2.2 Ta‘limning interfaol usullari va texnikasi.
Pedagogik jarayon - ta‘lim beruvchi bilan ta‘lim oluvchi o’rtasidagi berilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan va belgilangan natijaga olib keluvchi o’zaro ta‘sir jarayonidir.
Rasmdan ko’rinib turibtiki, ta‘lim natijalari bevosita quyidagilarga bog’liq:
-ta‘lim beruvchi bilan ta‘lim oluvchining o’zaro munosabatiga;
-ta‘lim texnologiyalariga.
Sxemadan ko’rinib turibtiki, usul - bu loyixalashtirilgan maqsad bilan yakuniy natija o’rtasidagi bog’lab turuvchi aloqadir.
Maqsadlar, bizning ta‘lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatimizda vositalar yordamida amalga oshiriladi, usullar esa, ularni amaliy bajarilishini ta‘minlaydi.
Dars berish usullari – ta‘lim beruvchining faoliyatini tashkillashtirish vositasidir, o’qish usullari esa ta‘lim oluvchining faoliyatini tashkil qilish vositasidir.
Ma‘ruza - katta xajmdagi o’quv materialni nisbatan uzoq vaqt davomida monologik bayon etish. Bu usulning asosiy vazifasi - ta‘lim berish va o’rgatish. Belgilari: qat‘iy tuzilmaga ega; nutqiy-mantiqiy bayon qilish, berilayotgan axborotning ko’pligi.
Ma‘ruzani o’qituvchi xikoya qiladi, o’quvchilar esa ularni sustlik bilan tinglaydilar. Buning uchun ma‘ruza o’tkazishning faol usullaridan qo’llanilsa, ta‘lim maqsadiga erishishning faol usulini xam tadbiq qilish mumkin: muammoli ma‘ruzalar; ma‘ruza-konferensiyalar;
konspektsiz ma‘ruzalar - fikrni so’z bilan ifodalash; mualliflik ma‘ruzalari; ma‘ruza munozaralar; qaytar aloqa texnikasi qo’llangan ma‘ruzalar; aniq vaziyatni taxlil qilish ma‘ruzalari.
Ma‘ruza qilayotganda o’qituvchi o’quvchilarniishtirok etish elementlarini kiritishi mumkin: savol berib tinglovchilarning javoblaridan foydalanishi; vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat etishi; aniq vaziyatlarni taxlil qilishi; kundalik xayotdan misollar keltirishi; ularni savol berishga undashi; ilgari o’rganilgan dalil va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshirishi; materialni qiziqarli qilib jonli bayon qilishi.
Pedagogik texnikadan foydalanish: nutq oxangini o’zgartirish (auditoriya bo’ylab xarakatda bo’lish), imo-ishoralardan foydalanish; berilib, qiziqarli ma‘ruza qilish, darsni qiziqroq va faolroq qiladi; O’quv materialni bayon qilish sur‘ati (temp) xam katta axamiyat beradi (o’quvchilar asosiy joylarini yozib olishlari uchun sekinroq aytib turilishi lozim).
Ko’rgazmali qurollardan (illyustatsiya, vidio va boshq.) foydalanish xam materialni samarali qabul qilishga va tushunishga yordam beradi.
Tushuntirish- bayon qilinayotgan materialni turli xolatlarini taxlil qilish, tushuntirish, izox berish va isbotlash yordamida o’quv materialni bayon qilish.
Agar o’qituvchi quyidagi didaktik masalalarni yechmoqchi bo’lsa, bu usullar birgalikda bilimni mantiiqiy, tartibli, tushunarli, xis-xayajonli qilib yetkazish uchun qo’llaniladi: tushuntirish, tasvirlash, eslash, sanash; toifalar bo’yicha taxsimlash; ta‘riflab berish; baxolash; motivlashtirish (mavzu, sabab, dalil) va x.k.
Namoyish – o’quvchilarni tabiiy xolatda xodisalar, jarayonlar, ob‘ektlar bilan ko’rgazmali-xissiy tanishtirish.
Bu usulning yetakchi vazifasi-o’qitish.
Doskada soddagina ko’rinishi yoki sxemalar chizish tarzida (tushunishni yengillashtiradi).
Namoyish natijasida ma‘lumotlar o’quvchilar ongiga to’laroq, osonroq va tezroq singadi. Buning uchun: ob‘ektlarni to’g’ri tanlash; o’quvchilar diqqatini namoyish qilinayotgan xodisalarning muxim taraflariga yo’naltirish; namoyish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, o’quvchilar namoyish qilinayotgan ob‘ektlarni nafaqat ko’z bilan ko’ra bilishlari, iloji bo’lsa, ularni barcha sezish a‘zolari bilan qabul qilishlari lozim; o’quvchilarga ob‘ektning
o’rganilayotgan sifatlarini mustaqil o’lchash imkonini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |