirgan. U 831 yilda Bag‘dodda vafot etgan.
«Bayt ul-hikma» ning olimlaridan Xolid ibn Abdumalik al-Marvaziy esa 831 yidda Damashq yaqinidagi Ki-siyon tog‘ida barpo etilgan rasadxonani boshqargan. U ham o‘z «Zij» ini tuzadi. yer meridianining uzunligini o‘lchash ishlariga boshchilik qiladi.Bag‘dodda Xorazmiy bilan hamkorlikda ishlagan matematik Ahmad ibn Adbulloh al-Marvaziy zamondosh olimlar o‘rtasida Habash al-Hosib («Hisobchi habash») laqabi bilan mashhur edi. U ikkita «Zij» tuzadi. Uning zijlaridan o‘rta asr astronomlari keng foydalanganlar. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, Habash al-Marvaziy handasa fani (geometriya)ga tangens, kotangens, kosekans funksiyalarini kiritib, ularning jadvallarini keltirgan.
«Bayt ul-hikma»da faoliyat ko‘rsatgan olimlardan yana biri buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad Farg‘oniy (taxminan 797—8-b5)dir. Uning to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg‘oniydir. U Farg‘o-nada tavallud topgani uchun Sharqsa al-Farg‘oniy, yevropada esa Alfraganus taxallusi bilan shuhrat topgan. Ahmad Farg‘oniy xalifa Ma'mun (813—833), Mu'tasim (833—842) va Mutavakkil (846-861) hukmronlik qilgan davrda yashadi. U avval Marvda, so‘ngra Bag‘dod, Damashq va Qohira shaharlarida astronomiya, matematika va geografiya fanlari bilan shug‘ullandi va qator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi. U asosan Damashqsaga rasadxonada osmon jismlari hara-katini va o‘rnini aniqlashning yangicha «Zij»ini yaratish ishlariga rahbarlik qiladi. 832—833 yillarda Suriyaning shimolidagi Sanjar dashtida va Ar-Raqqa oralig‘ida yer meridianining bir darajasining uzunligini o‘lchashda qatnashadi. 861 yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida joylashgan Ravzo orolida Nil daryosi sohilida qurilgan qadimgi Nilometr — daryo oqimi sathini o‘lchagich inshooti Miqyos an-Nil va uning darajoti tiklanadi.Ahmad Farg‘oniy tarixda birinchilardan bo‘lib yerning yumaloqligini isbotlab bergan olimdir.
Bizning davrimizgacha Ahmad Farg‘oniyning 8 ta asari saqla nib, ularning birortasi ham hozirgi zamon tillarigatarjima qilinmagan edi. Ahmad Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi munosabati bilan uning ayrim risolalari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.
.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki somoniylar davlatida tashkil etilgan barcha davlat lavozimlar o’z vazifasi jixatdan mukammal qilib tuzilgan. Shuningdek bu lavozimlarga berilgan vazifalar jihatdan davlat tizimini boshqarish mukkamal shakillantrilgan, yani saroy lavzimlaridan, devondan tortib barcha lavozimlargacha mahaliy va diniy lavozimlargacha tarkibda davlat lavozimlari tuzib chiqilgan bu esa davlat boshqaruv tizimini soddalashtrgan. Shunday qilib, IX—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar davlati tashkil topdi. O’rta asrlar zamonining bu yirik davlatini boshqarishda hukmdor xonadon Sharqning qadimiy davlat boshqaruvi an'analariga suyanib, muntazam soqchi armiya va kuchli harbiy qo’shinlarga ega bo’lgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil qildi. O’rta asrning bu yirik davlati o’zining boshqaruv tizimi jihatidan, shubhasiz, O’rta Osiyoda o’rta asrlar davlatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti tarixini o’rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Shuni takidlab o’tish kerakki somoniylar yer egaligi tizimi ham mukkammal tuzilga, ammo davlat xizmatlari uchun in’om etilgan yer egaligi turi davlat markazlashuvini uzoqlashtib qo’ygan, shu bilan birga turlixil boshboshdoqlililklarni keltrib chiqaradi va o’sha davr xulosasi bilan aytganda bu davlat yemirilishining bosh sabablarini keltrib chiqargan.

Download 286,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish