Kirish. Asosiy qism. Somoniylar davlatining siyosiy tarixi


Mavzuning o’rganilish darajasi



Download 286,5 Kb.
bet2/4
Sana15.07.2022
Hajmi286,5 Kb.
#802180
1   2   3   4
Bog'liq
azim

Mavzuning o’rganilish darajasi. Ushbu mavzu mustaqillik davrida bir qator o’zbek olimlari tomonidan o’rganilgan. Xususan, bu borada A.Ziyoyev2,B.Eshov3,Rustambek Shamsuddinov4,Islombek Gulshanbek5, Farruh Eshboyev6va boshqa mahalliy tarixchilarning asarlari alohida ahamiyatga ega.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishi somoniy sulolasining siyosiy tarixi, davlat tizimi va ma’muriy boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini tadqiq etiladi.
Mavzuni yoritishda quyidagi vazifalar belgilangan:
1. Somoniylar sulolsining kelib chiqishi hamda siyosiy tarixini o’rganish.
2. Somoniylar davlatining ma’muriy boshqaruv faoliyatini tahlil qilish.
3. Somoniylar davrida xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot tadqiq qilish.
Kurs ishining tuzilishi: kirish, ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovadan iborat bo’lib, jami ___ betni tashkil qiladi.
1.Somoniylar davlatining siyosiy tarixi.
Yozma manbalarda Somoniylar sulolasining turli vakillari, ular hukm surgan davrdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy ahvol haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. Lekin Somoniylar sulolasining kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlar juda ham kam va bir-biriga ziddir. Shuning uchun bu masala shu paytgacha hali aniq yechimini topmagan. Somoniylarning asl kelib chiqishi noma’lum bo‘lsa ham, ko‘pchilik
mutaxassislar orasida ularning kelib chiqishi fors va Sosoniylar sulolasi bilan bog‘liq degan xato fikr hukm surib kelmoqda. Bu esa boshqa mutaxassis bo‘lmagan olimlarning tadqiqotlarida va deyarli barcha ensiklopedik nashrlarda o‘z ifodasini topgan. “Somonxudotning asl ismi Arquq bo‘lgan. “Somon” so‘zi sanskrit tiliga mansub bo‘lib, buddaviy martabalaridan biri hisoblangan”7. O‘g‘uzlarning rivoiy kitoblarida Somon-xudot “Somon-yabg‘u” deb atalgan va o‘g‘uzlarning ajdodlari qatorida tilga olingan. Al-Muqaddasiyning geografik asarida “Somon turklari” qayd etilgan. Ma’lumki, Somoniylarning qo‘shinlari, harbiy qo‘mondonlari va saroy xizmatchilari asosan turklardan iborat bo‘lgan. Somoniylarning hukmronligi o‘zbek davlatchiligi tarixining ajralmas bir bosqichi hisoblanadi. Chunki bu davrda o‘zbek xalqining asosiy o‘zagi shakllandi,uning yashash hududi belgilandi, boshqaruv tizimi shakllandi va g‘oyaviy asoslari yaratildi.
Arab xalifaligining siyosiy tushkunlikka uchrashi va mamlakatimiz xalqlarining mustaqillik uchun kurashi IX asrda mustaqil davlatlarning tashkil topishiga olib keldi. 821-yilda Xurosonning nufuzli zodagonlaridan biri Tohir ibn Husayn Xuroson va Movarounnahr noibi etib tayinlandi. U birinchilardan bo'lib 822-yildayoq xalifalikdan ajralib chiqishga harakat qiladi va xalifa ismini juma namozidagi xutbada qayd qilishni taqiqlaydi. Bu xalifaga nisbatan ochiq isyon edi va uning davlatini Arab xalifaligidan mustaqilligini bildirardi. Garchi Tohir ibn Husayn tez orada vafot etsa-da, biroq uning o'g'illari - Talha va Abul Abbos Abdulloh Xuroson hokimiyatini birin-ketin mustaqil boshqarishda davom etdilar. Abul Abbos davrida (830-844) mamlakat poytaxti Marvdan Nishopurga ko'chirildi. Movarounnahr rasman tohiriylar tasarrufida bo'lsada, biroq, bu hududning ko'plab mulklari mahalliy Somonxudot xonadoni namoyandalari tomonidan boshqarilardi (masalan, Nux - Samarqandda, Yahyo - Shosh va Ustrushonda, Ilyos - Hirotda shunday hukmdorlar edilar). IX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Movarounnahr va Xurosonda Somoniylar sulolasi paydo bo‘ladi. Bu sulolaga Somon qishlog‘i (manbalarda – Balx yaqinida, Samarqand atroflarida, Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari asos soladilar. Yirik yer egasi bo‘lgan Somonxudot Ma’mun Xuroson noibligi davrida uning xizmatiga o‘tib tez orada e’tiborga to‘shadi. Somonxudotning o‘g‘li Asad hamda nabiralari ham Ma’mun saroyida xizmat qilishgan. Shaxsan Ma’munning buyrug‘i bilan Xuroson noibi Asadning o‘g‘illarini 820 yilda turli viloyatlarga noib etib tayinlaydi. Dastavval, Asadning katta o‘g‘li Nuh ukalari mulklarini birlashtirib, xalifalikdan mustaqil davlat barpo etish harakatini boshladi. Chunki Nuhning nomidan tanganlar zarb etilgani ma’lum. Nuh vafotidan so‘ng ukasi Ahmad uning ishlarini davom ettirib asta-sekin Mavorounnahrni Somoniylar sulolasi boshchiligida birlashtirishga kirishadi. Tohiriylar Ahmadning bu harakatlariga qarshilik ko‘rsata olmadilar. 865 yilda Ahmad vafot etgach ko‘pchilik Somoniylar tomonidan sulola boshlig‘i sifatida Ahmadning o‘g‘li Nasrni tan olinadi. 873 yilda Buxoro shahri va uning atroflarini Toxiriylarning so‘nggi vakili Muhammad ibn Tohir bosib oldi va hududlarga soliqlar soldi. Bundan g‘azablangan xalq Muhammadga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardilar. 874 yilda Muhammad ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari Nasrdan Buxoroga noib yuborishni iltimos qiladilar. Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib jo‘natadi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi hamda akasiga tobe’ bo‘lishni istamadi. Natijada 886 yilda aka-ukalar o‘rtasida birinchi to‘qnashuv bo‘lib, Ismoil yengildi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. 888 yildagi ikkinchi jangda Ismoil Nasr qo‘shinlarini tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. “892 yilda Nasr vafot etgach Ismoil Movarounnahrning yagona hukmdori bo‘lib qoldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. Ismoil Somoniy 893 yilda ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortib dastlab Tarozni, keyin esa Ustrushonani egallashga muvaffaq bo‘ldi. “Bag‘dod xalifasi al-Mutadis (892-902 yy.) Ismoilning qudrati oshib ketayotganidan sarosimaga tushib 898 yilda Movarounnahr noibligidan Ismoilni tushirib uning o‘rniga safforiy Amr ibn Laysni hokim etib tayinlash haqida yorliq jo‘natadi. Mavorounnahr noibligi to‘g‘risidagi yorliqni olgach Amr ibn Lays Ismoilga qarshi qo‘shin tortdi”8. 900 yilda bo’lgan jangda Ismoil Somoniy dushman qo’shinini tor-mor etib, Xurosonni ham egallab, mustaqillikni tiklaydi. Bunda xalqning qo’llab-quvvatlashi va qatnashishini muhim o’rinni egalladi. Manbalar ma’lumotlariga ko‘ra Ismoilni nafaqat Buxorodan, balki Xorazm va Farg‘onadan ham kelgan harbiy kuchlar qo‘llab-quvvatlagan edilar. “Narshaxiyning ma’lumot berishicha, Ismoil bu jangda Buxoro hunarmandlari va oddiy xalqning qo‘liga qurol berib o‘z ozodligini saqlab qolishga chaqirgan. Keng xalq ommasining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Ismoil Somoniy arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallarga botgan, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani qudratli va mustaqil davlatga aylantirishga erishdi”9. VIII asrning ikkinchi yarmida mamlakatning mudofaasiga katta ahamiyat berilgan edi. Xususan Buxoro vohasi “Kampirak” nomli uzundan uzun va bahaybat devor bilan o’rab olindi. “Bu devor Konimex rayonida Qoratog’dan boshlanib, Zarafshon daryosining o’ng betide Konimex, Qiziltepa, G’ijduvon, Shofirkon rayonlarining shimolidagi cho’l chegarasini o’rab olgan. So’ngra hozir qum bosib qolgan joylardan o’tib, Buxoro viloyatining qadimgi obod yerlarini g’arb va janub tomondan o’raydi. So’ngra Qiziltepa rayoniga chiqib, Zarafshonning chap tomoni bilan ketib, Karmana bilan Qiziltepa oralig’ida daryo labida tugaydi. Devorning uzunligi taxminan 350 kilometrga yaqin bo’lib kengligi ba’zi yerlarda 2 metrdan oshiqroq saqlangan. Devor ham g’isht va paxsadan qurilgan bo’lib, bir qancha joylarda darvozalari bo’lgan. Tekshirishlarga qaraganda, bu devor haqiqatan ham VIII asrning ikkinchi yarmida obod, suvli yerlarni o’rab olgan. Obod yerlarning maydoni o’sha vaqtlarda hozirgina nisbatan bir muncha keng bo’lgan. Chunki Buxoro viloyatining hozirgi sug’oriladigan yerlari bilan “Kampirak” devor chegarasi o’tgan oraliqdagi yerlar cho’lga aylangan katta maydonni tashkil qiladi. Bu yerlarda xarob bo’lib qolgan ko’hna qishloq izlari, uy joy qoldiqlari va ro’zg’or buyumlarining siniqlari juda ko’p”. Bu nihoyatda katta va uzun devor Ismoil Somoniy vaqtida ta’mirlanishni talab etgan. Bu haqda unga gapirilganda: “Meni o’zim Buxoro devoriman”, – deb javob bergan. Bu bilan Ismoil Somoniy o’zining kuch-qudratini anglatib, devorsiz ham Buxoroni saqlashini bayon etgan. Haqiqatan ham u aql-idrokli, mard va jasoratli davlat arbobi bo’lgan edi. Shuning uchun u mamlakat mustaqilligini tiklashda hal qiluvchi o’rinni egalladi. Ismoil Somoniy 907 yilda vafot etgan. Uning davrida mamlakatda taraqqiyot ko’zga tashlanib, poytaxt sifatida Buxoro shahrining mavqei juda oshdi. “U, – deydi Narshaxiy, – yigirma yil Xuroson amiri bo’ldi. Hukmronlik muddati o’ttiz yil edi. “Xudoyi taolo uni rahmat qilsin, negaki uni davrida Buxoro poytaxt bo’ldi, Somoniylar sulolasidan chiqqan hamma amirlar Buxoroda turadigan bo’ldilar. Undan oldin Xuroson amirlarining hech biri Buxoroda turgan emas. U Buxoroda turishni o’zi uchun muborak deb hisoblar, uning ko’ngli Buxorodan boshqa hech bir yerda orom topmas va u qayerda bo’lmasin: “bizning shahar, ya’ni Buxoro, ana bunda, – ana shunday der edi”10. Xullas Ismoil Somoniy Movarounnahr va Eronni o’z ichiga olgan mustaqil va qudratli davlatni tashkil etib, arab xalifaligining hukmronligini tugatdi. Shu tariqa Ismoil Movarounnahr va Xuroson, Eronning qator sharqiy va shimoliy viloyatlarini o‘z ichiga oluvchi yirik davlatga asos soldi va bu hududlarda Arab xalifaligi hukmronligiga barham berildi.
Shunday qilib, Farg‘ona, Isfijob (Sayram), Shosh, Samarqand, Buxoro Xorazm, Chag‘aniyon, Xuttalon, Kesh, Xuroson, Seyiston, G‘azna kabi qator viloyatlar Somoniylarga bo‘ysundirildi. Ularning hammasi ham mutlaqo tobe’ bo‘lmasada, Somoniylar xokimiyatini tan olishga majbur bo‘lgan edilar. Ismoil Somoniy yirik yer egasi bo‘lib, mahalliy zodagonlar va savdogarlarga tayanib davlatni idora qilgan. Lekin Ismoil ham, boshqa Somoniylar ham ichki ijtimoiy ziddiyatlarni yo‘qota olmadilar. Natijada dehqonlarning yer egalariga qarshi chiqishlari bo‘lib turgan. Bundan tashqari ayrim chekka viloyatlar hokimlari markazlashtirish siyosatiga qarshilik qilib turganlar.907 yilda Ismoil Somoniy vafot etib taxtni uning o‘g‘li Ahmad ibn Ismoil egalladi. Ahmad uzoq vaqt hukmronlik qilmadi (907-914 yy.). Uning davrida davlatni idora etishda arab tilini qayta tiklanishi ko‘pgina mahalliy zodagonlar va turk g‘ulomlarining noroziligini o‘yg‘otdi. Natijada u 914 yilda turk g‘ulomlari tomonidan o‘ldirilib, taxtga uning 8 yoshli o‘g‘li Nasr ibn Ahmad o‘tirdi va u balog‘atga yetguncha davlat ishlarini vazir Abdullo Jayhoniy boshqarib turdi.914 yil oxirida Samarqandda yana qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Davlatning janubiy hududlarida bo‘lgan Husayn ibn Ali Marvoziy rahbarligidagi qo‘zg‘olon ayniqsa keskin tus oldi. Bu qo‘zg‘olon karmatlar g‘oyasi bayrog‘i ostida bo‘lib o‘tdi. Bu qo‘zg‘olon 918 yilda bostirilib Marvoziy asir olindi. Ko‘p o‘tmay Nasrning qarindoshi Ahmad ibn Nuh hokimiyatga qarshi bosh ko‘tardi. 922 yilda esa Ilyos ibn Ishoh qo‘zg‘olon ko‘tardi. Tinmay davom etgan qo‘zg‘olon va isyonlar Somoniylar davlatining qudratiga ta’sir ko‘rsatib, u asta-sekinlik bilan inqirozga yuz tuta boshladi.
Ta’kidlash lozimki, Nasr ibn Ahmad hukmronligi davrida Somoniylar davlati hududlarida karmatlar harakati ancha keskin tus oldi. Karmatlar islomni yoyilishiga, yer egaligi munosabatlarini kuchayishiga qarshi chiqdilar va ilgarigi an’analarni, qishloq jamoalarini qayta tiklashni yoqlab chiqqan edilar. Shuning uchun ham bu harakatni keng xalq ommasi qo‘llab quvvatladi. “Somoniylar davlati Nuh ibn Nasr (943–954) hukmronlik qilgan davrda har tomonlama og‘ir ahvolga tushib qoldi. Davlat xazinasi batamom bo‘shab qoldi, moliyaviy ahvol og‘irlashdi. Xalqdan olinadigan soliq va o‘lponlar ko‘payib kеtdi. Hatto soliqlarni muddatidan ilgari undirib olish odati chiqarildi.Nuh ibn Nasr vazirlik mansabiga uquvsiz va jaholatparast dindor Abdulloh Muhammad as-Sulomiyni tayinlaydi”11. Tayinlangan vazir faqat diniy ishlar bilan shug‘ullandi-yu davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ydi. Har tomonlama iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgan xalq ommasi Nuhga qarshi qo‘zg‘olonga tayyorlandi. 947-yilda hatto qisqa muddatga bo‘lsa-da, qo‘zg‘olon ko‘targan xalq Xuroson noibi Abuali Chag‘oniy yordami bilan Buxoro taxtini bosib oldi. Natijada Nuh Samarqandga kеtishga majbur bo‘ldi. Faqat Abuali Chag‘oniy Buxorodan kеtgandan kеyingina Nuh o‘z taxtiga qaytib kеladi va qo‘zg‘olonda qatnashgan qarindoshlarini jazolaydi. Nuh ibn Nasr yon berib, Abuali Chag‘oniy bilan yarashgan bo‘lsada, ikki o‘rtadagi kurash Nuhning o‘limi (954)dan so‘ng o‘g‘li Abdulmalik (954–961) davrida ham davom etdi. Buyuk Britaniyadagi Oksford universitetining numizmatik fondida amir Mansur ibn Nuh tomonidan 968-969 yilda Buxoroda zarb etilgan kumush dirham saqlanadi. Uning old tarafida arabcha yozuvlar, orqa tarafida esa o‘ng tomonga qarab turgan hukmdor surati tasvirlangan. Uning yuz tuzilishi, qulog‘idagi ziragi va boshidan orqasiga osilib turgan kokili uning qadimgi turk hukmdori ekanligidan dalolat berib turibdi. Taxmin qilinishicha, bu suratda Somoniylarning islomdan oldingi ajdodlaridan biri, ehtimol, Somonxudot yoki turk xoqoni El-tegin tasvirlangan. Somoniylar davlatida turk lashkarboshilarining ta’siri shu darajada kuchayib kеtdiki, ular davlatni boshqarish ishlarini batamom o‘z qo‘llariga oldilar. Bu borada turk lashkarboshisi Ali Taginning ro‘li va o‘rni g‘oyatda katta bo‘ldi. Abdulmalik vafoti (961)dan so‘ng somoniylar hukmronligi batamom inqirozga uchradi, dеsa ham bo‘laveradi. Buni shu narsa ochiq-oydin ko‘rsatadiki, Abdulmalik vafotidan so‘ng qo‘zg‘olon ko‘targan xalq Buxoro taxtini egallab talon-taroj qiladi, taxt uchun kurash kuchayadi. Bu kurash jarayonida Ali Taginning nufuzi pasayadi. Bu holni shundan ham bilsa bo‘ladiki, Ali Taginning talabi bilan amir taxtiga qo‘yilgan Abdulmalikning o‘g‘li Nasr III bir kundan kеyinoq taxtdan tushirildi. Ayni zamonda Ali Tagin ham G‘aznaga kеtishga majbur bo‘ldi va u yerda mustahkam davlat barpo qildi. Somoniylar davlatining bundan kеyingi taraqqiyot bosqichi ham hokimiyat, davlat va mol-dunyo talashib, kurash bilan o‘tdi va xir-oqibatda yuztuban inqiroz sari ketdi.

2.Somoniylar davlatining ma’muriy boshqaruv tizimi.


Somoniylar o’z davlatida juda yaxshi yo'lga quyilgan hukmronlik tizimini o'rnatdilar. Davlat boshida juda katta vakolatlarga ega bo’lgan amir turar edi. Somoniylar davlatining ma'muriy tuzlishi quyidagicha bo’lgan: dastavval boshqaruv organi dargoh (oliy hukmdor saroyi) va devon (davlat idorasi)ga bo’lingan. Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy davrida uzil-kesil qaror topdi.Somoniylar Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy davrida kunning dolzarb masalasiga aylangan edi. Yirik yer egasi boʻlgan Ismoil birinchi navbatda mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini koʻzlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch qudratini oshirish, qishloq xoʻjaligini, hunarmandchilikni va savdoni rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar tugʻdirib berish lozim edi. Mamlakatning ichki siyosatida amirning shaxsiy gvardiyasi katta rol o„ynagan. Bu gvardiya turk g’ulomlaridan saralanib olinar, uning boshliqlari katta-katta davlat mansablarini egallar edilar. Ismoil Somoniy oʻz davrida markazlashgan davlat boshqaruvi tizimini joriy etgan edi. “Somoniylar davlati majmuini mustahkamlashda Nuh II Somoniyning maʼrifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizmatlari katta boʻlgan. Somoniylar hukmronligi davrida bosh vazir lavozimiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmui dargoh (amir saroyi) va devonga (vazirliklar, davlat idorasi) boʻlingan.
Turk g’ulomlari bunday sharafga uzoq yillar sadoqat bilan xizmat qilishlari evaziga muyassar bo’lar edilar”12.Turk g’ulomining xizmat pog’onasidan ko’tarilish jarayoini muarrix va davlat arbobi Nizomulmulk (1018— 1092) ning mashhur «Siyosatnoma» asarida bayon etilgan. «Somoniylar davridayoq,— deb yozadi u,— shunday qoida mavjud edi. G’ulomlar mansab darajasi pog’onama-pog’ona, qilgan xizmatiga yarasha ko’tarilib borgan. Chunonchi, g’ulomni sotib olgach, u bir yil piyoda askar bo„lib xizmat qilar va zandoniy matosidan tikilgan qabo (kamzulga o’xshash ustki kiyim) kiyib saroy ahli qatorida yurar edi. Bular bir yilgacha xoh oshkora, xoh yashirincha otga mina olmas edilar. Sezib-bilib qolsalar u jazoga tortilardi. Bir yildan so’ng visoqboshi (3 g’ulomga bosh bulgan kichik komandir) hojib (gvardiyachi g’ulomlarning oliy mansabi) bilan uning xususida gaplashar, hojib unga yugani bilan turk otini, shuningdek oddiy kamar berishii buyurar edi. G’ulom yana bir yil ot ustida xizmat qilgach, unga qorajur (uzun shamshir) berar edilar. Xizmatining beshinchi yilida unga eng yaxshi egar, yuldo’z –yuldo’z qilib bezatilgan yugan, doroy matosidan tikilgan qabo, cho’qmor berar edilar: chuqmorni g’ulom kamarining halqasiga ilib olar edi. Xizmatning oltinchi yilida u anvoyi kiyim-boshlar olar, yettinchi yili 16 kishi siradigan chodir hamda o’z otryadiga 3 g’ulomni olar edi va uni visoqboshi deb atardilar. U kumush bilan bezatilgan qora kigizdan tikilgan qalpoq, ganja qabosini kiyar edi. Uning mansabi, obro’si, birkitilgan g’ulomlari soni yil sayin oshib borar va u nixoyat dastlab xaylboshi (gvardiyachi rulomlarning hojibdan keyingi, ikkinchi mansabi), sungra hojib mansabiga sazovor bo’lar edi. U qanchalik obro’-e'tibor qozonmasin, qanchalik xizmat qilmasin, baribir 37 yil muddatdan keyingina uni viloyatlarga amir qilib tayinlar hamda unga yer-suv in'om etar edilar». “Saroydagi eng ulug’ mansabdor hojibi buzurg (ulur hojib) bo’lib, unga saroy ahliga ko’z-quloq bo’lib turish vazifasi yuklatilgan edi. Alohida xizmat ko‟rsatgan hojibi bo’z urglar ayrim tumanlarga hokim qilib tayinlanar edilar”13. Hojibi buzurgdan keyin sohib haras (saroy soqchilari boshlig’i) turgan. Bu mansab ummaviylar va abbosiylar davrida ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida harbiy-maʼmuriy amaldorlarning mavqelari nihoyatda katta edi”. Taʼkidlash lozimki, Somoniylar davrida mahalliy boshqaruv tizimi ham samarali faoliyat yuritgan. Viloyatlar boshqaruvchilari – hokim, shaharlar boshqaruvchilari esa – rais deb yuritilgan. Viloyatlar hokimlari koʻp hollarda hukmron sulola vakillaridan va katta taʼsirga ega boʻlgan yirik zodagonlardan tayinlangan. Somoniylar davrida amaldorlarni davlat xizmatiga qabul qilishda maʼlum bir talablar: davlat tili hisoblangan arab tilini mukammal bilish, islomiy huquq-fiqx meʼyorlaridan toʻliq xabardorlik, tarix, adabiyot kabi ilmlardan boxabarlik, hisob-kitob ishlarida bilimdonlik va boshqalar mavjud boʻlib, bu markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga xizmat qilardi. U oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi shaxs bo„lgan. Bu haqida Nizomulmulk bunday deb yozadi: «Amiri haras mansabi hamma vaqt muhim mansablardan biri bo„lgan. Albatta, ulur hojib mansabi bundan mustasno. Amiri haras oliy hukmdorning farmonlarini ijro etuvchi bo’lganligi sababli, odamlar undan hukmrondan ko’ra ham ko’proq qo’rqar edilar». So’ngra Nizomulmulk xalifa al-Ma'mun tili bilan bunday deydi: «Mening ikki amir harasim bor. Ularning har ikkisi erta tongdan to qopong„u tushganga qadar odam boshini tanasidan judo qilish bilan band, jinoyatchilarning oyoq-qo„llarini chopib tashlaydilar, cho’qmor bilan urib zindonga tashlaydilar». Dargohning xo’jalik ishlari bilan vakil shug’ullangan. «Hamma vaqt bu ish tepasida,— deb ta'kidlaydi Nizomulmulk,— mashhur va ishonchli odam turgan Shoh oshxonasidan tortib, to may omborlari va podshoh otxonasidan doimo ogoh bo„lib, hukmdorniig saroyi, bola-chaqasi, shuningdek saroyga ta'lluqli kishilardan ko’z-quloq, bo’lib turuvchi shaxs; har oyda, balki deyarli har kuni, oliy hukmdorning kengashlarida ishtirok etgan, u bilan muloqotda bo’lgan va zarur paytda saroyga zudlik bilan yetib kelib, oliy maqomga o’z fikrlarini izhor etgan hamda mamlakatda ro’y berayotgan voqyealardan uni xabardor qilgan». Keyingi o’rinda xojayi buzurg (ulug’ xoja) mansabidagi shaxs turgan. Xojayi buzurg saroy byurokratik apparatining boshida turgan. Bulardan tashqari, dargohda har xil xizmatkorlar, masalan, eshik oga, dasturxonchi kabi kichik mansabdorlar ham bulgan. Byurokratik apparat Buxoro registoni atrofida joylashgan o’nta devon tomonidan boshqarib turilgan. Narshaxiyning ta'kidlashicha, “ular quyidagilar: devoni vazir (ulur vazir devoni), devoni mustavfiy (moliya ishlari devoni), keyingi vaqtlarda devoni rasoil yoki devoni insho deb atalgan devoni amir al-mulk (davlat tayanchi devoni), devoni sohib shurat (amir gvardiyasi boshlig’i devoni), devoni sohib barid (aloha xizmati devoni), devoni mushrif (amir nazoratchisi devoni), devoni addiyya (amirning shaxsiy mulklarini idora qiluvchi devon), devoni muxtasib (ko’cha va jamoa joylaridagi tartibotni tekshirib turuvchi devon), devoni vaqf, devoni qoz zot (qozilar devoni). Shunga muvofiq mustavofiy, xojayi omid, sohib shurat, mushrif, muxtasib, qozi al-qoz zot va boshqa mansablar bo’lgan.Joylarda hokimiyat sipoqsolar (katta mulklarda) va hokimlar (mayda ma'muriy idoralarda) qo’lida bo’lgan14. Movarounnahr mustaqilligining barqarorligi, avvalambor, markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bog’liq edi. Buni yaxshigina anglagan somoniylar o’z tasarrufidagi ulkan mamlakatni boshqarishda dastavval ixcham davlat ma'muriyatini tashkil etadilar. U podsho dargohi va devonlar — markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir harami va qarorgohi hamda saroy a'yonlariyu navkar va xizmatkorlarining turarjoylari bo’lar edi. Narshaxiyning ma'lumoti bo’yicha, Somoniylar davlati asosan devoni vazir, mustavfiy, amidal-mulk, sohibi shurat, sohibi muayyid, mushrif, mumallikayi xos, muhtasib, avqof va qazo nomlari bilan yuritiladigan 10 ta devonlar boshqaruvida idora etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va davlatning ma'muriy, siyosiy va xo’jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Mustavfiy devoni xazina (moliya) kirim-chiqimlar; amidal-mulk — davlat hujjatlari va elchilik aloqalari; sohibi shurat — soqchiboshi, ya'ni harbiy, xususan, amirning muntazam turkiy saroy nav-karlari, uning ta'minoti; sohibi muayyid — maktubot va axborot, ya'ni pochta; mushrif —saroy ish boshqaruvchisi; mumallikayi xos — davlat mulklari; muhtasib —bozorlardagi toshu tarozular, narx-navo hamda fuqarolarning mafkurasi; qazo —adliya; avqof - masjid va madrasalarning vaqf xo’jaliklari bilan shug’ullanar edi. Nasr ibn Ahmad (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi mana shu maxsus binoda joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli, ruhoniy va zodagon dehqonlardan bo„’ibgina qolmasdan, shu bilan birga ular muayyan bilimlarga ega bo’lishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini puxta egallab olgan, Qur'onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi biladigan, turli fanlardan bir muncha xabardor bo„lgan savodli aslzodalardan tanlab olingan. Shubhasiz, bu o’rta asrlarning o’ziga xos amaldorlik madaniyati edi.“Qadimiy an'analarga asoslangan bu madaniyat somoniylar davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy mahkama viloyatlardagi mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada bo’lgan. Viloyatlarda, maktubot va axborot (pochta) devonidan tashqari, barcha devonlarning vakillari bo’lgan”15. Viloyat devonlari, bir tomondan, mahalliy hokimga, ikkinchi tomondan esa markaziy mahkamaning tegishli devonlariga bo’ysunar edilar. Viloyat hokimlari ba'zan vazir deb yuritilardi. Ular sulolaviy xonadonga tegishli amirzodalar yoki sobiq mahalliy hukmdorlar hamda zodagon dehqonlardan tayin etilardi. Bulardan tashqari, har bir shaharda rais — shahar boshlig„i hamda muhtasib — nazoratchisi bo„lardi. Ularni hokimning bevosita o’zi mahalliy aslzodalar yoki ko’pincha oliy tabaqa ruhoniylarning nufuzli vakillaridan tayinlar edi. Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromad-buromadi (byudjeti) ning deyarli yarmi sarf etilardi. Shu bilan birga IX-X asrlarda yirik mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-katta mulklar in'om qilina boshlaydi. Bunday mulklar «ikto», unga ega bo’lgan mulkdorlar «muqto» yoki «iqtodor» deb yuritilardi. Iqto tarzida esa ayrim viloyat, voha, rustoq (tuman) yoki shaharlar hadya etilgan. Iqto dastavval asosan oliy tabaqa zodagonlar; sulola a'zolari — amir-zodalar va yirik mansabdorlarga in'om etilgan. Iqto mulklari avvalda bir umrga emas, balki ma'lum muddatga berilib, nasldan-naslga o„tkazilmagan. Iqtodorlar hadyaga berilgan mulklarga hali to’la egalik qila olmaganlar. Ular iqto yerlaridai tushadigan daromad yoki uning ma'lum qisminigina yig„ib olish huquqiga ega bo’lganlar xolos. Butun bir viloyat iqto qilib berilgan noib-vazirga ba'zan o’z nomi bilan chaqa-pul zarb etish huquqi ham berilar edi. Bu, shubhasiz, o’z navbatida markaziy hokimiyatni kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining kuchayishiga olib kelar edi. Movarounnahr mustaqillikka erishib, Somoniylar davlatining qaror topishi va uning ravnaqida islom dini ruhoniylarining hissasi katta bo’ldi. Shu boisdan ularning obro’si oshib, poytaxt Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markazlaridan biriga aylandi. Shaharlarda ko’plab ibodatxonalar, shu jumladan, jome' maejidi, xonaqoh (g’aribxona) va namozgoh (iydi ramazon va iydi qurbon ibodatlari o’qiladigan sajdagoh)lar bino qilindi. Xuddi shu davrda musulmon Sharqidagi ilk madrasalardan biri Buxoro shahrida qad qo’yardi. Buxoroning qadimiy madrasasi shaharning Darvozai Mansur mahallasida xon hammomining yonida joylashgan edi. Mamlakat ma'naviy hayotining asosi hisoblangan islom mafkurasiga bu davrda «ustod» deb atalgan din va ilm peshvolari rahnamolik qilardi. Keyinchalik bu nom tark etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi «shayxulislom» nomi bilan yanada ulug„lanadi. “Ustoddan keyin «xatib»lar turardi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa, xonaqohlar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-xarajati uchun katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-vaqf xo’jaligi tarkib topadi”16. Masalan, Narshaxiyning yozishicha, “Afshona qishlog„ining ekin yerlari atrofidagi yaylovli biyobonlar Ismoil Somoniy tomonidan Buxoro madrasasining talabalariga vaqf qilib beriladi. Shuningdek, amir Registon maydoniga tutashgan va Dashtak deb shuhrat topgan keng qamishzor yerlarni Hasan ibn Muhammad Tolut ismli mulqdor arab lashkarboshidan 10 ming dirhamga sotib olib, Buxoro shahrining jome' masjidi vaqfiga qo’shib beradi”17. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Lekin nima sababdan va qanday yo’l bilan masjid va madrasalar tasarrufida katta-katta yer va mulklar to’planishi hamda vaqf xo’jaligining tarkib topishi to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish uchun keltirilgan misollarning o’zi ham kifoya qiladi.Somoniylar tashqi va ichki dushman xurujlaridan mamlakatni muhofaza qilish masalasiga katta e'tibor beradilar. Xususan, Ismoil Somoniy yaxshi qurollangan harbiy qo’shinlar va maxsus muntazam saroy soqchi navkarlar sho’ratini tuzadi. Muntazam soqchilar oliy dargoh va shaxsan amirni hamda uning haramini qo’riqlash uchun turk g’ulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk o’smirlarini qadimdan doimiy ravishda voyaga yetkazib kelgan bo’lsa ham, ammo faqat somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy shorati safiga tortgan edilar. Saroy sho’ratiga qabul qilingan o’spirin turk g’ulomining harbiy xizmati ma'lum muddatda va qat'iy belgilangan tartibda o’tar edi. Xizmatning birinchi yili bo’zdan kiyim kiygan piyoda, ikkinchi yili yuganlangan otliq askar xizmatini bajarar edi. Uchinchi yili beliga qora cho’rin kamar bog’lanib, beshinchi yilga borganda u yaxshi kiyim-kechak va yulduzli yuganni olishga muyassar bo’ladi. Agarda xizmat davrida g’ulom nojo’ya harakatlar qilmagan bo’lsa, yettinchi yili unga «visoqboshi», ya'ni «chodir boshlig’i» degan unvon berilar edi va o’zi bilan qo’shib hisoblaganda 4 nafar askarga u boshliq bo’lardi.Bunday unvonga erishgan g’ulom kumush ip bilan tikilga‟'qora rangli bosma namat qalpoq va qimmatbaho ganjaviy etik kiyib yurardi. “G’ulomlar orasida eng qobiliyatli va uzoq yillar xizmat qilgan ayrim navkarlar «haylboshi», ya'ni otliq qo’shin boshlig’i, so’ngra esa «hojib» degan lavozimga ko’tarilar edi. Hojiblarning boshlig’i «hojib ul xujob» yoki «hojib ul buzruk» deb yuritilgan. Bunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon hisoblanar edi. Hojiblar, ayniqsa, hojib ul xujob saroyda katta nufuzga ega edi. U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Shu bilan birga u butun turk hojiblarining boshlig’i hisoblanar edi”18. Somoniylar muntazam soqchi qo’shinidan tashqari, ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qo’shinlarga ham ega edilar. “Harbiy qo’shinlar va ularning ta'minoti bilan «ariz» boshliq «devoni ariz» deb atalgan maxsus mahkama shug„ullanar edi. Ariz qo’shinlarga maosh berar, uning intizomi, yarog’-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi bilan shug’ullanar edi. Qo’shinlarga xizmat haqi har 3 oyda, ya'ni yiliga 4 marta to’lanar edi”19.


Download 286,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish