2.1 Zamonaviy ta‘lim berish usullarining mohiyati va mazmuni.
Pedagogik texnologiya oqimi AQSh da dunyoga kelgan bulib, XX asrning 70-80 yillarida deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarniqamrab oldi va YuNESKO tomonidan ma‘qullandi. Ta‘limni texnologiyalashtirishning asosini, ta‘lim jarayonini, uning samaradorligini oshirish va ta‘lim oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyixalashtirilayotgan o’quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to’liq boshqarish g’oyasi tashkil etadi. Bunday yondoshishning moxiyati, ta‘lim jarayonini tizimlashtirishdan - uni, aniq rasmiylashtirilgan va detallari bo’yicha aniq elementlarga bo’lib tashlash yordamida maksimal shakllashtirishdan iborat.
Pedagogik texnologiyalarning predmeti - ta‘lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, maqsadlarni qo’yishdan, natijalarni shakllantirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta‘lim modelini tanlashdan, to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baxolashgacha loyixalashtirishdan tarkib topgan.
Bizning ta‘lim nazariya va amaliyotimizda, o’quv jarayoniga texnologik xarakterni kiritish 50 – yillardan boshlangan. Ular, an‘anaviy o’qitish uchun texnik vositalar majmuasini yaratishda o’z ifodasini topgan. Xozirgi vaqtda, pedagogik texnologiyaga oddiygina «ûqitishning texnik vositalaridan yoki kompyuterlardan foydalanish soxasidagi tadqiqotlar sifatida qaralmaydi: bu, o’qitish samaradorligini oshiruvchi omillarni taxlil qilish va qo’llash yo’li bilan xamda qo’llanilayotgan usullarni baxolash vositasida ta‘lim jarayonining tamoyillarini aniqlash va optimallashtirish usullariniishlab chiqish maqsadida tadqiqotlardir». V. P. Bespalko bo’yicha, barcha ta‘lim va tarbiya ishlarini pedagogik texnologiya yo’liga o’tkazish – o’quv amaliyotni, pedagogik jarayonni qurish va amalga oshirishda ixtiyoriylikdan, uning xar bir elementini va bosqichini tartibli asoslashga, ob‘ektiv tashxis qilinadigan yakuniy natijaga intilishiga keskin ravishda burilishiniifodalaydi.
Ta‘lim berish, xar bir mavzuning mag’zini talabalar ongiga yetkazish maxorati o’qituvchidan ko’p izlanishni, ko’p mutolaa qilishni talab qiladi. Bilim ummoniga boy bo’lgan ustozgina mavzuni mag’zini talabalar ongiga moxirona yetkaza oladi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta‘lim usullarini tanlay biladi.
Ta‘lim usullaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o’tish, o’quvchilarni xayotda o’z o’rnini topishga, ongining shakllanishiga katta asos bo’lib xizmat qiladi. O’qituvchilarning ma‘lum fan ilmini o’quvchilar ongiga yetkaza olish maxorati, shu o’quvchilarni bo’lg’usi xayot yo’llarini tanlashda muxim axamiyatga ega. Oldin bayon qilganimizdek, ta‘limning moxiyatiinson kamolotini shakllanishiga xizmat qiladi. Ta‘lim usulini tanlash ta‘limning maqsadi va vazifalariga bog’liqdir. Usullar o’quvchilarning yoshiga, ta‘limning mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi. O’qituvchi o’zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o’rnak bo’lishi, ta‘limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad mutanosibligi, fan asoslari va g’oyalarni chuqur bilishi bilan talabalarga o’rnak bo’lishi talab qilinadi.
Bunday o’qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilishi kerak ekanliginiidrok qilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko’chirilganda, uni aniq xis qilib, tasavvur qilib o’zlari amalda bajaradilar, masalalar yechadilar, so’ngra bilimlari moxiyatini tushunib oladilar. Shu mavzu bo’yicha aniq ko’nikmaga ega bo’ladilar. Shu asnoda boshqa fanlardan xam bilim olish va amaliy mashg’ulotlar bajarish evaziga ularda ko’nikmalari boyib boradi.
Talabalar o’zlashtirib olgan bilimlariniimkoniyatlariga qarab sekin-asta amaliyotga qo’llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo’lgan muloqotda, ularga bilim berish jarayonida o’qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim. Ta‘lim tarbiya jarayoni uzviy jarayondir. Ta‘lim berish jarayonida tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so’zlash, o’qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz yetkaza olish xususiyatlari o’quvchilar uchun amaliy ko’rgazma ekanligini unutmaslik kerak. Ta‘lim berishda o’qitish usullari asosiy o’rinni egallaydi.
Pedagogik fan va amaliyotda, «Pedagogik texnologiya», «Ta‘lim texnologiyasi», «O’qitish texnologiyasi» kabi atamalar kengg foydalaniladi. Shu bilan birga, ularni tushunish paytida aloxidaa farqlar mavjud. Avvalambor, «Texnik texnologiya» va «Pedagogik texnologiya» tushunchalarining nisbatini aniqlaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |