Kirish Asosiy qism Sirtdan ish ko‘rishda yuritiladigan protsessual hujjatlar 2


) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza; 4)



Download 20,04 Kb.
bet3/4
Sana12.06.2022
Hajmi20,04 Kb.
#657294
1   2   3   4
Bog'liq
Fuqorolik Prot Hujjat

3) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi ariza;
4) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi arizani qanoatlantirmay qoldirish to‘g‘risidagi ajrim;
5) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni avvalgi tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi ajrim;
6) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qilish va ishni boshqa tarkibdagi sud tomonidan ishni mazmunan ko‘rishni tiklash to‘g‘risidagi ajrim;
7) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi apellyatsiya shikoyati;
8) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi apellyatsiya protesti;
9) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi kassatsiya shikoyati;
10) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi kassatsiya protesti;
11) sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarorini qayta ko‘rish haqidagi nazorat protest.
Shuningdek, sud sirtdan ish ko‘rish jarayonida ishda ishtirok qilmayotgan javobgar manfaatlariga ta’sir ko‘rsatmaydigan, ammo ish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan protsessual harakatlarni amalga oshirib, bu haqda ajrim chiqarishi mumkin.


Sirtdan chiqarilgan hal qiluv qarori namunasi


SIRTDAN HAL QILUV QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN
2014-yil avgust oyining 28-kunida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida raislik etuvchi sudya (F.I.O.), (F.I.O.)ning kotibligida, Olmazor tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.)ning ishtirokida da’vogar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurorining fuqaro (F.I.O.)ning manfaatida javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bo‘yicha yuritilgan 1-4098/14 sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, quyidagilarni


Aniqladi:

Da’vogar Mirzo Ulug‘bek tuman prokurori fuqaro (F.I.O.)ning manfaatida javobgar (F.I.O.)ga nisbatan jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararni undirish haqidagi da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilgan.


Sud majlisida Olmazor tuman prokurorining yordamchisi (F.I.O.) da’vo talablarini quvvatlab, 2008-yil 8-sentabrda (F.I.O.) o‘zining tanishi (F.I.O.)ga birga biznes qilishni taklif qilib, uni aldab, unga tegishli bo‘lgan Yunusobod tumani 6-mavze 41-uy 59-xonadonni garov sifatida oldi-sotdi shartnomasi orqali fuqaro (F.I.O.)ga rasmiylashtirib yuborib, (F.I.O.)dan garovga qo‘yilgan uy hisobidan 15.000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2012-yil 12-aprel kunidagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinuvchi (F.I.O.)ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga asosan uning ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib harakatdan tugatilganini bayon qilib, suddan da’vo arizasini qanoatlantirishni va javobgar (F.I.O.)dan jinoyat oqibatida yetkazilgan 15.000 AQSh dollari miqdoridagi moddiy zararni O‘zbekiston so‘miga nisbatan qiymatida fuqaro (F.I.O.)ning foydasiga undirishni hamda javobgardan davlat foydasiga davlat boji undirishni so‘radi.
Javobgar (F.I.O.) sud majlisi kuni va vaqti aniq ko‘rsatilgan holda tegishli tartibda chiqartirilishiga qaramasdan, sud majlisiga kelmadi. Sud FPKning 224-moddasiga ko‘ra, fuqarolik ishini javobgarning ishtirokisiz sirtdan ko‘rishni lozim topadi.
Sud majlisida mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs (F.I.O.)ning ishonchli vakili (F.I.O.) da’vo arizasini quvvatlab, uni to‘liq qanoatlantirishni so‘radi.
Sud da’vogar vakili va 3-shaxs vakilining ko‘rgazmalarini tinglab, ish hujjatlarini muhokama qilib va to‘plangan dalillarga huquqiy baho berib, quyidagi asoslarga ko‘ra da’vo talablarini qanoatlantirishni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.
FKning 985-moddasiga asosan, g‘ayriqonuniy xarakat (xarakatsizlik) tufayli fuqaroning shaxsiga yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, shuningdek, yuridik shaxsga yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foyda zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Aniqlanishicha, 2008-yilning 8-sentabr kuni 1949-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, o‘zining tanishi (F.I.O.)ga birga biznes qilishni taklif qilib, uni aldab, unga tegishli bo‘lgan Yunusobod tumani, 6-mavze, 41-uy, 59-xonadonni garov sifatida oldi-sotdi shartnomasi orqali fuqaro (F.I.O.) ga Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 25- uyda joylashgan (F.I.O.) notarial idorasi orqali rasmiylashtirib yuborib, (F.I.O.)dan garovga qo‘yilgan uy hisobidan 15.000 AQSh dollarini olib, pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.
Ushbu holat bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mazkur jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining 2012-yil 2-apreldagi ajrimi bilan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3- qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinuvchi (F.I.O.)ga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2011-yil 5-dekabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 19 yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi qarorining 7-bandiga asosan uning ayblilik masalasi hal qilinmasdan turib, harakatdan tugatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik ishi bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarori hamda jinoyat ishini reabilitatsiya asoslarisiz tugatish haqidagi tergov organi va sud ajrimida qayd etilgan holatlar shu bilan bog‘liq fuqarolik ishi ko‘rib chiqilishida qayta isbotlashni talab qilmaydi.
Aniqlanishicha, hal qiluv qarori qabul qilingan kundagi 1 AQSh dollarining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan qiymati 2348,02 so‘mni tashkil etadi.
Ushbu holatda 15.000 AQSh dollarining bugungi kundagi so‘mga nisbatan qiymati 35220300 so‘mni tashkil etadi.
Qayd etilganlardan kelib chiqib, FPKning 226-moddasiga asosan, sud ishdagi mavjud dalillarni tekshirish bilan kifoyalanib, da’vogar vakilining vaj va iltimoslarini inobatga olib, da’voni qanoatlantirishni va javobgar (F.I.O.)dan fuqaro (F.I.O.)ning foydasiga jinoyat oqibatida yetkazilgan 35220300 so‘m miqdorida moddiy zarar va 7044060 (35220300 X 20%) so‘m miqdorida davlat boji undirishni lozim deb topadi.
Yuqoridagilarga ko‘ra va FKning 60-, 985-moddasi hamda FPKning 120-, 224– 227-, 203–206-moddalarini qo‘llab, sud



Download 20,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish