B1—o`rganilayotgan davr oxirida tuproqdagi nam zaxerasi;
B0—davr boshida tuproqdagi nam zaxerasi;
OC—butun davr mobaynidagi yog`in miqdori;
K—butun davr mobaynidagi kondensasiya miqdori;
GrP—butun davr mobaynida tuproqqa kelgan sizob suvi miqdori;
D—deskunsiya (butun davr mobaynida o`simliklar olgan suv) miqdori;
Ps—butun davr mobaynida tuproq yuzasidan oqib ketgan suv miqdori;
VPS—butun davr mobaynida tuproqqa yon tamondan oqib kelgan suv miqdori;
GrS—butun davr mobaynida sizob suvi oqimi miqdori.
Sug`oriladigan dehqonchilik rayonlaridagi tuproqlar uchun bu formulaning kirim qismiga sug`orish suvining miqdori xam qushiladi. Tenglamadagi barcha miqdorlar mm da ifodalanadi. Suv balansi istalgan davr uchun tuzilishi mumkin, amma kupincha yillik suv balansidan foydalanish qulaydir , suv balansi tabiiy sharoetlar va suniy faktorlar tasirida yil sayin uzgarib turadi. Agarda yil oxirida tuproqda suv zapasi kupaysa, suv balansi musbat, aksincha kamayganda manfiy halatda buladi.Tuproqdagi krim bilan sarf barobar bulsa suv balansi teng deyiladi.
Tuproq suv balansini osonroq hisoblash uchun soddalashtirilgan va amalda qullanilishi qulay bulgan quydagi formuladan ham foydalanish mumkin;
B1—B0=Os—R,
B1—davr oxiridagi nam zaxirasi;
B0—tuproqdagi dastlabki nam zaxerasi;
Oc—atmasfera yog`ingarchilik umumiy miqdori;
R—sarf bulgan namning umumiy miqdori.
Tuproq suv rejimini tiplari va tuproq suv rejimini yaxshilash tadbirlari Tuproqda tuplanayotgan suv va uning sarf bulishi yoki kirim va chiqim qatlamlardagi xarakati va uning uzgarish xolatini xarakterlaydigan barcha xodisalarga tuproqning suv rejimi deyiladi.
Tuproq suv rejimining o`zgarishi iqlim sharoyitlariga, o`simlik qoplamiga, relifga, tuproqning suv xossalari va sizob suvining chuqurligiga hamda doimiy muzlagan qatlam tasiriga va insonning dehqonchilikdagi faolyatiga bog`liq.
Tuproqning suv rejimi va uning tiplari haqidagi daslabki talimot akademik G.N. Visoskiy tamonidan ishlab chiqilgan bulib, u suv rejimini yuviladigan, davriy yuviladigan, yuvilmaydigan va terlaydigan tiplarga bulinishini taklif etadi.
Keyinchalik A. A.Rade (1956-yilda) G.N. Visoskiy talimotini rivojlantirib unga muzlagan va irrigasion suv rejimi singari tiplarni qushadi va barcha tiplarni bir necha tipchalarga ajratadi. Quyida tuproq suv rejimi tiplari haqida qisqacha malumot berib utamiz.
Muzlagan tip- bu tipdagi suv rejimi bir necha yil davomida muzlab yotgan tuproq qatlamlari bulgan shimoliy rayonlarda uchraydi. Yoz faslida bu muzlagan qatlamning yuzasigina erib, uning pastgi qismi deyarli erimaydi va suvni utkazmaydi.natijada bu qatlam yuzasida suv kub tuplanganligi va bug`lanish sustligi tufayli tuproq namga tuyinadi, nihoyat u yil davomida juda sernam bulib turadi.
Yuviladigan tip-o`rmon o`tloq zonasi tropik va sernam suptropik zonalarida uchraydigan bu tipdagi suv tejimi tarqalgan rayonlarda atmasferadan tushayotgan yog`in miqdori bug`lanishga nisbatan ancha kup bulganligidan yog`in suvlari tuproqning quyi qatlamidagi sizob suvi satxigacha sizib borib, unga qushiladi. Pastki qatlamga sizayotgan bu suv tuproqning ustki qatlamdagi birikmalarni, jumladan oziq moddalarni xam uzi bilan quyi garezantga yuvib tushiradi. Shuning uchun bu xildagi suv rejimiga yuviladigan tip deyiladi.