Tadqiqot ob`ekti: 3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini o`rganish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: 3-5 yoshdagi bolalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik mazmuni, shakl va usullari.
Tadqiqot bazasi: Navoiy shahar 26-28-34-bog‘chaning 3-5 yoshli guruhlari.
Tadqiqotning ilmiy farazi.
- Shaxsda ijodiy tafakkurning rivojlanishi kognitiv va fikrlash jarayonlarining rivojlanishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
- Mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlar yechimini topishiga o‘rganish bola shaxsida ijodiy tafakkurning shakllanishiga turtki bo‘lishi mumkin.
- Pedagog-tarbiyachilar va ota-onalarning maqsadga yo`naltirilgan ta`lim-tarbiyasi ijodiy tafakkurning taraqqiyot pallasida harakatlarning samaradorligiga hamda operativligiga olib kelishi mumkin.
- Bolalarda o`zini hurmat qilishi, o`z fikrini mustaqil bayon qilishi, o`ziga ishonch, mas`uliyat hissi va optimizm kabi sifatlarni tarbiyalash ijodiy tafakkurni rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin.
- Zukkolik javoblari va teran mulohazalarni mukofatlash, har bir ijodiy xatti-harakatini e`tiborga olish bolalarda ijodiy tafakkurni o`sishiga xizmat qilishi mumkin.
Tadqiqot metodikasi:
Kuzatish, suhbat.
Veksler metodikasi.
Torrens metodikasi.
Raven metodikasi.
Ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi eksperiment.
Muammoning o`rganilganlik darajasi. Ijodiy tafakkur muammosi bilan o‘zbek tadqiqotchi-olimlari M. Davletshin, E.G‘oziyev, B.Qodirov, Z.T.Nishonova, M.Boboxonovalar ilmiy ishlarida o`quvchi yoshlarda ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishning psixologik jihatlari, A.A.Abduqodirov, R.B.Abduraxmonova, A.Azizxodjayeva, N.Sh.Azimov, N.N.Alimov, Yu.M.Asadov, A.A.Beknazarov, R.X.Djurayev, N.I.Toyloqov, U.K.Tolipov, O.K.Xaydarov, Sh.S.Sharipovlar, Sh.Sodiqovalarning ilmiy ishlarida bolalar ijodiy qobiliyatini uzluksiz rivojlantirish muammolari tadqiq etilgan.
Xorij olimlaridan ijodiylik va ijodiy tafakkurni shakllantirish masalasi B. G. Teplov, S. L. Rubinshteyn, B. G. Ananev, N. S. Leytes, V. A. Krutetskiy, A. G. Kovalev, K. K. Platonov, A. M. Matyushkin, V. D. Shadrikov, YU. D. Babayeva, V. N. Drujinin, I. I. Ilyasov, V. I. Panov, I. V. Kalish, M. A. Xolodnaya, N. B. Shumakova, V. S. Yurkevich, E.Torrens, Bronson, Merriyman, Ken Robinson, Fisher, Frey, Begetto, Kaufman, Ali, Treffinger, D.B Elkonin va V.V.Davidov tomonidan o`tkazilgan tajribalar kichik yoshdagi bolalarning ijodiy rivojlanish zaxiralarini o`rganish va bu zahiralarni ishga solish yo`l va vositalarni o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlarda o`z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |