Kirish Adabiyotlar sharxi


Shirin kartoshkaning yetishtrish,hosilni



Download 155,5 Kb.
bet5/6
Sana17.07.2022
Hajmi155,5 Kb.
#816456
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobot

1.2.2. Shirin kartoshkaning yetishtrish,hosilni
yig'ish va saqlash.
Shirin kartoshka urug'idan ko'paytirilmaydi. Odatda shirin kartoshka issiqxonalarda maxsus gumusli tuproqlarda ekilib o'stirilib olingan o'simtalaridan yoki kurtaklari tilimlangan holda ko'paytriladi. Bundan tashqari shirin kartoshkani shunday ajayob hususiyati borki u ham bo'lsa o'sib turgan 1 poyasini bir necha bo'laklarga bo'lib eksangiz ham yaxshi nish olib o'sib ketadi.
Shirin kartoshka o‘simligi poya qalamchalaridan ko‘papaytrilganda uning tuganagi undirilsa 50 dan ortiq o‘simta beradi, o‘simta berish muddati 45-60 kun davom etadi. Vazni 200-250 gramm bo‘lgan tuganaklar fevral-mart oylarida pamik yoki issiqxonada nam qumga ko‘mib so‘ng undira boshlanadi. Tuganak tezda o‘simta hosil qiladi va o‘simta 4-5 bo‘g‘inlarga bo'linib, balandligi 15 sm ga yetgan vaqtida ona tuganakdan sindirib chirindi aralashmalari tuproqqa (pikirovka) qilinadi.Ko‘karib chiqqan o‘simliklarni sindirib olish bir necha marta takrorlanadi va bu may oyigacha takrorlanadi. Ko‘chat qilingan nihollar yaxshi ildiz otib o‘sa boshlangandan so‘ng, uni yuqori qismidan poyalari qalamcha qilib kesib olinadi va yana ko‘chat qilinadi. Ko‘p o‘simta va qalamcha olish ona tuganakni erta undirishga bog'liqdir.Mart oyi boshida undirishga quyilgan 100 kg ona tuganaklardan 15-20 ming donagacha ко‘chat olish mumkin. Ko‘chat qilingan o'simta va qalamchalami aprel oxiri va may oyi boshida ochiq dalaga ekiladi.Batatni poyasi qalamcha holida yoki bargi tuproqqa ekilsa, yaxshi tutadi va o‘sadi.
Odatiy kartoshkadan farqli o‘laroq, shirin kartoshka kurtaklari tilimlanib ham ko‘paytirsa bo'ladi. Bu shuni anglatadiki, qish uchun urug‘lik materiallar bilan omborni to‘ldirish shart emas. Masalan, 1 gektar batat ekish uchun 3 tonna urug‘lik materiali kerak bo‘ladi. Bu usulda ekish ham urug'lik sarfini bir necha barobarga kamaytradi.
Shirin kartoshkani poyasini bo'laklarga bo'lib ekilganda tutuvchanligi ancha yaxshi va samarali bo'lgani bilan hosildorlik boshqa usularga nisbatan kamroq bo'lishi aniqlangan. Batatni ochiq dalaga ekilganidan so‘ng hosil bo‘lgan poyalarini ham qalamcha qilib ekish mumkin. Ammo, bunda hosildorligi keskin kamayib ketadi. Batat ochiq dalaga qator orasi 70-80 sm va tup oralig'i 30-40 sm qilib ekiladi. U o‘suv davrida qator orasi bir ikki marta kultivatsiya qilinadi, bir marta chopiladi, oziqlantiriladi va 12-14 marta sug'oriladi. Ildizi 20-25 sm chuqurlikda yo‘g‘оnlashgan tuganak hоsil qiladi. Ular har xil shaklda, rangda va hajmda bo‘lishi mumkin. O‘rtacha оg‘irligi 0,2-0,5 kg. Shirin kartoshka juda mahsuldor ekin gektariga 40 dan 100 tonnagacha hosil beradi. Markaziy Osiyonmg janubiy tumanlarida ochiq dala sharoitida tuganaklarni biroz quritish va so'litish ham mumkin. Bunday sharoitda batatdan o‘rtacha gektaridan 20-30 tonna hosil olinadi.Ammo barcha sabzavotlar ham tijorat sifatiga ega emas. Og‘irligi kamida 400 grammlik tovar batatini olish uchun sug‘orish tadbiri zarur. Ammo namlik ko‘pligi sifatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va qora chirishning rivojlanishiga olib kelishi mumkin.Gruziyadagi Xalqaro Kartoshka Markazi (CIP) vakili Rusudan Mdivanining so‘zlariga ko‘ra, shirin kartoshkani odatiy kartoshkadan avval yoki keyin almashlab ekish mumkin. Bu kichik parchalarga bo‘lingan yerlardan iborat mamlakatlar uchun juda muhimdir. Ikkala ekin ham turli oilalarga mansub bo‘lgani sababli, ularning zararkunandalari va kasalliklari ham har xil. Batatning afzalliklaridan biri shundaki, Kolorado kartoshka qo‘ng‘izi uni yemaydi, lekin bu zararkunandalar hujum qilmaydi, degani emas. Ukrainaning «Agroanaliz» kompaniyasi vakili Vadim Dudka bir necha bor shirin kartoshkaning asosiy kasalliklari va zararkunandalariga e’tibor qaratgan – ulardan eng xavflisi nematodalar, o‘simlik kanasi va bitidir.
Batat hosili kuzgi sovuq tushguncha (sentabr oxiri - oktabr boshlari) yig‘ishtirib olinadi. Ildizlarni qazishdan ikki-uch hafta oldin sug'orish butunlay to'xtatiladi. Hosil yig‘ishdan oldin palagi o'rib olinadi. Shirin kartoshka yig‘im-terimdan keyin metabolik faol bo‘lib qoladi. Shuning uchun hosil yig‘ib olingach, uni darhol «davolash» tavsiya etiladi, ya’ni curing usuli – tuproqdan tozalash va dalada Selsiy shkalasi bo‘yicha 29-30 daraja harorat (lekin 24 darajadan past bo‘lmagan)da poyalar qatlami ostida 24 soatgacha qoldirishdir. Ushbu usul sabzavotning qurinib olishiga imkon yaratib, shikastlanishdan asraydi. Shundan so‘ng mahsulot saralanadi, yuviladi va 1-2 kun ichida quritish va butunlay qotishi uchun stellajlar yoki yarim to‘ldirilgan toza plastik qutilarga solinadi. Ushbu protsedura sabzavotning po‘stlog‘i qalinlashishi va jarohatlari bitishi tufayli yaxshi saqlovni ta’minlaydi, shuningdek, mahsulotning ta’m sifatini ham oshiradi. Kavlab olingan batat tuganaklari qutilarga joylanib omborlarda saqlanadi. U saqlanadigan ombor isitiladigan bo'lishi kerak.
Shirin kartoshka yetishtirishning ham o'ziga xos qiyinchiliklari bor, bu esa uni saqlash talablariga bog'liq. Nolga yaqin haroratda (ya'ni isitilmaydigan o'ralarda) saqlanishi mumkin bo'lgan kartoshkadan farqli o'laroq, optimal harorat shirin kartoshkani saqlash uchun 10-16 S oralig'ida yotadi.



Download 155,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish