Aralash metodlar O‘zbekistonda chet tilini o‘qtish tarixi
Dastlabki bosqichda barcha tilni o‘qitish yoki ijtimoiy xarakterdagi muayyan mavzular atrofida qurilagan, yoki matn asosida tuzilgan. O‘rganilayotgan materialda ilg‘or (eng oldindagi) bosqichda o‘rganilayotgan tilning xalqi va mamlakati hayoti haqida matnlar tavsiya qilingan. O‘rganilayotgan materialni saralash tematika prinsipiga ko‘ra amalga oshiriladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri metodni asoslash uchun til va asosan psixologiya ma’lumotlari keng jalb etilgan. Tilga va uni taqiqi etish mtodlariga mutlaqo yangicha qarash o‘qitish metodikasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘qitish ob’ekti zamonaviy tirik til bo‘lib qoldi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qitish metodi bo‘yicha tipik dars quyidagicha qurilardi:
o‘quvchilarga bir qator predmetlar surati tushirilgan rasmlar taqdim etilgan va o‘qituvchi ularni gapda nomlab beradi. Mas., “Bu kravot”, “Mana krovat”, “Bu kravot deb nomlanadi”.
o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan aytilgan iboralarni avvaliga alohida- alohida, keyin jo‘r bo‘lib qaytaradilar.
Shu usul bilan, ibora taxminan 10 marta qaytarilaganidan keyin yod olingan bo‘ladi. O‘quvchilarga “Bu nima?”, “Bu nima deb nomlanadi?” ko‘rinishidagi savollari beriladi. Keyin mazkur predmetning xonadagi joyi, rangi, shakli, materiali haqida savollar so‘raladi.
o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birga qaytarishlari lozim bo‘lgan kartinka bilan bog‘liq tasvir beriladi.
matnning (leksik va gramatik) tahlilini qo‘shgan holda turli mashqlar o‘tkaziladi.
barcha mashqlardan keyin dialog ko‘rinishida qayta ishlanadi va o‘quvchilarga yod olingan til materialini qo‘llagan holda o‘zi haqida gapirib berish taklif qilinadi.
Chet tilini o‘qitish metodikasi yangi davrining boshi 20 yuzyillikning 3- o‘nyilligi bilan belgilanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar-isloh metodlari ham o‘z kelajak rivojlanishlarini oladilar. Asosiy maqsadga bog‘liq holda ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
produktiv o‘qitish metodlari
tilni reseptiv bilish. Birinchi tur orasida G. Palmerning og‘zaki metodi, audiolingval va audiovizual metodlari salmoqli o‘ringa ega.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan metodlar chet tilini o‘qitish metodini yaxshi saralangan til materiallari asosida quradilar. G. Palmer boshchiligida (G. Palmer ingliz tili bo‘yicha darsliklar tizimi va qo‘llanmalar, o‘quv lug‘atlar va grammatika muallifi) ilk bor metodikada o‘quv maqsadlari bo‘yicha leksik material prinsipi asoslanadi (o‘z asosiga ega bo‘ladi).G. Palmer fikricha, maktabdda o‘qish ob’ekti bo‘lib matnlar, jiddiy saralangan lug‘atlar asosida taqdim etilgan adabiy so‘zlashuv tili hisoblanadi. Ularni tanlash uchun G.Palmer quyidagi prinsiplarni taklif etadi:
chastotalik (ko‘p ishlatilish) - leksik birliklarni boshqalariga nisbatan izchil qo‘llanilishi
struktural muvofiqlik - leksik birliklarning jumlaning boshqalari bilan munosibligi sifatida layoqat
konkretlilik – konkret tushunchalarni anglatuvchi leksik birliklarni birinchi navbatda minimum ichiga kiritish, zero ularnitashqi ko‘rinish vositalari yordamida semantizatsiyalash mumkin.
proporsionallik (Nisbiylik)– nutqning turli qismlari minimumda tibiiy tilda taqdim etilgan nisbatda bo‘lishi lozim.
maqsadga ongli ravishda mos kelish- agar leksik birlik bayon etilgan prinsiplariga muvrfiq javob bermasa ham uni minimum ichiga kiritish mumkin, agar u tanlab bo‘lingan so‘zlar bir semantik guruh ni tashkil qilsa (mas., “bir”, “ikki”, “uch” va boshqa sonlar bilan bilan bir qatorda ular u qadar tez-tez qo‘llanuvchi bo‘lmasada, millionlar ham qo‘shiladi).
G. Palmer chet tili kursidan qat’iy nazar (kursiga bog‘liq bo‘lmagan tarzda) har doim og‘zaki nutqdan boshlash lozim deb hisoblaydi. U aktiv va passivprinsiplariga diqqatni qaratadi. Aktiv ishga u gapirishni va yozuvni, passivga o‘qish va tinglashni nisbat qiladi (kiritadi). Ona tilini bilishni aktiv qo‘llashdan (ko‘ra) passiv qabul qilishning vaqti uzoqroq bo‘lganligidan kelib chiqqan holda,
G. Palmer dastlabki eshitib passiv qabul qilish prinsipini ko‘rib chiqadi. O‘qitishning boshlang‘ich bosqichiga muvofiq tarzda“inkubasion davr” deb nomlangan davrni kiritish lozim,bunda uquvchilar nutq oqimida “cho‘miladilar”, o‘uituvchining chet tilidagi nutqini tinglab, gapiralayotganni umumiy ma’nosini anglashga xarakat qiladilar.
Chet tilini bilishga ongli ravishda erishi ham mumkinligini yo‘l qo‘ygan hoda,
G. Palmer intuitiv, ong osticha (o‘rganiladigan) yo‘lni tan oladi. U o‘quvchilarning intuitiv tushunish qobiliyatlarini rivojlantirish uchun chet tilidagi nutqni jest, mimika va predmetlarni ko‘rsatgan holda nazorat ostida eshitishni taklif qiladi.
Tilni intuitiv o‘zlashtirishga (so‘zlar, jumla va dialoglarni) yodlab olish ham layoqatni uyg‘otadi. G. Palmer og‘zaki metodning quyidagi xarakteristikasini taqdim etadi: og‘zaki metod “ishning qanday yozma shakli bo‘lmasin ... o‘qish uchun qandaydir materiallarning yo‘qligini... istisno etadi.. o‘quvchilarda tilning intuitiv o‘zlashtirish layoqatini oshiruvchi ish shakllarini ko‘zda tutadi”
Tilni reseptiv bilishga o‘qitish metodlari
M. Uest 20 yuzyillikning 20-30-yillarida o‘z tizimini qayta ishlab chiqdi. U “o‘qishni o‘qib turib o‘rgan” tezisini ko‘tarib chiqdi, matnlarga e’itbor beradi, zero ular (o‘qituvchi emas)o‘quvchilarga o‘rgatadi. Darsda o‘quvchining asosiy faolyat turi – o‘qishdir, shuning uchun M. Uest matnlarning tuzilishiga asosiy e’tiborni qaratadi, zero o‘quv jarayonini boshqarish, uning fikricha, darslik orqali amalga oshiriladi (o‘qituvchi faqatgina darsni boshqarish lozim bo‘ladi).
M. Uest o‘qitishdan maqsad tarkib (mundarija, mazmun) ning umumiy tutish orqali(matnning umumiy mazmunini tushungan holda) ichda tez o‘qish bo‘lishi lozim deb hisoblaydi, kitobni o‘quvchi detallarga e’tiborni qaratmay, faqat asosiy mazmunni kuzatishi lozim. o‘qishning aynan shu turin (boshqasi emas)ni darsning birinchi kunlaridanoq rivojlantirish lozim.bu maqsadga erishi uchun M. Uestning
fikricha, ishning maktabda odat bo‘yicha qabul qilingan yaroqsiz ko‘rinishidir: va ovoz chiqarib o‘qish va “kuzatuvchi o‘qish” (m. Uestn kiritgan atama) o‘quvchini har bir so‘zga diqqat qilishga o‘rgatadi, bu esa ravon o‘qish rivojiga to‘siq bo‘ladi3. Shuning uchun ishning asosiy qabuli sifatida poiskovoy(izlovchi) o‘qishni qo‘lash taklif etiladi, u orqali o‘quvchi ko‘zi bilan matnni mkayyan fikr yoki faktni izlab ko‘rib chiqadi.
Matnlar ortida ikki funksiya o‘rin oladi: a)o‘quvchilarda izdlvchi o‘qish malakasini shakllantirishuning asosiy chertasi deb M. Uest ravonlik va izchill tushunish deb hisoblaydi. b) o‘quvchilarda lug‘atni yig‘ib borish, bu, uning fikricha, o‘qishga o‘rgatishdagi asosiy muammolardan hisoblannadi.
Aralash metol (20asr) hech qanday yagona metodik tizimni namoyon etmadi. Undan tashqari, uning ko‘pgina vakillari umuman metodni muayyan shart- sharoitlar ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘lgan,ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan qabul kompleksi deb hisoblaydilar(P.Xegboldt,F.Klosse).Bu yo‘nalish izdoshlari bevosita va grammatik tarjima metod unsurlarini turlicha uyg‘unlashtiradilar(E.Otto,A.Bolen,K.Flagstad,P.Xegboldt, F.Leyzinger, F.Klosse).Ularni barchasini bir qator xolatlarni umumiyligi birlashtiradi, bu esa ularni bir yo‘nalishga mansub deyish uchun asos bo‘ladi.
Bizning respublikamizda chet tiliin o‘qitish tarixi 6 davrga bo‘linadi4. 1- davr-19 asrning 70-yillaridan to 1917 yilgacha
davr-1917yildan 1930 yi boshigacha
davr-1930yil-40-yillarning birinchi yarmi
davr-40-yillarning o‘rtalaridan 60-yillar boshigacha 5- davr-1960 yillardan to 1970 yillar oshigacha
6- davr-1970 yil boshidan to bizning kunimizning 1970-yiligacha
Chet tilini o‘qitishning metodika sohasidagi ilmiy izlanishlar bizning respublikamizda 1950 yillar o‘rtasida boshlanadi. Bu davrda “O‘zbek metodikasi” tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu davrga respublikada oiginal darslik va qo‘llanmalar
, ilmty-metodik adabiyotlar bo‘lmay, rus tiliga ixtisoslashgan maktablar uchun mo‘ljallangan metodika qo‘langan.
“O‘zbek metodikasi” sohasidagi ilmiy-aktiv tadqiqot ishlari 70-yillar boshlaridan o‘tkazila boshlandi va hozirgi kunda ham muvaffaqiyatli tarzda olib borilmoqda. Respublikamizning qator metodist-olimlarning ishlari mavjud bo‘lib, ular Muxtor Eshlnxonovich Umarxujaev, Jamoliddin Buronov, O‘tkir Yusupov, qahramon Sattorovich Taymetov, Qudrat Musaev va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |