Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqotdan olingan natijalarni maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga tadbiq etish bevosita bola shaxsi va unda ijodiy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bolalarning ijodiy tafakkuriga qay tarzda ta’sir ko‘rsatish samaradorligini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Tadqiqotning nazariy ahamiyati. O‘rganilgan ilmiy ma’lumotlar va tadqiqot natijalari “Yosh davrlari psixologiyasi”, “Pedagogik psixologiya” fanlarining yangi manbalar bilan boyishiga olib keladi. Bola shaxsi, ijodiy tafakkur, ta’lim jarayoni uyg‘unligi borasidagi yangi fikr va g`oyalar yuzaga keladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
1. Nazariy yondashuvlar hamda amaliyotdagi mavjud holatlar tadqiq etilib, bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o`rganish dolzarb muammo ekanligi asoslanganligi.
2. 3-5 yoshdagi bolalarning ijodiy tafakkurini rivojlanish ko‘rsatgichi aniqlanganligi.
3. Ijodiy tafakkur va yosh xususiyatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq qilinganligi.
4. Ijodiy tafakkurning namoyon bo`lishida pedagogik hamda psixologik ta`sirlar birligi aniqlanganligi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlari
Fanning bilimlar tizimi uning tushunchalari va mezonlarida aks etadi. Tushunchalar – mavjud dunyoni idrok etish jarayonidagi aks etishi shakllaridan biri. Har qanday fan rivojlanishi jarayonida tushunchalar fan mezoniga birlashadi, kengayadi va qayta hosil qilinadi. Mezonlar yanada umumiy, fundamental “asliy” deb atalmish tushunchalarni bildiradi. Bu tushunchalardan mazkur fanda ishlatiladigan qolgan tushunchalar hosil bo‘ladi.
Oxirgi yillarda pedagogikada farqlanish jarayoni kuchaydi. Ko‘pgina yangi ilmiy sohalar yuzaga keldi, bular soniga ijtimoiy pedagogika ham kiradi. Pedagogikaning har bir yangi ilmiy sohasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar uning mezon va tushunchalari tizimida o‘z aksini topadi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlarini ko‘rib chiqishda avval biz pedagogika mezonlarini ajratamiz. U (pedagogika) boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini, qaysi mezonlar asl o‘ziniki ekanligini ko‘rib chiqamiz. So‘ng u boshqa fanlardan nimani o‘zlashtirganini va qaysi tushunchalar o‘zinikiligini bilish uchun pedagogika mezonlarini ijtimoiy pedagogikaga loyihalashtiramiz. Ma’lumki, pedagogika boshqa fanlar tushunchalarini o‘zlashtiradi va ulardan keng foydalanadi, masalan, “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “sotsializatsiya (ijtimoiylashuv)”, “jamiyat”. Uning asl mezonlari “tarbiya”, “ta’lim” va “o‘qitish” hisoblanadi. Hozirgi kunda shuningdek, umumqabul qilingan “pedagogik faoliyat” mezoni ham kiradi.
Ijtimoiy pedagogika mezonlariga “ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “ijtimoiy ta’lim” va “ijtimoiy tarbiya” kiradi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogika mezonlarining qiyosiy jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |