Ijtimoiy pedagogik faoliyat
Pedagogik faoliyat – ta’lim va tarbiya orqali ijtimoiy madaniy tajribani berishga yo‘naltirilgan kasbiy faoliyat turidir. Bu faoliyat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, dasturlari bilan belgilanadi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat bolaga ijtimoiylashuvi jarayonida (bolaning jamiyatga “kirishi”) yordam ko‘rsatishga qaratilgan kasbiy faoliyat turidir. Bola bilan bo‘lishi mumkin turli xil ta’lim muassasalari, tashkilotlari, birlashmalari ijtimoiy pedagoglar bilan amalga oshiriladi.
Ijtimoiy pedagogik faoliyat har doim manzilli, ya’ni aniq bir bolaga va ijtimoiylashuv, jamiyatga integratsiya jarayonida yuzaga keladigan muammolarini hal etishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Pedagogik va ijtimoiy pedagogik faoliyatning qiyosiy jadvali
Kasbiy
faoliyat turi
|
Faoliyat maqsadi
|
Faoliyat xususiyati
|
Faoliyat obyekti
|
Faoliyat amalga oshiriladigan faoliyat
|
Pedagogik faoliyat
|
Ijtimoiy madaniy tajribani olish
|
Dasturli me’yorlangan, uzluksiz
|
Barcha bolalar
|
Ta’lim muassasalari
|
Ijtimoiy pedagogik faoliyat
|
Bola ijtimoiylashuvida yordam
|
Manzilli, chegaralangan, vaqtda cheklangan
|
Ijtimoiylashuv
muammolariga ega bola
|
Ta’lim muassasalari, ijtimoiy pedagogik muassasalar, ijtimoiy xizmat
|
Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy sifati.
Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash uzluksnz ta’lim tizimda amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagoglarni kasbiy tayyorlash ikki turdagi o`quv yurtlarida olib boriladi: o`rta kasbiy ta’lim muassasalari (litsey va kollejlar) va oliy kasbiy ta’lim maktablari (Institut va universitetlar).
O`rta kasbiy ta’lim muassasalarida kichik sinflar va maktabgacha tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchi bolalar bilan ishlovchi pedagoglar tayyorlanadi. O`rta ma’lumotli pedagoglarning asosiy vazifasi bolalarga kiyin vaziyatlarni yengib o`tishga yordam beradi, bolalarning ishonishiga ko`maklashuvchi faoliyat turlarini tashkillashtiradi. Bolalarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning ota—onalari bilan xamkorlik qilish, o`z malakasini oshirish maqsadida mustaqil ravishda o`kib borishdan iboratdir. O`rta kasbiy ta’lim bilim yurtini tugatgach ular oliy ta’lim muassasida o`z o`kishini davom ettirishi mumkin.
Ijtimoiy pedagog - faqat o`qituvchigina emas, u bola kanday ukiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola xayotini, kechinmalarini xuddi o`zinikidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axlokiy rivojlanishiga yullanmalar bera oladigan mutaxassis bulmogi kerak.SHuning uchun xakikiy pedagog faqat o`z fanini bilibgina kolmay, ayni vaktda bolalar va kattalar bilan ijodiy mulokot kila oladigan, o`z ustida ishlaydigan inson bulishi muxim axamiyatga ega. 7
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o`quvchi inson moxiyatini anglaydi. O`z xayoti dovomida inson to`grisida xosil qilingan tushunchalar asosida mukammal shaxs va xakikiy fuqaro bo`lib yetishadi.
Insonparvarlikka asoslangan ta’lim – ijtimoiy fanlar va yondosh fanlarning funktsiyalarini kengaytiradi, ta’lim jarayonini, mutaxassis shaxsi va uning dunyokarashi yaxlitligini ta’minlaydi.
Ta’limni insonparvarlashtirishdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarga tegishli bilim, kunikma va malaka, ularning insoniy dunyokarashini shakllantirishdan iborat. U bulajak fuqarolar tomonidan insonlar faoliyatining turli soxalarida insonparvarlik g`oyasi va kadriyatlarini amalga oshirishning asosi bo`lib xizmat kilsin.
Ta’limda xayot tajribasiga ega bulish ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi:
- ijtimoiy – shaxsiy xayot tajribasiga asoslangan muntazam davom etadigan jarayon xisoblanadi;
- real vaziyatdan kelib chikib, ziddiyatli xolatlarda ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chikishni takozo etadi;
- mavjud amaldagi xolatga doim moslashish jarayoni xisoblanadi;
- shaxslararo alokalarni kamrab oladi;
- shaxsning shakllanish jarayonini yunaltiradi.
Ijtimoii pedagog kasbiy faoliyatining xususiyatlari — "Ijtimoiy pedagog" mutaxassisi "pedagog" so`zidan olingan bo`lib, avvalo o`qituvchi ma’nosini anglatadi. SHu bois mazkur lavozimning joriy etilganidan so’ng aynan o`qituvchilarning birinchi ijtimoiy pedagoglar bo`lgani ajablanarli emas. Ijtimoiy pedagoglarni kayta tayyorlash buyicha kurslar tinglovchilarining aksariyat kismini xam o`qituvchilar tashkil etadi.
YAna shuni ta’kidlamok joizki, ijtimoiy pedagoglarning kasbiy tayyorgarligi xam pedagogik oliy o`quv yurtlarida amalga oshiriladi. Darxakikat, pedagog va o`qituvchining kasbiy faoliyatida kupgina umumiyliklar mavjud. Bu ikkala kasbning xam ob’ekti bola, uning rivojlanishi va ijtimoiy shakllanishidir. Bu narsa ularning yakinligini yana bir bor tasdiklaydi.
O`z navbatida mazkur mutaxassiliklarning kasbiy faoliyati ularning o`ziga xos xususiyatlarini aniklashga imkon beruvchi bir kator tafovutlarga xam ega. O`qituvchi o`zining asosiy ta’lim berish vazifasini bajarar ekan, yosh avlodga bilim va jamiyat tomonidan orttirilgan ijtimoiy madaniyat tajribasini o`rgatadi. Ushbu jarayonda bola tarbiyalanadi va shakllantiriladi. Ijtimoiy pedagogning dikkat markazida esa bolani jamiyatga moslashib ketishiga yordam berish turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |