Kirish 3 I bob. Yosh



Download 378,21 Kb.
bet30/31
Sana14.07.2022
Hajmi378,21 Kb.
#798207
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Мусурмонов Хусан

XULOSA va takilfLAR


O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab ommaviy sportni rivojlantirishga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralayotganligi o’zining bir qator ijobiy natijalarini bera boshladi. Yurtimiz yoshlari jahonning nufuzli sport musobaqalarida O’zbekiston sharafini munosib himoya qilib, arzigulik yutuqlarga erishdilar.
Yurtimizda sportni rivojlantirish faqat jahon chempionlarini yetishtirish emas, balki sportning ommaviyligini ta’minlash, barchaning sport bilan muntazam shug’ullanishiga erishish, sog’lom, barkamol avlodni tarbiyalash hamdir. Bu sohada arzigulik ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, umumta’lim maktablari, akademik liseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o’quv yurtlarida ham jismoniy madaniyat darslariga e’tibor tobora kuchayib bormoqda. Bu esa o’qituvchi va tarbiyachilarni metodik adabiyotlar bilan ta’minlash talabini ham qo’ymoqda.
Harakatli o’yinlar vositasida gandbol o’yin texnikasini o’rgatishda harakatli o’yinlardan foydalanish yo’llari muhim ahamiyatga egadir. Birinchidan, ushbu o’yinlarning tegishli adabiyotlarda jamlanishi, ikkinchidan, ularni o’rgatishga doir ma’lum adabiyotlarning mavjudligi, uchinchidan, o’qituvchi va murabbiylarning muayyan tajriba to’plaganligi e’tiborlidir.
Fikrimizcha, harakatli o’yinlarni o’rgatish sohasida ma’lum adabiyotlar mavjudligiga qaramasdan, bir qator muammolar ham bor. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, harakatli o’yinlarni o’rgatish jarayonida ko’proq jismoniy mashqlarni bajarishga ko’proq e’tibor beriladi. O’quvchilar, talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi, nutq madaniyatini oshirish, intizomli, qat’iyatli, mard, halol, jasur qilib tarbiyalash kabi asosiy sifatlar ba’zan e’tibordan chetda qoladi. Aslida ma’naviy yetuk, ruhan chiniqqan inson yurt sharafini munosib himoya qiladi, jamiyatda o’z o’rnini topadi, boshqalarga nisbatan mehr-shafqatli, adolatli, har qanday vaziyatda oqilona fikr yuritib, ish ko’radigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetadi. Shuning uchun harakatli o’yinlarni o’rgatish jarayoniga kompleks yondashish lozim. Shundagina sportning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi o’rni beqiyos bo’ladi, jamiyat va xalq manfaati, yurt sharafini munosib himoya qila oladigan ongli sportchilar tobora ko’payib boraveradi.

  1. Ishda ko’rib chiqilgan adabiyotlar tahlili shundan dalolat beradiki, ko’p yillik sport mashg’uloti jarayonida yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash ustivor jihatdan jismoniy sifatlarni rivojlantirish sur`atiga bog’liq. Ya`ni ushbu sifatlar qanchalik shakllangan bo’lsa, shug’ullanuvchilarning yoshidan qat`iy nazar texnik-taktik mahoratining o’sish darajasi shunchalik samarali kechadi. Bu borada sakrovchanlik sifati texnik-taktik tayyorgarlik ko’rsatkichlari bilan uzviy bogliqligi hamda mazkur sifatlar sport mahoratini progressiv taraqqiy etishida muhim rol o’ynashi yana bir bor e`tirof etildi.

  2. Sakrovchanlik sifatini tarbiyalashda nostandart o’yin mashqlarini qo’llash tajribasini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, murabbiylarning aksariyat qismi yosh gandbolchilarni tayyorlashda harakatli o’yinlardan deyarli foydalanmas ekanlar.

  3. Nazorat guruhiga mansub bolalar bilan amaldagi BO’SM dasturi asosida o’tkazilgan 1 oylik mashg’ulotlar boshida va yakunida o’rganilgan sakrovchanlik sifati sust rivojlanganligi kuzatildi.

  4. Bu muddat davomida tajriba guruhida sakrovchanlik sifatini rivojlantirish maqsadida qo’llanilgan harakatli o’yinlar qayd etilgan sifatlarni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga olib keldi.

  5. Sinab ko’rilgan sakrovchanlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan harakatli o’yinlar an`anaviy standart mashqlardan ustun ekanligi, hamda harakatli o’yinlar o’zining emotsional mohiyati tufayli mazkur sifatni samarali rivojlantirish qiymatiga ega ekanligi ilmiy jixatdan asoslandi.

  6. Yuqori malakali gandbolchilarni tayyorlash bilan bo’lgan ko’p yillik mashg’ulot jarayonida yuqorida qayd etilgan harakatli o’yinlarni muntazam qo’llash nafaqat sakrovchanlik sifatini unumli shakllantirishga imkon yaratadi, balki shu asosda texnik-taktik mahoratni qisqa muddatlarda osonroq takomillashuviga asos bo’ladi.

O’qituvchi-murabbiylar mashg’ulot vaqtida yuqoridagilarni hisobga olib mashg’uolotlarini to’g’ri tashkil qilsalar, o’quvchilarni harakatli o’yinlardan foydalanib ularning jismoniy sifatlarini ham to’g’ri shakllanishini yo’lga qo’yish mumkin.


Download 378,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish