Birinchidan, bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni o`zi ishlab chiqarib iste`mol qilgandan ko`ra sotib olish arzonga tushadi.
Ikkinchidan. iste`mol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan iste`molni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor bo`lmay, mahsulotni bir-biriga to`g`ridan to`g`ri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda ko`p ayirboshlash operatsiyasini o`tkazish kerak.
Uchinchidan, bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki o`rinbosar tovarlarni bozorda ko`plab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh iste`mol tovarlari bo`lsin, ulardan ma`qulini tanlab olish mumkin bo`ladi O`zi ishlab chiqarganda tanlash imkoni bo`lmas edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |