Bozor ko`lami.
Iqtisodiyot uchun bozor ko`lami g`oyat muhim, chunki bozor qanchalik keng bo`lsa, ishlab chiqarishning o`sishiga sharoit shunchalik muhayyo bo`ladi, ya`ni tovarlar o`z vaqtida sotiladi, kerakli resurslar sotib olinib, ishlab chiqarish davom etadi.
Bozor ko`lami — bu bozorning katta-kichikligi bo`lib, oldi-sotdining hajmi bilan o`lchanadi.
Bozorga chiqarilgan mahsulotning qanday qismini sotilishi bozorning tovarlilik darajasini bildiradi.
Вozorning ko`lami ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning
miqdoriga va ularning tovarlilik darajasiga to`g`ri proportsional
bo`ladi.
Mahsulot va xizmatlar bozor uchun va o`zi uchun yaratiladi. Bular o`zi uchun qanchalik kam va bozor uchun qanchalik ko`p yaratilsa, bozor shunchalik keng bo`ladi. Shu sababli jami yaratilgan mahsulot bozor mahsulotidan farq qiladi. Bozor munosabati rivojlangan sari o`zi uchun ishlab chiqarish qisqaradi va bozor uchun ishlab chiqarish kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |