Kirish Asosiy qism Reja



Download 371,89 Kb.
Sana09.03.2023
Hajmi371,89 Kb.
#917129
Bog'liq
7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan maktab yoshidagi


Mavzu: 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan maktab yoshidagi bolalarning funksional ovqatlanishini yangicha tamoyillarini tuzish

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

Reja:

  1. Bolalarning funksional ovqatlanishini yangicha tamoyillari

  2. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan maktab yoshidagi bolalarning ovqatlanishi

  3. Funksional ovqatlanish

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Bolalar ovqatlanish muammolari hamma davrda ham dolzarbligini yo‘qotmagan muammolar sirasiga kiradi. Hamma davrda ham bolalar ozuqasi ustida ko‘plab taniqli olimlar ishlagan. Hozirgi kunda texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda oziq-ovqat mahsulotlarining sun’iylashishi, tabiiylikning kamayib ketishi holatlari va bunga onalarning loqaydlik bilan bee’tibor bo‘layotganlari achinarli holdir. Ayniqsa, bugungi kunda maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida ovqatlanishning buzulish holatlari, tez tayyor bo‘luvchi oziq-ovqatlar, haddan tashqari ko‘p oziq ovqat qo‘shimchalari qo‘shilgan va tuzlangan mahsulotlar (chipsilar, suxarilar), shirinliklarning ko‘p iste’mol qilishi kuzatilmoqda. Bolalar rasioni tarkibida ularning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan minerallar va vitaminlar, oqsillar yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Eng achinarlisi bu holatga ota-onalarning beetibor bo‘lishayotgani va ularning o‘zlari shu mahsulotlarni sotib olib berayotganliklaridir. Bugungi kunga kelib bolalar rasionida tabiiy mahsulotlarning keskin kamayganligi kuzatilmoqda. Bularning o‘rniga turli xildagi sun’iylashtirilgan ichimliklar, sun’iy oziq-ovqat qo‘shimchalari bilan to‘yintirilgan shirinliklar, kartoshka chipsilariyu, kotirilgan nonlar, konfetlar egallamoqda.


Maktab o‘quvchilarining ovqatlanish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, parhezlar o‘sib borayotgan organizmning asosiy ozuqa moddalari va energiyaga bo‘lgan fiziologik ehtiyojlarini qondirmaydi ( Dyudyakov AA va boshqalar, 2007; Davoudi X., 2008; Onishchenko G.G., 2008, 2009; Kuchma VR, Rapoport I.K., Gorelova J.Yu., 2009; Klimatskaya L.G., 2009; Tapeshkina N.V., 2009; Xoxlova E.A., 2009; Shevchenko I.0.02 va boshqalar., 2012; Trishina SP, 2011; Kleshchina Yu.V., 2011; Shayxova G.I. 2015.) Makro va mikroelementlarning yetishmasligi yoki ko‘pligi bevosita kasalliklar paydo bo‘lishiga (kamqonlik, semizlik, endemik bo‘qoq va boshqalar) va organizmning o‘tkir respirator va yuqumli kasalliklarga chidamliligini pasayishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida u yoki bu patologik holatlar (yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, metabolik kasalliklar, ovqat hazm qilish tizimi va boshqalar (G. I. Shayxova 2021, Ermatov N. J. 2018)) rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra (2020), dunyoning aksariyat mamlakatlari aholisining ¾ qismi ovqatlanmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklardan aziyat chekmoqda. Shu munosabat bilan, bu kasalliklarning barchasi alimentar bog‘liq kasalliklar deb nomlanib, ovqatlanish omillarining nafaqat ularning rivojlanishida, balki oldini olish, davolash, remissiyani saqlash va prognozni yaxshilashdagi yetakchi rolni o‘ynaydi. ( V.I. Pokrovskiy, 2017).
Bolalik davrida vitamin va minerallarning roli ayniqsa katta bo‘lib, bu o‘sish jarayonlarining intensivligi, bola tanasining shakllanishi, metabolik jarayonlarning
intensivligi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, kattalarga qaraganda, bolalarning tana vazni birligiga ushbu muhim oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyojini sezilarli darajada oshiradi. Shunday qilib, agar kattalar uchun 1 kg tana vazniga tavsiya etilgan S vitamini miqdori 1 mg bo‘lsa, 11-14 yoshli o‘smirlar uchun - 1,5 mg, 7-10 yoshli bolalar uchun - 2,0 mg, 4-6 yoshda - 2,5 mg, 1 yoshdan 3 yoshgacha - 3,5 mg va hayotning birinchi oylari - 10 mg, ya’ni, katta yoshlilarga qaraganda 10 marta ko‘proq. Vitaminlarni yetarli darajada iste’mol qilmaslik immunitet tizimining faolligini pasaytiradi, nafas olish va oshqozon-ichak kasalliklarga chalinish chastotasini oshiradi. (Kuchma, V.R. 2009. I.A. Rakitin, S.A. Kolesnikova, S.L. Reshetnikova, E.M. Klimkovetskaya - 2010)




Olimlarning fikriga ko‘ra, maktab o‘quvchilarida askorbin kislotasi yetishmasligi leykotsitlarning organizmga kirgan patogen mikroorganizmlarni yo‘q qilish qobiliyatini 2 barobar kamaytiradi, buning natijasida o‘tkir respirator kasalliklarga chalinish chastotasi 26-40% ga oshadi. (P. Setko , I.M. Setko, E.V. Sosnina, F.F. Xaliulina 2010. Polyakov, V.K. 2010. -V.P. Klinduxov , P.N. Nikolaevich, N.V. Xaribina [va boshqalar] - 2008. A. V. A. N. Potapovich , I. N. Potapova, 2008 yil. Hozirgi kunda sut mahsulotlarini turfa xillari ishlab chiqarilmoqda. Biroq, ularni 100% tabiiy deb bo‘lmaydi. Shuningdek bolalar ozuqalarining ham turfa xilini, qadog‘ida yozilganidek meva qo‘shilmalari, turli xildagi don mahsulotlaridan tayyorlangan ko‘plab topishimiz mumkin lekin, bir narsani unutmasligimiz va e’tibor berishimiz kerak, ular tarkibidagi ximiyaviy qo‘shimchalar, ta’m beruvchi moddalar, aromatizatorlar, palma yog‘i kabi qo‘shimchalarning borligi bu afzalliklarni bir muncha qimmatini tushurib yuboradi. Bolalar ozuqasi tarkibidagi bu qo‘shimchalar yo‘l qo‘yiladigan miqdordan oshmaydi deyishimiz ham mumkin lekin, bola organizmining nozikligini, oshqozon-ichak traktining tuliq yetilmaganligi, fermentlar faoliyatining to‘liq darajada rivojlanmaganligini hisobga olsak, bu qo‘shimchalarning oz miqdori ham ma’lum bir ma’noda o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Buning yaqqol ifodasini hozirgi kunda bolalarda ko‘p uchrayotgan allergik kasalliklar, onkologik kasalliklar, endokrin tizimi kasalliklari, moddalar almashinuvi buzulilari va vazn muammolarida ko‘rishimiz mumkin. Bugungi oziq-ovqat sanoati yo‘qori darajada rivojlangan davrda qanday qilib bolalarda to‘g‘ri ovqatlanishni va shu bilan birgalikda ularning sog‘lig‘ini kafolatlash mumkin, bizning oldimizda turgan aktual muammolardan biri deb o‘ylayman. Buning uchun sog‘lom ovqatlanishni bola tug‘ulishi bilanoq boshlash kerak. Chunki bolalardagi sog‘lom ovqatlanish instinktini hali uning o‘zi fikrlamay turib anglamay turib ona shakllantirishi kerak. Agar ona bolaga tarkibida palma yog‘i va boshqa ovqat qo‘shimchalari bilan ishlov berilgan ozuqani bersa, uyda pishirilgan ovqat o‘rniga yarim tayyor, tam bilish reseptorlarini ortiqcha darajada qo‘zg‘atadigan ovqatlar bilan ovqatlantirsa, albatta bola tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan uyda tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qilishni hohlamaydi. Shuning uchun ko‘pchilik onalarning shikoyati bolam ovqat yeyishni hohlamaydi, ishtahasi yo‘q, tana vazni oshmayapdi, bo‘y o‘sishi sustlashgan kabi shikoyatlarni ifodalaydi. To‘g‘ri, bola har doim uyda onasi bilan bo‘lmaydi, shuning uchun uyda tayyorlangan ovqat iste’mol qilmaydi degan fikr tug‘ulishi bu ayni haqiqat. Biroq bolaning asosiy vaqtini 6-8 soatini maktabda o‘tishini hisobga olsak bola eng kamida 2 martalik ovqat mahalini maktabda o‘tkazadi va maktab oshxonasida tayyorlanadigan ovqatni iste’mol qiladi. Shuning uchun ham maktab oshxonalarida tayyorlanadigan oziq ovqatlar tarkibi ham muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda maktab oshxonasidagi oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi xamirli va oddiy uglevodli (pirojki, bo‘g‘irsoq, bulochka, pechene, vafli, kartoshkali chipsilar) oziqovqatlardan iborat ekanligi hammaga ma’lum. Aslida bolalar rasionida bo‘lishi kerak bo‘lgan sabzavot va mevalar deyarli yo‘qligini kuzatamiz. Qolaversa, xonadonlarda ham yangi sabzavotlar va mevalar hamisha ham bola rasionida bo‘lavermaydi. Yo‘qoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, bolalarda uchraydigan va keyinchalik ularning sog‘lig‘ida o‘z aksini topadigan vitaminlar, makro va mikroelementlar yetishmovchiligi aynan ular rasionidagi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida ularning yetishmovchiligi, rasionning noto‘g‘ri tuzulishi bilan izohlashimiz mumkin. Hammaga ma’lumki bola organizmi sog‘lom o‘sishi va rivojlanishi uchun har kunlik organizmga kerak bo‘ladigan essensial va noessensial mikro-makro elementlarga muhtoj bo‘ladi. Kunlik rasionga haftaga bir yoki ikki marta meva yoki sut mahsulotlari; yogurt, tvorog, sut qo‘shish bilan kunlik ehtiyojni qondirolmaymiz. Chunki bola organizmida metabolizm jarayoni kattalarga nisbatan jadal bo‘ladi. Bu esa bolalarda kattalarga nisbatan mineral va vitaminlar ehtiyoji ko‘proqligini bildiradi. Ko‘zlar faoliyati uchun vitamin A, miya faoliyati uchun V guruh vitaminlari, suyak tizimi uchun vitamin D va kalsiy kerak kabi fikrlar shunchaki quruq gapga aylanib qolmoqda. Chunki barcha shuni bilgani holda deyarli unga amal qilishmaydi. O‘z-o‘zidan vitamin va minerallar defisiti bolaning jismoniy rivojlanishiga emas balki uning intellektual rivojlanishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Shunday ekan farovon kelajak qurishimiz uchun, Vatanimizni rivojlanishini yuksaltirish uchun sog‘lom fikrlaydigan, intellektual yetuk kadrlar tayyorlashni bolalarimiz ovqatlanish rasionini optimallashtirish bilan erishishimiz mumkinligi shubhasizdir.
Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq. Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim.
Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi…
B ola organizmida u yoki bu foydali moddaga tanqislik bo‘lmasligi uchun xilma-xil aralash ovqat zarur. Bola ratsioniga o‘simlik va mol mahsulotlarini kiritish juda muhim. Ba’zilarini o‘zingiz tayyorlashingiz, boshqalarini esa pishirilmagan holda berishingiz mumkin.

Bunday birikmalar tufayli maxsus boyitilgan mahsulotlarga bo‘lgan zarurat yo‘qoladi.


Bir xillikdan qoching
Bola organizmi barcha narsaga tez o‘rganib qoladi, shu bois bolani muayyan bir xil ovqatga o‘rgatish tavsiya etilmaydi. Undan faqat vegetarianlar ovqatini iste’mol qilishni talab etish yoki faqat yuqori kaloriyali mahsulotlar bilan ovqatlantirish mumkin emas. Sut foydali albatta, ammo ovqat ratsioniga boshqa mahsulotlarni kiritmasangiz bolada oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari yetishmasligi rivojlanadi.
Uyning poydevori mustahkam bo‘lsa, uning o‘zi ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bu qurilish ishlarida ishlatiladigan tushuncha bo‘lsa-da, uni inson organizmiga nisbatan ham qo‘llash mumkin.
Chaqaloq dunyoga kelishi bilan uning organizmiga keyinchalik rivojlanishi uchun “baquvvat” ovqat zarur bo‘ladi. Albatta bu haqda, birinchi navbatda, bolaning ota-onasi qayg‘uradi. Bolaning salomatligi aynan ularga bog‘liq.
Asosiysi ota-onalar to‘g‘ri ovqatlanish sabog‘ini birinchi bo‘lib o‘zlashtirishlari lozim.
Qanchalik xilma-xil bo‘lsa, shunchalik yaxshi…
Bola organizmida u yoki bu foydali moddaga tanqislik bo‘lmasligi uchun xilma-xil aralash ovqat zarur. Bola ratsioniga o‘simlik va mol mahsulotlarini kiritish juda muhim. Ba’zilarini o‘zingiz tayyorlashingiz, boshqalarini esa pishirilmagan holda berishingiz mumkin. Bunday birikmalar tufayli maxsus boyitilgan mahsulotlarga bo‘lgan zarurat yo‘qoladi.

Bir xillikdan qoching


Bola organizmi barcha narsaga tez o‘rganib qoladi, shu bois bolani muayyan bir xil ovqatga o‘rgatish tavsiya etilmaydi. Undan faqat vegetarianlar ovqatini iste’mol qilishni talab etish yoki faqat yuqori kaloriyali mahsulotlar bilan ovqatlantirish mumkin emas. Sut foydali albatta, ammo ovqat ratsioniga boshqa mahsulotlarni kiritmasangiz bolada oziqlantiruvchi moddalar, vitaminlar, mikroelementlar, yog‘ kislotalari yetishmasligi rivojlanadi.
Bolaning ta’m bilish xususiyati to‘g‘ri rivojlanishi uchun ovqatni kichik porsiyalar ko‘rinishida bering. Shunda siz bolada muayyan ta’mga, ya’ni sho‘r, achchiq yoki shirin ovqatga mayl paydo bo‘lishining oldini olgan bo‘lasiz.
Issiq va sovuq ovqat
Menyuni shunday tuzingki, unda faqat issiq yoki sovuq ovqatlar bo‘lmasin. Ovqatlanish sxemasi taxminan quyidagicha bo‘lishi kerak:
Nonushta – saryog‘ va pishloq bilan qora non, vetchina yoki qaynatib pishirilgan go‘sht bo‘lagi, bir stakan iliq sut. Bu nima beradi? Bola organizmi A, B, B1,B2 vitaminlari, oqsil, kalsiy, mis, fosfor moddalari bilan ta’minlanadi.
Ikkinchi nonushta organizmni C vitamini (https://avitsenna.uz/namatak-rano-shipovnik-foydalari/) bilan ta’minlaydigan ho‘l mevalar va sharbatdan iborat bo‘lishi lozim.
Tushlik – issiq ovqat, kartoshka sabzavotlar va go‘sht yoki baliq go‘shti hamda salat bilan. Bu nima beradi? Organizm temir, rux, yod, oqsil moddalari, foliy kislotasini yaxshi hazm qiladi va B1, B6,C vitaminlariga to‘yinadi.
Kechki ovqat – taxminan nonushtadagi kabi. Dasturxonni to‘g‘ri bezash
Dasturxon atrofidagi sharoit ham juda muhim rol o‘ynaydi. Bolalar chiroyli va o‘ziga tortadigan narsalarni yoqtirishadi. Shuning uchun dasturxonni tuzashga ham katta e’tibor berish lozim. Bola ovqatlanayotgan paytda uni yaxshi odatlarga o‘rgatish zarur. Nonushta va kechki ovqatni oila bilan birgalikda dasturxon atrofida qilgani ma’qul, iloji bo‘lsa tushlikni ham, albatta. Ovqat tayyorlayotganingizda osh tuzi o‘rniga ko‘proq xushta’m giyohlar va achchiq bo‘lmagan ziravorlardan foydalangan yaxshi.
Individual yondashuv
Ba’zi mutaxassislar bolalarni yoshiga qarab ovqatlantirish bo‘yicha maxsus jadvallarni tavsiya etishadi. Faqat jadvalga qarab ovqatlantirish unchalik shartmas. Har bir bolaning ovqatga nisbatan o‘z ehtiyoji bo‘ladi.
Balanslashtirilgan ovqat
Har bir ona farzandi qancha ovqat iste’mol qilishini, unga zarur porsiya miqdorini taxminan biladi. Biroq ba’zida ishtaha yo‘qolib turadi, bola uzoq vaqt ovqat so‘ramay qolishi yoki aksincha, ishtahasi ochilib ketishi mumkin. Agar bunday holat uzoqqa cho‘zilmasa, xavotir olmang va darhol chora ko‘rishga shoshilmang. Ishtaha uzoq vaqt to‘g‘ri chegaradan chiqib ketganida yoki u umuman yo‘q bo‘lgan taqdirdagina, shifokor maslahati bola ovqatini to‘g‘ri balanslashga yordam beradi.
Suv balansi
Bola qanchalik kichkina bo‘lsa, unda suyuqlikka bo‘lgan talab shunchalik ko‘p bo‘ladi. Normal sog‘lom bola issiq kunlarda yoki jismoniy mashg‘ulotlar paytida odatdagidan ko‘ra ikki baravar ko‘proq suv ichadi. Bunday paytlarda faqat oddiy toza suv iste’mol qilgan yaxshi, o‘tlar yoki mevalardan tayyorlangan qandsiz choy, bittaga bitta suv qo‘shilgan tabiiy sharbatlar ham bo‘ladi. Sitro, kola, gazli mineral suv, vijillaydigan ichimliklar tavsiya etilmaydi. Bunday ichimliklar tashnalikdan xalos etmaydi va organizmdagi qand miqdorini ko‘paytirib yuboradi.
Sut mahsulotlari
Sut mahsulotlari bolani kalsiy, fosfor, oqsil moddalari va A, B1, B2 vitaminlari bilan ta’minlaydi. Do‘kondan sut olayotganingizda yog‘liligi 3,5% bo‘lgan (yog‘lilik mahsulotda A va D (https://avitsenna.uz/vitamin-yetishmasa/) vitaminlari mavjudligini ko‘rsatadi) sutni tanlagan ma’qul. Yogurtni o‘zingiz tayyorlaganingiz yaxshiroq. Ya’ni oddiy yogurt olib, unga kesilgan ho‘l mevalarni qo‘shing. Bu do‘konda sotiladigan yogurtlarda mavjud bo‘ladigan qand moddasidan saqlaydi.
Hammasida me’yor bo‘lgani ma’qul. Ozgina go‘sht bola uchun foydali, porsiyani katta qilish kerakmas. Istalgan go‘sht organizmda temir moddasining yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beradi, ayniqsa mol jigari. Yog‘siz cho‘chqa go‘shti esa bolani V1 vitamini bilan ta’minlaydi. Go‘shtni qaynatib pishirgan, dimlagan yoki toblab pishirgan ma’qul. Qovurilgan ovqat hech qanday foyda keltirmaydi.
Baliq mahsulotlari
Baliq organizmni yod moddasi bilan ta’minlovchi haqiqatan ham juda qimmatbaho mahsulot. Piksha, treska yoki losos baliqlari juda foydali hisoblanadi. Shuning uchun haftada bir marta farzandingiz baliq iste’mol qilgani ma’qul.
Yog‘larning foydasi
Bola ovqatidan yog‘larni butunlay chiqarib tashlash ham maqsadga muvofiq emas. Yaxshisi kolbasa, shokolad va pechenyeda “yashirinib” yotgan yog‘lardan qochgan ma’qul. Saryog‘ va o‘simlik moyi juda foydali, ammo ularni cheklangan miqdorda iste’mol qilish kerak.
Non – dasturxon ko‘rki
Non mahsulotlari bola organizmini uglevodlar, mineral moddalar, vitaminlar va ballast moddalar bilan ta’minlaydi. Non mahsulotlarini xilma-xil qilish va ularning navini almashtirib turish ma’qul. Oddiy nonni tanlash maqsadga muvofiq. Non va myuslini yirik tortilgan undan o‘zingiz mustaqil ravishda tayyorlashga harakat qiling.
Kartoshka
Bolaning bir haftalik ratsionida kartoshkadan tayyorlangan taxminan 5-6 marta yegulik ovqatlar bo‘lishi lozim. Bu sut va saryog‘ qo‘shilgan pyure, yog‘lilik darajasi past yog‘ va ko‘katli qaynatilgan kartoshka, duxovkada baliq, go‘sht yoki sabzavotlar bilan pishirilgan kartoshka bo‘lishi mumkin. Qovurilgan, chipslar ko‘rinishidagi yoki kartoshka-fri tavsiya etilmaydi. Kartoshka guruch va makaron mahsulotlaridan ham foydaliroq hisoblanadi. Meva va sabzavotlar Ho‘l meva va sabzavotlar yoki ularning muzlatilgani mikroelementlarga juda boy. Ularni pishirilgan va pishirilmagan holatda iste’mol qilish mumkin. Konservalarda sog‘liq uchun zarur bo‘lgan moddalar bo‘lmaydi, ko‘p miqdordagi qand moddasi esa, bolaga kerakmas. Sabzavotlardan eng ma’quli – gulkaram, brokkoli, sabzi, arpabodiyondir. Oq karam ham foydali, ammo u qiyinroq hazm bo‘ladi. Mevalarni mavsumga qarab o‘zingiz yashaydigan joyga xos bo‘lganini tanlang. Shirinliklar Qaysi bola shirinlikni yaxshi ko‘rmaydi deysiz. Bolani shirinliklardan butkul mahrum qilish kerakmas. Shokolad, konfetlar, konditerlik mahsulotlarida yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardagi kabi foydali moddalar yo‘q. Ammo agar shirinliklar aql bilan bola menyusiga kiritilsa, ular bolaga zarar keltirmaydi. Shunchaki bolaga kamroq miqdorda va ovqatlanib bo‘lganidan keyingina shirinlik berishga harakat qiling. Shunday qilib, xulosa qiladigan bo‘lsak, bola ovqatining asosini quyidagi formula tashkil etadi:
Majburiy muntazam ovqatlanish – nonushta, ikkinchi nonushta, tushlik, ikkinchi tushlik va kechki ovqat. Nonushta va kechki ovqat uchun asosiy mahsulot non hisoblanadi, qolgani ta’bingizga qarab.
Tushlik – issiq ovqat mahali. Ichimliklar – suv va kaloriyasi past ichimliklar Funksional ovqatlar. Funksional oziq-ovqat mahsulotlariga berilgan ta'riflar juda ko'p bo’lib, asosan sog'liq uchun foydali bo’lgan, muhim fiziologik xususiyatlarga ega bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini o'z ichiga oladi. Umuman olganda, agar oziq-ovqat mahsuloti tana uchun faqat yetarli miqdordagi ozuqaviy ta'sirlarni ko’rsatibgina qolmasdan, balki bir yoki bir nechta maqsadli funksiyalarga ijobiy ta'sir ko'rsata olsa hamda kasallik va shunga o’xshash yetishmovchiliklarni bartaraf eta olsa, u holda bunday oziq-ovqat mahsuloti funksional bo’la oladi. Tabiiy komponentlar qo’shilgan yoki biotexnologik usullar orqali ma’lum bir komponentlari ajratilgan oziq-ovqat mahsulotlari funksional ovqatlar bo’lishi mumkin.
Probiotiklar. Probiotiklarni iste'mol qilishdan maqsad ularning foydalarini ichak mikroblari bilan simbiotik yoki komensal ravishda yaxshilashdan iboratdir. Probiotiklar tirik mikroorganizmlar bo'lib, ular yetarli miqdorda mavjud bo’lganda organizmning sog'lom bo’lishida ko’maklashishi mumkin. Probiotiklarning foydalaridan biri sifatida ularning oshqozon-ichak trakti (ichak shilliq qavati va epiteliya hujayralari) ga yopishib olishidir. Buning natijasida ichak yurishishi orqali turli infeksiyalar yuqib ketmasligi va butun immun tizimini himoyalash mumkin bo’ladi. Probiotiklarning ta’sir mexanizmlari ichak epiteliysi va immun hujayralarining tarkibi va funksiyalariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi
Prebiotiklar. Eng boshida prebiotiklar bakteriyalarning faolligini selektiv ravishda stimulyatsiya qilish orqali organizmga sog’liq uchun foyda keltirishga qodir bo’lgan hazm bo’lmaydigan oziq-ovqat moddalari sifatida ko’rilgan bo’lsa, keyinchalik bu tushuncha yanada kengayib bordi. Qisqa qilib aytganda, prebiotikalar – bu oshqozon-ichak traktining yuqori qismida hazm qilinmaydigan yoki so’rilmaydigan, ammo odamning pastki mintaqa ichak mikroflorasi bilan fermentatsiyaga uchraydigan va uning rivojlanishi va hayotiy faoliyatini rag’batlantiradigan oziq-ovqat tarkibiy qismlari sifatida qaralishi mumkin.
Probiotiklar va prebiotiklar kabi funksional ovqatlar sog’liq uchun foydali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda istiqbolli yo’nalishlardan hisoblanadi. Misol uchun, laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar kabi probiotiklarni iste'mol qilish mikrobli infeksiyalar tushishining oldini olish, mikroblarga qarshi toksinlar ishlab chiqarilishi, ichak himoya tizimini mustahkamlash va davolash uchun antibiotiklarga muqobil variant sifatida ko’rilishi mumkin. Bunda, ma’lum bir kasalliklarning oldini olish yoki inson faoliyati turlaridan kelib chiqib oziq-ovqat qo’shimchasi sifatida probiotik/prebitiklardan foydalanish, konteynerli oziqa mahsulotlari ishlab chiqish hamda omma e’tiboriga havola etish sog'liqni saqlash, ijtimoiy hayotni yaxshilash, shuningdek qashshoqlikka qarshi ko’rashish uchun yana bir istiqbolli yo’nalish sifatida tavsiya etiladi.

XULOSA
Yo‘qoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi davrda bolalar sog‘lomlik holatini yaxshilash uchun to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni avvalo oiladan boshlash, bolalar ovqatlanishi bo‘yicha onalar savodxonligini oshirish, bolalardagi ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni oldini olish uchun maktablarda tizimli profilaktik ishlarni yo‘lga qo‘yish, maktab oshxonalarining va ulardagi oziq-ovqatlar sifatiy tarkibini qayta ko‘rib chiqish va shu o‘rinda maktab shifokorining faoliyatini takomillashtirish muhimdir.



Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аношкина, Н.Л. Нутрициональный статус и физическое развитие лиц юношеского возраста / Н.Л. Аношкина, A.B. Гулин // Вестник ТГУ. - 2014. - Т. 19, № 1.-с. 71-74.
2. Н.Баранов, A.A. Состояние здоровья современных детей и подростков и роль медико-социальных факторов в его формировании / A.A. Баранов, В.Р. Кучма, Л.М. Сухарева // Вестник Рос. АМН. - 2009. - № 5. - С. 6-11.
3. Бердыгалиев, А.Б. Состояние фактического питания учащихся образовательных школ Алматинской области / А.Б. Бердыгалиев // Питание и здоровье: материалы международной научно-практической конференции (Алмата, 4 мая, 2009 г.). - Алмата, 2009. - № 2 (78). - с. 53.
4. Боровик, Т.Э. Педиатрическая нутрициология: настоящее и будущее / Т.Э. Боровик, В.А. Скворцова, К.С. Ладодо, H.H. Семенова // Российский педиатрический журнал. - 2011. - № 3. - с. 25-28.
5. Динамика состояния здоровья городских школьников / Е.С. Богомолова [и др.] // Медицинский альманах. - 2014. - № 2 (32). - с. 88-91.
6. Елисеев, Ю.Ю. Перспективы укрепления здоровья школьников на основе оптимизации питания / Ю.Ю. Елисеев, Ю.В. Клещина // Вопросы детской диетологии. - 2009. - Т. 7, № 1. - с. 46-48.
Download 371,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish